Neft-gazning istiqbolli hisoblash va bashoral zaxiralarini baholash, neft va gaz sanoatining rivojlanishini rejalashtirish, uyumlarni razvedka qilish va Lshlatishga ajratiladigan kapital mablag' hajmini aniqlash imkonini beradi.
Neft va gaz genezisi masalalari hamda ularning uyumlarining hosil bo'lishi va tarqalishi hali etarli darajada o'rganilmagan, shuning ucliun hududning neft-gazlilik istiqbolini baholash neft va gaz uyumlarining yer qobig'ida taqsimlanish qonuniyatlari haqidagi ma'lumotlarni hisobga oluvchi umumiy geologik mulohazalarga asoslanadi.
Hozirgi vaqtga kelib. neft-gazlilikning taqsimlanishining faqat ayrim umumiy qonuniyatlari o'rganilgan. Geosinklinal oblastlarda neft va gaz to'planadigan regional zonalar asosan ularning chekka qismlariga to'g'ri keladi, ayrim zonalar esa - shu oblastlarning cho'kkan hamda tog'lararo botiq qismlarida joylashgan.
Platformalarda neft-gaz to'planadigan zonalarning qonuniy joylashishida yirik tektonik elementlar katta ahamiyatga ega bo'ladi. Bu yerda bunday zonalar asosan gumbazli ko'tarilmalar yonbag'irlarida joylashgan bo'lsa, neft-gaz to'planish zonalarining bir qismi platforma botig'i hamda chekka botiqliklar yonbag'irlari bilan bog'liq.
Neft va gaz uyumlarining taqsimlanishiga kelsak. hozirgi vaqtda ularning faqat quyidagi strukturalarga bog'liqligi aniqlangan:
yer po'stining nisbatan ko'tarilgan uehastkalari - uzulishlar, nomosliklar, qiyiqlanish va h.k.lar bilan to'silgan antiklinal ko'tarilmalar va tutqichlarga;
tog'lararo botiq va tog'oldi egilmasiga, tog'oldi egilmasiga qaragan platforma yonbag'irlariga, chekka va ichki chuqur platforma botiqliklariga, gumbazli ko'tarilmalarga va ularning yonbag'irlariga va h.k.
Neft va gaz hosil bo'lishining noorganik nazariyasi tarafdorlari bunday qonuniyatlarga quyidagilarni kiritadalar:
agar neft va gaz neft-gazli hudud kesimining yuqori gorizontlarida bo'lsa, ular barcha pastki gorizontlarida ham har doim ucliraydi.
neft-gazlilik chuqur yer yoriqlari bilan bog'liq.
Istiqbolli zaxiralar (Ci toifa) tavsifi O'zbekiston Respublikasining Davlat Zaxiralar Komissiyasi yo'riqnomasida berilgan (17-bob 17.3. mavzuga qarang).
Neft va gazning bashoratli zaxiralarini miqdoriy baholashning umum qabul qilingan metodi hozircha ishlab chiqilmagan. SHuning uchun ham neft va gaz zaxiralarini bashoratli baholashning aniqligi bir qator omillarga bog'liq. Hozirgi vaqtda ma'lum bo'lgan gaz va neft konlarining tarqalish qonuniyatlarini rejali va chuqur o'rganish asosida bunday metodni yaratishga va takomillashtirishga katta