YaK – 18 sport samolyotining modeli



Download 497,03 Kb.
Sana07.04.2022
Hajmi497,03 Kb.
#534460
Bog'liq
2 5233254312569738363


YaK – 18 sport samolyotining modeli
YaK – 18 samolyoti U – 2 yog`och samolyotdan farqli ravishda metalldan yasalgan ( 56- rasm, a, b). Shu bilan birga YaK – 18 da qator konstruktiv yechimlar odatdagicha va o`zidan oldingi yillardagi samolyotlar uchun xarakterli detallar, xususan fyuzelyajning fermali kuch karkasi, ichki tortqili ikkita lonjeronli va polotno qoplamli qanot hamda boshqalar saqlanib qoldi.
1946 yilgi namunasi bo`yicha umuman 4800 dan ortiq YaK – 18 samolyoti ishlab chiqarildi. Yangi samolyotlar ekspluatatsiya qilishda o`zini oqladi. Bu mashina yuksak uchish ma`lumotlarini ko`rsatdi, uni uchirish ham oson bo`lib, texnik xizmatni talab qilmasdi.
Samolyotdan sport mashinasi sifatida ham muvaffaqiyatli foydalanildi. Uni ekspluatatsiya qilingan vaqtlarda to`qqiz marta Xalqaro aviatsiya federatsiyasi qayd etgan jahon rekordi o`rnatildi.
YaK – 18 - 1946 yilda ishlab chiqarilgan, uchish massasi – 1060 kg, dvigatelining tipi – M11fr – 160 ot kuchiga ega, qanotining yuzasi – 17 m2, maksimal tezligi – 245 km/soat, uchish uzoqligi – 1095 km, uchish balandligi 4km, ekipaji 2 kishi.

YaK – 18 samolyotining uchish – texnik xarakteristikasi yuksakligining sababi avvalo uning yengilligi va aerodinamikasining yaxshiligi edi. Bu samolyot konstruktiv jihatdan erkin eltuvchi yig`ma shassili monoplan hisoblanadi.
Fyuzelyajining yupqa devorli po`lat trubalardan payvandlangan karkasi tashqi tomondan old qismiga dyuralyumin, dum qismiga polotno qoplam qilingan. Metall qoplamning yon panellari oson ochiladigan qulflar bilan o`rnatilgan, bu esa fyuzelyajni va unga joylashtirilgan uskunalarni, boshqarish mexanizmlari, priborlarning taxtalari va hokazolarni remont qilish uchun qulaylik yaratgan.
Old tomondan fyuzelyaj fermasiga to`rtta bolt bilan motor ostidagi rama, payvandli trubasimon konstruksiya o`rnatilgan. Motor ramasiga bizga ma`lum FR modifikatsiyali 160 ot kuchiga ega bo`lgan M- 11 dvigateli joylashtirilgan. Butun motor qurilmasi beshta olinadigan qopqoq bilan yopilgan, bular YaK – 18 uchun xarakterli har bir silindri obtekatelli kapotni hosil qilgan. Havo vintining diametri 2,3 metr bo`lgan.
YaK – 18 ning ikki lonjeronli sxemadagi qanoti fyuzelyajga to`rtta bolt bilan mustahkamlangan sentroplan va ikkita chiqariladigan konsollardan tuzilgan. Har bir konsolning sentroplanga tutashuvi lonjeronlarning polkalari bo`ylab to`rt nuqtada amalga oshirilgan.
Samolyotning dumqanoti – balandlik ruli bilan stabilizator, burish ruli bilan kil – fyuzelyaj fermasiga boltlar, tortqilar va tirgaklar yordamida mustahkamlangan. Ular konstruktiv jihatdan polotno qoplamli dyuralyumin karkasdan iborat bo`lgan. Balandlik rulining har qaysi yarmiga uchuvchilar kabinasidan boshqariladigan mexanik trimmer o`rnatilgan.
Mazkur mashina keying yillarda takomillashtirildi va uning yangi YaK – 30, YaK – 32, YaK – 40, YaK – 50, YaK – 52 hamda boshqa modellari yaratildi.
57 – rasm 1 – 11 da YaK – 18 samolyoti modeli detallarining chizmalari ko`rsatilgan, detallarining nomlari spesifikatsiyasi ( 24 – jadval) da ifodalangan.
25 – jadvalda oldingi g`ildirak tayanchini tayyorlashning texnologik jarayoni berilgan.





Konstruksiyalashga doir vazifalar
1. Samolyot modelining orqa g`ildiraklari va kabinasining konstruksiyasini takomillashtirish.
2. YaK – 18 samolyoti modeli bazasida YaK – 52 samolyotining modelini konstruksiyalash va tayyorlash.
Download 497,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish