Mavzusi: Porshenli kompressorning ishlash prinsipini o’rganish va tebrahuvchi blokning konstruktiv o’lchamlarini olish.
Ishning maqsadi: Porshenli kompressorning ishlashini va qurilmani ko’rgazmali o’rganish, tebranma blok elementlarining ketma-ket joylashuvi, tebranish yo’lining asosiy geometrik parametrlarini o’lchash, o’lchash natijalari asosida ishchi hajmni hisoblash.
Qurulma haqida umumiy ma’lumot
1- Taglik, 2 – qurlma karkasi, old qismida sinov o’lchov apparatlari, ichkarisida resiver va ulovchi quvurlar joylashtirilgan, 3 – kompressorning qirqma modeli, 4 - kompressorning qirqma modeli harakatlanuvchi qismini aylantiruvchi maxovik, 5 – Porshenli kompressor, 6 – manbaga ulovchi tumblyor, 7 – “Аварийный стоп” (xavf tug’ulganda to’xtatish) tugmasi, 8 – compressor o’chirish tugmasi. Uch holatda ishlaydi: chap tomon “Ishchi xarakteristikasi”, o’ng tomon “Indikator diagrammasini olish”, o’rta holati o’chirish, 9 – kompressor tok manbasi kattaligini rostlash, 10 –o’lchashlarni ko’rsatuvchi oynalar bloki, 11 – ДР drosselning moslovchi elementi, 12 – havoning sarf o’lchagich oynasi.
Porshenli kompressor qurilmasinining namoyishi, qirqimli modeli va chizmasi qurilma panelining old qismida joylashtirilgan.
Ko’rgazma stendining prinsipial pnevmatik (siqilgan havo bilan ishlaydigan) sxemasi tegishli belgilanishlar bilan 1-rasmda keltirigan.
1-rasm. Stendning pnevmatik sxemasi.
МН - monometr;
ДР – drossel;
РМ – sarf o’lchagich (Расходомер);
Kompressor va qurilma stendining ortiqcha yuklanishi va qizib ketishini oldini olish uchun qurilmaga quyidagilar ulangan;
ДТ — harorat relesi (elektr zanjirini ulaydigan va uzadigan asbob, avtomat rubilnik), agar kompressor korpusining xavfsiz ishlashi uchun kerakli haroratdan harorat ko’tarilib ketsa kompressorni elektr manbadan uzadi;
ДД – bosim relesi, kompressor resiverida xavfsiz ishlashi uchun kerakli bosimdan bosimi oshib ketsa kompressorni elektr manbadan uzadi.
Ishni bajarish tartibi
1. Porshenli kompressor qurilmasi panelining old qismida joylashtirilgan qirqimli modeli va chizmasiga qarab kompressor konstruksiyasini o’rganish.
2. Kompressor konstruksiyasini o’rganib bo’lgach 1-rasmdagi sxema bo’yicha elementlarni solishtirish.
3. Maxovik 4 ni qo’lda aylantirib, Ln – porshen yo’lini o’lchash (kompressor porshenining eng yuqori va pastki nuqtalari orasidagi masofa).
4. Porshenli kompressorning geometrik ishchi hajmini hisoblash:
kompressor porshenining diametri.
5. Tegishli xulosalar qilish va hisobot yozish.
Do'stlaringiz bilan baham: |