Mahsuldor qatlamlarni ochish va


I-bob. MAHSULDOR QATLAM, KOLLEKTOR VA ULARNING FIZIK-



Download 7,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/204
Sana30.03.2022
Hajmi7,46 Mb.
#517239
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   204
Bog'liq
fayl 1759 20210908

I-bob. MAHSULDOR QATLAM, KOLLEKTOR VA ULARNING FIZIK-
KIMYOVIY XOSSALARI 
1.1.Qatlamlarning o„tkazuvchanligi va g„ovakligi. 
 
Mahsuldor qatlamlarni burg‗ilab ochish jarayonida texnologik eritmalarning 
quduq tubi zonasiga ta‘sir qilishi natijasida mahsuldor qatlamning kollektorlik 
xossalarining yomonlashishi sodir bo‗ladi. Mahsuldor qatlamlarni ochish va unga 
ta‘sir qiluvchi muammolar bilan har xil davrlarda dunyo bo‗yicha juda ko‗p 
tadqiqotchilar shug‗ullanishgan. Bu mualliflarning ishlarini tahlil qilganimizda 
hamda konlarning ishlatish ma‘lumotlari tog‗ jinsi kollektorlarini ochish 
texnologiyasi mahsuldor qatlamning ochish texnologiyasini geologik - fizik 
xususiyatlarini va qatlam flyuidlarining fizik-kimyoviy tavsiflarini yetarli darajada 
hisobga olinmaganligini ko‗rsatadi. 
Quduqlarning mahsuldor qatlamlariga tabiiy va texnogen samaralarning ta‘sir 
qilishini baholash uchun kon, laboratoriya va eksperimental tadqiqotlar MDHgi 
regionidagi har xil neft qazib oluvchi konlari misolida 1975 – 2019 yillar davomida 
yetarlicha o‗rganilgan.
F.A.Agzamov [2], M.O.Ashrafyan [70], A.A.Baluyev [8,12], A.YE.Belov [9], 
V.F.Kalinin [38], V.I.Kudinov[39], M.A.Mixiyev [48], B.A.Nikitin [56], 
D.Ponomarenko [58], va boshqalar tomonidan mahsuldor qatlamlarni ochish 
jarayonida quduqning mahsuldorlik tavsifiga ta‘sir qiluvchi tabiiy va texnogen 
samaralar bo‗yicha masalalar yoritilgan. 
O‗z bag‗rida neft, gaz va suvni saqlay olish va ishga tushurilganda ularni bera 
olish qobiliyatiga ega bo‗lgan tog‗ jinslari kollektorlar deb yuritiladi. Kollektorning 
asosiy qismi cho‗kindi jinslardan tashkil topgan. Terrigen (qumlar, qumtoshlar, 
alevrolitlar va bir qancha gilli jinslar) va 
karbonat
jinslar (ohaktoshlar, bur, 
dolomitlar) neft va gaz kollektorlari hisoblanadi.
Kollektor jinslar qatlam flyuidlari (neft, gaz va suv) harakatlanishi mumkin 
bo‗lgan g‗ovak, darzlik va bo‗shliqlar tizimi bo‗lib, asosan o‗ziga xos bo‗lgan ikkita 
belgisi: g‗ovakligi va o‗tkazuvchanligi bilan tavsiflanadi. Bo‗shliqlarga ega bo‗lgan 


21
hamma tog‗ jinslari neft va gaz uchun o‗tkazuvchan, ya‘ni kollektor bo‗laolmaydi. 
Shuning uchun kollektor tog‗ jinslarining xossalarini o‗rganishda ularning faqatgina 
g‗ovakligi emas balki o‗tkazuvchanligi ham aniqlanadi. Tog‗ jinslarining 
o‗tkazuvchanligi bo‗shliqlarning ko‗ndalang (flyuidlarning harakati yo‗nalishiga) 
o‗lchamlariga bog‗liq. 
Tog‗ jinslarining g‗ovakligi deb, ularning orasidagi qattiq jinslar bilan 
to‗lmagan g‗ovak va darzliklarga aytiladi. G‗ovaklar hosil bo‗lishiga ko‗ra birlamchi 
va ikkilamchi turlarga bo‗linadi. Ikkilamchi g‗ovaklar esa tog‗ jinslari qatlamlari 
tarkibidagi suvda oson eriydigan minerallarni yer osti suvlari bilan yuvilib ketishidan 
yuzaga keladi.
G‗ovakliklar yoki bo‗shliqlar o‗lchamlariga qarab quyidagi turlarga bo‗linadi: 
o‗ta kapillyar g‗ovaklar (>0,5 mm), ularda suv, neft va gaz gravitatsion kuchlar 
ta‘sirida erkin joylashadi; kapillyar g‗ovaklar (0,5-0,0002 mm), bunday g‗ovaklarda 
molekulyar bog‗lanish kuchli bo‗lganligi sababli suyuqliklarning harakati juda qiyin 
kechadi; subkapillyar g‗ovaklar (<0,0002), bunday bo‗shliqlar gilli jinslarga xos 
bo‗lib, suv, neft va gazni o‗tkazmaydi. 
Barcha kollektorlar bo‗shliqlarining tavsiflariga ko‗ra uch turga bo‗linadi: 
granulyar yoki donador (bo‗lakli jinslardan iborat), darzli (har qanday tog‗ jinsi) va 
kovakli (karbonat jinslar). 
O‗tkazuvchanlik kollektorning muhim ko‗rsatkichi bo‗lib, jinslarning o‗zi 
orqali suyuqlik va gazlarni o‗tkazish xossasini tavsiflaydi. O‗tkazuvchanlik birligi 
sifatida darsi (D) qabul qilingan. O‗tkazuvchanligi 1 D ga teng tog‗ jinsi, 1 sm
2
maydoni orqali qovushqoqligi 1 sPz bo‗lgan 1 sm
3
suyuqlikni bosimlar farqi 1 
kgs/sm
2
bo‗lganda 1 sekund davomida o‗tkaza oladi. Neftli qumtoshlarning 
o‗tkazuvchanligi katta diapazonda o‗zgaradi – 0,05 D dan 3 D gacha, darzli 
ohaktoshlarniki –0,005 D gacha. O‗tkazuvchanlik g‗ovaklarining o‗lchamlari va 
konfiguratsiyasi (zarrachalarning kattaligi) zarrachalarning zichlashuvi va o‗zaro 
joylashishi, jinslarning darzliligiga bog‗liq.


Halqaro o‗lchamlar tizimida uzunligi 1 metr, yuzasi 1 m
2
bo‗lgan tog‗ jinsidan 
1 Pa ga teng bosimlar ayirmasida 1 m
3
hajmdagi qovushqoqligi 1 Pa·s bo‗lgan 
suyuqlik o‗tganda o‗tkazuvchanlik 1 m
2
ga teng hisoblanadi.
Qatlamlarning kollektorlik xossalarini o‗rganish kern namunalari, kon 
geofizikasi tatqiqotlari materiallari va quduqlarni oqimga sinash ma‘lumotlari 
bo‗yicha amalga oshiriladi. 
Kollektor jinslaridagi neft va gaz to‗plamlari ustidan flyuidlar (neft, gaz va 
suv) uchun o‗tkazmas bo‗lgan tog‗ jinslari bilan berkilmagan bo‗lsa neft va gazning 
to‗plamda saqlanish imkoniyati bo‗lmaydi. Neft va gaz uyumlarining ustki va 
atrofida joylashgan va uni qamrab turuvchi kam o‗tkazuvchan tog‗ jinslari 
qoplamalar deb yuritiladi. Qoplama jinslarga gillar, tuzlar, gipslar, angidridlar va 
karbonat jinslarning bir qancha turlari kiradi. 
Neft va gaz sanoatining rivojlanish davrining boshlanishi dastlabki yillarida 
neft va gaz tog‗ jinslarining katta bo‗shliqlarida yoki yirik yoriqlarida paydo bo‗ladi 
degan fikrlar ko‗pchilik mutaxassislar tomonidan ilgari surilgan. XIX asrning 60 
yillarida ulug‗ rus olimi D.I. Mendeleyev neft va gazning qoldiq tog‗ jinslarida 
to‗planishi va bu jinslarda juda kichik bir-biri bilan tutashgan bo‗shliqlar mavjud 
degan g‗oyani ilgari surgan. Undan keyingi yillarda neft va gaz quduqlarini 
burg‗ilashda, mahsuldor qatlam tog‗ jinslaridan kern olishda va uni o‗rganishda olim 
tomonidan ilgari surilgan bu g‗oya to‗liq o‗zining tasdig‗ini topdi. 
Neftli, gazli, gaz-kondensatli va boshqa shu turdagi konlarning mahsuldor 
qatlamlarini tashkil etuvchi tog‗ jinslari quyidagi xossalar: g‗ovaklilik; 
o‗tkazuvchanlik; granulometrik tarkibi va solishtirma sirti; elastiklik, yorug‗likka 
qarshilik, siqilish va boshqalar (mexanik xossalari); tog‗ jinslarining har xil 
joylashuvida neftgaz, gaz va suvga to‗yinganligi; neft, suv va gazning o‗zaro ta‘sir 
etishidagi molekulyar sirt tarangligi kabilar bilan tavsiflanadi. Mahsuldor qatlamdagi 
neftli va gazlilik uyumlarining yuqorida keltirilgan xossalarning kondan foydalanish 
davri so‗nggi bosqichida mahsulotlarni olish va mahsuldor qatlamni maqbul 
sharoitlarda ishlatish shartlari bilan uzviy bog‗liqligi tog‗ jinslarining asosiy 
tavsiflaridan hisoblanadi. 


23
Tog‗ jinslarining mexanik xossalariga - ularni elastikligi, yorilishga 
mustahkamligi, siqilishga mustahkamligi, plastikligi kabilar kiradi. Qatlamda bosim 
pasayganda g‗ovaklik muhiti hajmi bo‗yicha tog‗ jinslari zarrachalari elastik 
kengayishi yuzaga keladi va yuqori qatlamda joylashgan tog‗ jinslari tog‗ bosimi 
ta‘sirida qatlam tanasining zichlanishiga olib keladi. Bunday zichlanish natijasida 
mahsuldor qatlamda hajmiy g‗ovaklik muhiti kamayadi va buning evaziga suyuqlik 
qatlam g‗ovakligidan siqib chiqariladi.
Tog‗ jinslari
o‗zining g‗ovaklik hajmini bosim o‗zgarishi ta‘sirida o‗zgartiradi 
va konni ishlatish jarayonida bosimning qayta taqsimlanishi sodir bo‗ladi. Tog‗ 
jinslarining muhim ko‗rsatkichlaridan biri uning siqiluvchanlik koeffitsienti 
hisoblanadi. Agar tog‗ jinsiga tashqi bosim ta‘sir qilsa undan olingan namuna hajmi 
va g‗ovakligi butun hajm bo‗yicha kichrayadi. Tashqi ta‘sir etuvchi bosim ta‘siri 
olinganda esa namuna hajmi va uning g‗ovakligi boshlang‗ich qiymatigacha 
tiklanadi. 
Tog‗ jinsi g‗ovakligi hajmining o‗zgarishi Guk qonuni bo‗yicha sodir bo‗ladi: 

Download 7,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish