Mavzu: Tog‘ jinslari massivining darsligi va ularningtasnifi



Download 11,37 Kb.
Sana14.12.2022
Hajmi11,37 Kb.
#886034
Bog'liq
MAVZU Tog‘ jin


MAVZU: Tog‘ jinslari massivining darsligi va ularningtasnifi.
Reja
1
2
3
Yer sharining qayeriga bormaylik, oyog‘imiz ostida goh sog‘-gil tup-

roqlarni, goh qumlarni, shag‘al, xarsang toshlarni, goh turli tarkib, xossa

va xususiyatlarga ega bo‘lgan qoya toshlarning guvohi bo‘lamiz. Bir

yerda ularning ustida paxtazorlar, bog‘-rog‘lar barq urib o‘sayotganini,

yashnayotganini ko‘rsak, ikkinchi bir yerda ularning ustida 1—100 hatto

bundan ham ko‘p qavatli imoratlar qad ko‘tarib turganini, suv ombor-

larini, katta-katta kanallarni, gidrotexnika inshootlarni, ko‘priklarni,

avtomobil, temir yo‘llarni, chuqurligi bir necha yuz metrga yetadigan

shaxtalarni, aerodromlarni, kosmodromlarni ko‘ramiz. Ana shu rizqi-

ro‘zimizning manbayi, u yoki bu inshootlarning zamini hisoblangan

sog‘ va gil tuproqlar, qumlar, shag‘al, xarsang toshlar, qoya toshlar

(granitlar, granodioritlar va b.) hammasi geologiya fanida birgalikda

tog‘ jinslari deb yuritiladi.

Bu jinslar o‘z tarkibiga ko‘ra monomineralli (bir mineralli) va

polimineralli (bir qancha mineralli) bo‘ladi. Monomineralli jinslarga

misol qilib ohaktoshni, dolomit, gips tog‘ jinslarini, polimineralli

jinslarga ega granit, granodiorit, gil, lyoss jinslarini ko‘rsatish mumkin.

Jumladan, faqat lyoss jinslari tarkibida 100 ga yaqin minerallar bo‘lib,

ulardan 60 tasi jins hosil qiluvchi klastogen minerallari bo‘lib hisoblanadi.

Demak, xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, tog‘ jinslari deganda yer

qobig‘ining katta qismini tashkil etuvchi, bir va bir qancha minerallar-

dan tuzilgan, doimiy kimyoviy tarkibga ega bo‘lgan ayrim-ayrim geologik

birikmalar tushuniladi.

Planetamizda tarqalgan hamma tog‘ jinslari o‘zining paydo bo‘li-

shiga, yotish holatlariga, mineralo-kimyoviy tarkibi, xossa va xususi-

yatlariga qarab uch asosiy guruhga bo‘linadi: 1. Magmatik. 2. Cho‘kindi.

3. Metamorfik.Magmatik guruhga kiruvchi tog‘ jinslar yer qobig‘idagi mavjud ham-

ma tog‘ jinslarining asosiy qismini tashkil qiladi. Magmatik tog‘ jinslariYerning ichki qismidagi mineral massa — magmaning1

yuqoriga qarab

ko‘tarilishi va yer qobig‘i qavatlari ichida yoki ularning ustiga chiqib

qotishi jarayonida paydo bo‘ladi. Shuning uchun ham bu jinslar o‘zlari-

ning qayerda paydo bo‘lishiga qarab, o‘z navbatida intruziv va effuziv-

vulqon, ya’ni vulqonlarning otilishi jarayonida vujudga kelgan tog‘ jins-

lariga ajratiladilar.

Intruziv tog‘ jinslari magmaning yer yuzasiga yetib chiqmay, yer

qobig‘ining ichki qismi qavatlari orasidagi yoriqlarga batolit, shtok,

lakkolit, lopolit, dayka, sill (qatlamlararo tomirlar) holatida kirib

qotishi va uzoq vaqtlar davomida sovishi jarayonida paydo bo‘ladi

(4.1-rasm).

Batolitlar noto‘g‘ri gumbaz ko‘rinishdagi eng yirik magmatik shakl

bo‘lib, ba’zan uzunasiga 200 km dan ham katta maydonni egallaydi.

O‘zining yer qobig‘idagi o‘rni bo‘yicha magma o‘chog‘iga yaqin

bo‘ladi.

Shtoklar batolitga yaqin yonma-yon joylashgan bo‘ladi. Maydoni

esa uning maydonidan ancha kichik bo‘lishi bilan xarakterlidir.

Lopolit magmatik jinslarning tovoqsimon shakli. Magmaning ko‘ta-

rilish va tog‘ jinslari qatlamlari oralig‘idagi qulay joylarda yig‘ilib qotishi

natijasida vujudga keladi.Lakkolitlar magmatik jinslarning qavariq qo‘ziqorin ko‘rinishdagi

qatlamlararo intruziv shakli. Uning pastki qismi ko‘pincha gorizontal

holatda bo‘ladi.

Daykalar yer qobig‘ining aksariyat cho‘kindi tog‘ jinslari qatlam-

larida mavjud bo‘lgan vertikal, ba’zan qiya, bir-birlariga parallel,

radial-shula halqasimon yoriqlar bo‘ylab magma massasining ko‘ti-

rilishi va qotishi jarayonida vujudga keladi. Ularning eni bir qancha

sm dan 1—1,5 km bo‘lib, uzunasiga bir qancha o‘n, hatto 100 km

ga cho‘zilishi ham mumkin. Daykalar yoriq atrof jinslarga nisbatan

qattiq bo‘ladi.

Sillar tog‘ jins qatlamlari oralig‘ida ularni yotish holatlariga muvofiq

bo‘lgan tomirlar ko‘rinishidagi qotib qolgan intruziv shakl.

Intruziv yo‘l bilan hosil bo‘lgan tog‘ jinslariga granitlar, granodioritlar,

siyenitlar, dioritlar, gabbrolar, dunitlar va boshqalar kiradi (4.1- jadval).

Effuziv magmatik jinslar magma massasining vulqonlarning1

otilishi

jarayonida yer sathiga mavjud kanallar orqali ko‘tarilib chiqib yoyilishi

va qotish natijasida vujudga keladi.

Magmaning yer sathiga chiqib yoyilishi jarayonida uning tarkibida-

gi ba’zi bir uchuvchi gaz holatidagi komponentlarning (Cl, H, S, CO,

CO2


, N2O va b.) yo‘qolishi va sovishi tufayli suyuq lava massasi sekin-

asta oynasimon, to‘liq kristallanmagan tog‘ jinslariga aylanadi. Bularga

liporit, andezit, traxit, bazalt, diabaz va boshqa tog‘ jinslarini ko‘rsatish

mumkin (4.1- jadval).

Intruziv va effuziv magmatik tog‘ jinslari kimyoviy tarkibini asosan

SiO2


, K2O, TiO2

, Fe2O3


, FeO, CaO, MgO, K2O va N2O birikmalari

tashkil etadi. Lekin tog‘ jinslarini bir-birlaridan ajratishda SiO2

va

Na2O+K2O komponentlarining ahamiyati katta. Shuning uchun ham



amaliyotda bu komponentlarning miqdoriga qarab hamma magmatik

tog‘ jinslari quyidagi guruhlarga ajratiladi: 1. Nordon jinslar (tarkibida

SiO2

miqdori 65—75% atrofida, ishqoriy metall oksidlari — Na2O+K2O



ning miqdori esa 6—8 % atrofida o‘zgaradi); 2. O‘rta (SiO2

52—65%,


Na2O+K2O 4—6%); 3. Asosiy (SiO2

45—52%, Na2O+K2O 1—4%); 4.

Ultra asosiy (SiO2

35—45%, Na2O+K2O 0—1%); 5. Ishqoriy (Na2O+

+K2O 8—20%).

Quyida eng asosiy magmatik tog‘ jinslari to‘g‘risida ma’lumot

beriladi.Granitlar asosan kvars (35—45), dala shpati (60—70) hamda qis-

man sluda va rogovaya obmanka (3—4%) minerallaridan tashkil top-

gan intruziv tog‘ jinsidir. Granitlarni tashkil qilib turgan minerallar to‘liq

kristallangan yirik, o‘rta, mayda donalardan iborat bo‘lib, unda mineral

donalari tartibsiz joylashgan bo‘ladi. Ular oq, qizg‘ish, kulrang, ko‘kish

tusda bo‘lib, bu ranglarni hosil qilishda minerallarning turi va miqdori

asosiy o‘rinni egallaydi. Mustahkamlik darajasi tog‘ jinslarini tashkil

qilib turgan minerallarning turiga, nurash jarayoniga, tektonik yoriq-

larning mavjudligiga qarab turlicha bo‘lishi mumkin.

Granodioritlar tarkibida plagioklaz (70—90%), ortaklaz-mikroklin

(10—13%), kvars (15—35%) bo‘lgan intruziv tog‘ jinsidir. Mustahkam-

ligi, hajm og‘irligi, g‘ovakligi hamda boshqa xossa va xususiyatlari

jinsning tarqalgan hududlarini fizik, tektonik sharoitiga qarab o‘zgarishi

mumkin.


Dioritlar plagioklaz, dala shpati (50—70%), rogovaya obmanka (30—

50%), qoramtir minerallardan va sludalardan tashkil topgan bo‘ladi.

Bu jinsda kvars ko‘p miqdorda bo‘lsa, kvarsli diorit deb nomlanadi.

Dioritlar granitli batalitlarni chekka qismlarida yirik bo‘lmagan shtok,

intruziv tomirlar holatida uchraydi.Siyenitlar tarkibida kvars mineralining bo‘lmasligi, plagioklaz (0—

20%) bo‘lishi, asosan ortoklaz va mikroklin minerallaridan tuzilganligi

bilan xarakterlidir. Siyenitlar dayka va shtok holatida uchraydi.

Gabbrolar boshqa intruziv jinslaridan asosan qora rangli dala shpat-

laridan (plagioklaz va pirokenlardan) tashkil topganligi, tarkibida kvars,

sluda minerallari bo‘lmasligi bilan farq qiladi. Bu jinslar o‘z strukturasi1

va teksturasi2

bilan granit, diorit, siyenitga o‘xshash bo‘lsa-da o‘ta mo‘rt-



dir. Tabiatda yirik lakkolit, shtok, dayka holatida uchraydi. Tarkibida


  1. aksessor minerallardan apatit, ilmenit, magnetit, ba’zan xromit uchraydi.

Download 11,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish