10.1-rasm. Yer usti va quduq usti jihozlari.
1-sementlovchi agregat; 2-ko‗pik shaklli suyuqliklarni uzatuvchi tizim; 3-ejektor; 4-monometr;
5,6,7,8,13,15-qulfak; 9-bekitgich; 10-ko‗pik tashlash; 11-yiguvchi idish; 12-neft koni kollektori;
14-ishlatish tizmasi; 16-ko‗pik uzatma; 17-ejektorni teskari klapani; 18-havo uzatma; 19-
kompressor.
Ejektorli qoplama shunday tugallanadiki bunda teskari klapanning yoni qisqa
quvurda yuqoridan pastga qarab yo‗naltirilgan bo‗ladi.
371
Burg‗ilash qurilmasining kompressoridan foydalanilganda ejektorga siqilgan
havo ichki diametri 25 mm dan kichik bo‗lmagan rezina shlang yoki NKQ bilan
tezda ochiladigan quvur uzatma yordamida uzatiladi.
Ko‗pik shaklli suyuqlikni ikki fazoda tayyorlash, to‗g‗ridan-to‗g‗ri quduqqa
suyuqlikni haydab amalga oshirish mumkin.
Navbatdagi SFM ni porsiyasi sementlash agregatining ulchov idishida suvga
aralashtirib tayyorlanadi.
1 m
3
suvga 1 kg-dan
3 kg gacha sulfanol, OP-3, OP-10 yoki SFM qo‗shish
mumkin.
Ejektorlardan foydalanib ko‗piklar yordamida qatlamdan oqimni chaqirishda
quduq tubi zonasidagi bosim qiymatini hosil qilishda (depressiyani) amaldagi
kompressorlarning parametrlarini tanlash kerak bo‗ladi.
Ko‗chma kompressorlarning qisilgan gazidan manba sifatida foydalanilganda
P
q.t.
qatlamdagi bosimning kattaligi bog‗liq holda ko‗piklarni to‗liq siklda quvurning
orqa fazosi quduqning ustiga chiqib kelguncha yoki qisman o‗zini haydab oqib
chiqishi amalga oshiriladi. Eng so‗ngi holatda ko‗piklar quvur oraliqlariga NKQ-ni
tizmasini boshmoqiga etguncha kerakli chuqurlikkacha haydaladi.
Haydash jarayonining ikkala holatlarida ham ko‗piklarni ejektorga uzatishda
ko‗pik hosil qiluvchi suyuqlikning qatlamdagi
P
q.t
.
bosimining boshlang‗ich
qiymatini oldindan ta‘minlash uchun doimiy aeratsiyalash ko‗rsatkichidan
foydalaniladi.
Ko‗chma kompressor qurilmalaridan foydalanilganda
P
s
suyuqlikning bosimini
tanlashda quduqqa tushiriladigan lift quduqlarini tushirish chuqurligini
P
q.t.
qatlam
bosimi bilan ta‘minlashda uning aearatsiyalanish darajasi aniqlanadi, undan keyin esa
nomogramma bo‗yicha topilgan aeratsiya darajasiga bog‗liq holda kompressorning
turiga muvofiq
P
s
suyuqlik bosimi aniqlanadi. Agarda (10.1-rasm) nomogramma
bo‗yicha topilgan aeratsiyasi darajasi kompressor jihozini katta bo‗lmagan
qiymatdagi bosimini ta‘minlay olmasa, u holda ko‗piklarni quduqqa qisman sikl bilan
haydash amalga oshiriladi.
NKQ, yer usti jihozlari, kompressor bilan ejektorni o‗ralmasi va sementlash
agregatlari bilan quvur uzatmasi yer usti jihozlari quduqqa tushirilgandan so‗ng
gidravlik usulda 25 MPa gacha bosimda opressovka qilinadi. Bunda oldindan
ejektorning qisqa quvurchasidan havo uzatgich ajratib qo‗yiladi.
Otma havo uzatmasi havo haydash usulida kompressorning maksimal ishchi
bosimiga opresovka qilinadi, undan keyin esa (15, 6, 7) qulfaklar ochiladi va (8, 5,
13) qulfaklar esa yopiladi (7.5-rasm).
Sementlash agregatining nasosi yordamida ko‗piksimon suyuqlik ejektorga
uzatiladi. Burg‗ilash qurilmasining kompressoridan yoki ko‗chma kompressor
qurilmasidan foydalanib quduqqa ko‗piksimon suyuqlik haydash jarayonida bosim
berish to‗g‗risidagi ma‘lumotlar esa yuqorida keltirilgan.
Bundan so‗ng esa kompressordan ejektorga havo uzatiladi. Burg‗ilash
qurilmasining kompressoridan foydalanilganda ejektorga kirishdagi havoning bosimi
0,7 MPa-dan 0,8 MPa chegarasigacha bo‗ladi. Ko‗chma kompressor qurilmasidan
foydalanilganda ejektorga kirishdagi bosimi quduqqa ko‗pikni haydashni
boshlanishida ixtiyoriy holda 1-2 MPa va eng so‗nggida esa 2-6 MPa bo‗ladi. Havo
bosimini ko‗rsatilgan qiymati suyuqlikning haydash bosimini kattaligidan va
kompressorning turidan aniqlanadi.
Hisobiy hajmdagi ko‗pik bilan quduq to‗ldirilgandan keyin quduqni ko‗pik
bilan yuvishda (15) qulfak bekitiladi, (8) qulfak ochiladi va ko‗piklarni quvur uzatma
(10) orqali ko‗pikni 1,5 soat davomida yig‗uvchi idishga o‗zi oqib chiqishi amalga
oshiriladi.
Neft va gaz oqimini quvurning orqa fazosidan kirib kelishi kuzatilsa, qulfak
yopiladi (6) va quvur orqasi fazasidan ko‗pik siqib chiqarilgandan keyin qulfak (8)
yopiladi, quvur uzatma (10) ajratiladi, uning o‗rniga quduq ustiga qo‗shish uchun
bekitgich (9) o‗rnatiladi va qulfaklar (6, 7, 13) ochiladi, quduqning mahsuloti
kollektorga yo‗naltiriladi. Ko‗chma kompressordan foydalanilganda 1,5 soat
davomida ko‗pikni oqib chiqishi davomida neft yoki gazning oqimi bo‗lmaganda,
ko‗pikni to‗liq o‗zi oqib chiqishi davom ettiriladi.
373
Burg‗ilash qurilmasining kompressordan foydalanilgan sharoitda quduqqa
birinchi sikldagi ko‗pik haydaladi, 1,5 soat davomida o‗zi oqib chiqishi amalga
oshirilganda neft yoki gaz oqimi paydo bo‗lmasa, u holda ikkinchi sikl haydash
tugallanadi va ko‗pikni o‗zi oqib chiqishi kutiladi.
Agarda oqim olinmasa, u holda quvurdagi qulfak va quvur orqa tarafidagi
qulfaklar ochiq holda qoldiriladi quduqqa oqimni kelishi 36 saot davomida kutiladi.
Agarda ko‗pik bilan qaytadan yuvish natija bermasa, quduqning tubi zonasida
oqimni jadallashtirish uchun boshqa usullardagi ta‘mir etish qo‗llaniladi.
Quduqdan oqimni chaqirish bosh muhandis va bosh geologining tasdiqlangan
rejasi asosida olib boriladi. Quduqlarni o‗zlashtirish jarayonida ishlarni ta‘minlashda
xodimlar va muhandislar to‗g‗ri olib borish qoidalari bo‗yicha o‗qitiladi.
Ishlab chiqarish xodimlarining har bir smenasi har bir operatsiyani aniq amalga
oshirishda xavfsizlik choralari ko‗rsatmasidan o‗tkaziladi.
Quduqning zonasida mexanikalarni joylashtirishda shamolning yo‗nalishi
hisobga olinadi.
Ob‘ektlarning oraliqlari orasidagi masofa quyidagicha bo‗ladi.
-ko‗chma texnikadan quduqning ustigacha va qabul sig‗imigacha bo‗lgan
masofa – 25 metrdan kichik emas;
-kompressordan boshqa agregatlargacha bo‗lgan masofa – 10 metrdan kichik;
-maishiy hujradan quduqning ustigacha bo‗lgan masofa – minoraning
balandligidan 10 metr katta bo‗ladi.
Havo uzatish uchun yon tomondagi qisqa quvurchada germetik bo‗lmagan
teskari klapanda yoki teskari klapansiz ejektor bilan ishlash taqiqlanadi. Agarda havo
harorati manfiy bo‗lganda ko‗piksimon suyuqlikni isitishda isituvchi jihozlar
qo‗llaniladi. Havo uzatma yig‗ilgandan keyin diametri 5 mm-li po‗lat tros bilan
xavfsizligi ta‘minlanadi. Tros havo uzatmaga qisqich yordamida mahkamlanadi va
undan 200 mm masofada joylashtiriladi. Trosning ikkinchi uchi barqaror
(qo‗zg‗almaydigan) yakorga mahkamlanadi.
Quduqdan to qabul sig‗imigacha bo‗lgan otma chizig‗i ichki diametri 50
mmdan kichik bo‗lmagan NKQlaridan yig‗iladi, quduqni yoniga esa yaqin ishonchli
mahkamlanadi, burilish joylari va qabul sig‗imida qisqichlar yoki barqaror yakor
yordamida mahkamlanadi.
O‗ramlarni opressovka qilishda hamma odamlar xavfli zonadan tashqariga
chiqariladi. Oqimni chaqirishning hamma jarayonlarida quduqning ustidan va
to‗plovchi sig‗imdan 25 metrdan kichik oraliqdagi masofa ishlarni olib borish
taqiqlanadi.
Ko‗p tarmoqli burg‗ilashda guruhli o‗zlashtiriladigan quduqlarga havo
uzatuvchilar
kollektorlarni
o‗rashdan oldin amalga oshirish maqsadiga
muvofiqdir.havo uzatmaning uchi quduqlar guruhining markaziga keltiriladi va
bekituvchi qulfak bilan jihozlanadi. Ejektorning umumiy ko‗rinishi 12,35-rasmda
keltirilgan. Ikki fazali ko‗piklar uchun ko‗piksimon suyuqliklarni tayyorlash
ko‗piklarni quduqqa haydash jarayonida to‗g‗ridan to‗g‗ri amalga oshirilishi
mumkin.
Ko‗piklardan foydalanib qatlamdan oqimni chaqirishning texnologik
parametrlari mavjud bo‗lgan kompressor jihozlar yordamida quduq tubidagi bosim
kattaligini talab qilingan qiymatidan kelib chiqib tanlanadi. Quduq tubi bosimini
pasaytirishni kerakli qiymati quduq qurilishining geologik texnik sharoitlaridan va
ishlatish tizmasining tashqi bosim ta‘sirida pachoqlanishining ruxsat etilgan
mustahkamligidan kelib chiqib aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |