2-bo’yicha xulosa



Download 22,5 Kb.
Sana23.07.2022
Hajmi22,5 Kb.
#841207
Bog'liq
2-bob


2-bo’yicha xulosa
Tashqi muhit xarorati 35-400 gradus, nisbiy namlik 10-25%, tez-tez esib turgan shamol ta’sirida betonning tez suvsizlanishi ro‘y berishi mumkin va bu esa beton qotishini sekinlashishiga va ayrim xollarda to‘xtashiga ham olib kelishi mumkin. Betonning barvaqt suvsizlanishi uning mustahkamligiga katta ta’sir ko‘rsatadi. U serg‘ovak bo‘ladi, unda darzlar hosil bo‘ladi va suv o‘tkazuvchanligi ortib ketadi. Quruq-issiq iqlim sharoitida foydalaniladigan betonlar uchun to‘ldirgich sifatida karbonat tog‘ jinslaridan foydalangan ma’qul. Bu tog‘ jinslarigassement yaxshi yopishadi va ularning chiziqli kengayish koeffitsientlari ham bir biriga yaqindir. Vulqon tog‘ jinslari, misol uchun bazalьtdan chaqiqtoshdan foydalanish tavsiya etilmaydi, chunki qotgan betonning mustahkamligini tushib ketishiga olib keladi. Beton qorishmasini tayyorlashdan oldin to‘ldirgichlarni quyosh nuridan ximoyalash, serqovak to‘ldirgichlarni namlash zarur bo‘ladi. Quruq-issiq iqlim sharoitida beton qorishmasini aralashtirish vaqti 30-50% ga uzoqroq davom etdiriladi. Betonlash ishlarini to‘xtovsiz amalga oshirish zarur. Agarda tanaffus zarur bo‘lib qolsa, ishchi yuzalarni sinchkovlik bilan tekshirish lozim. Beton qorishmasi qolipga joylab zichlangandan so‘ng uning qotishiga barcha sharoitlarni yaratib berish zarur. Yangi qoliplangan betonning ochiq yuzalarini qanor qop, brezent, pohol va boshqalar bilan yopib, xar 3-4 soatda surunkali suv sepib namlab turish kerak bo‘ladi. Suv sepib turishning davomiyligini 28 sutkagacha olib boriladi. Beton konstruksiyalarning yuzalariga nam qum yoki yog‘och qipig‘ini ham sepib qo‘yish mumkin. Tashqi muhit xarorati 30-350S bo‘lsa betonni har 2 soatda, 35-400S bo‘lsa har 1,5 soatda va xarorat 400Sdan yuqori bo‘lsa har 1 soatda suv sepib namlabturish kerak. Bundan tashqari atrof-muxitning nisbiy namligi va shamolning tezligini xam xisobga olish zarur. Beton qotish jarayonida tizimli suv sepib turishning ilojisi bo‘lmasa, shartli ravishda “namsiz” usuldan, ya’ni beton ustini polivinilxloridli plenka bilan, yuning yuzasida havo o‘tkazmaydigan plenka hosil qiluvchi tarkiblar bilan qoplash maqsadga muvofiqdir. Oldindan zo‘riqtirishdan foydalanish sohalarini kengaytirish katta ahamiyatga ega. Misol uchun undan fuqaro va turar-joy qurilishida keng va samarali foydalanish mumkin. Bunday binolarning yuk ko‘taruvchi karkasi qurilish jarayonida armaturani tortish orqali bajarilgan, monolit ichida yoki alohida elementlardan tashkil topgan sterjenlar tizimidan tashkil topgan bo‘ladi. Geometrik shakl va fizik egriligini xisobga olgan xolda zamonaviy usullardan foydalanib hisoblangan bunday karkaslar an’anaviylariga qaraganda 20-40% engil bo‘ladi. Binoning orayopmalari va ichki devorlari karkasning ma’lum qismlarini zarur fizik-mexanik va ekspluatatsiya xossalarga ega serg‘ovak beton bilan to‘ldirish orqali quriladi. Orayopmalarda o‘rtacha zichligi 1000-1200 kg/m3 bo‘lgan serg‘ovak beton ishlatiladi. Ichki devorlar uchun esa o‘rtacha zichligi 450-550 kg/m3 bo‘lgan serg‘ovak betondan foydalaniladi. O‘rtacha zichligi 200 kg/m3 bo‘lgan serg‘ovak betondan tashqi devorlarni monolit issiqdan himoyalovchi material sifatida foydalaniladi. Bu vaqtda bunday devorlarning ichki yoki tashqi qatlami me’moriy va ekspluatatsiya talablariga javob beradigan har qanday materialdan bo‘lishi mumkin. Taklif etilayotgan texnologiya bo‘yicha oldindan zo‘riqtirilgan karkasni qurishning yangi texnologiyalaridan foydalaniladi. Serg‘ovak betonni tayyorlash va joylashtirish bo‘yicha bajariladigan barcha ishlar bitta agregat yordamida bajariladi. Bu esa umumiy mehnat sarfini ikki martadan ortiq iqtisod qilish imkonini beradi. Binoning vazni 2-2,5 marta tannarxi esa deyarli ikki marta qisqaradi. SHunday qilib bir oddiy binoning o‘rniga rigelsiz, kattalashtirilgan proletli va planlashtirish imkoniyatlari keng bo‘lgan ikkita bino qurish imkoni bo‘ladi. Bundan tashqari bunday binolar yuqori zilzilabardoshlik, ishonchlilik va uzoq vaqt xizmat qilish kabi hususiyatlarga ega bo‘lish bilan birga xizmat vaqti tugagandan so‘ng oson buzib tashlash mumkin. CHet ellar tajribasi katta uzunlikka ega plitasimoy monolit poydevorlarda, tayanch qurilmarida, monolit balkasiz orayopmalarda, og‘ir uskunalar o‘rnatish uchun postamentlar, er osti inshootlarining yuk ko‘taruvchi monolit konstruksiyalarida, shu jumladan ko‘pqavatlilarida ham yuqori samaraga ega ekanligini ko‘rsatdi. Tarixiy obidalarni ta’mirlashda ham oldindan zo‘riqtirishdan foydalanish misollari mavjud. Oldindan zo’riqtirilgan temirbetonning afzalliklaridan biri uni yorilishga bo’lgan bardoshliligidir. Yuqori darajadagi mustahkam materiallarni (armatura va beton) qo’llanilishi natijasida armaturani oddiy temirbeton elementiga nisbatan 30-70 % kam sariflash imkonini beradi. Bunda beton sarfi kamayib konstruksiyaning vazni yengillashadi. Bundan tashqari yorilishga bo’lgan qarshiligini ya’ni bikirligini oshiradi (bu uzun balkalar tayyorlab katta joylarni yopish imkonini beradi), suv o’tkazmasligini, dinamik yuklar ta’siriga qarshiligini hamda uzoq muddat ishlashini ta’minlaydi.

Armatura foizini ortishi oldindan zo’riqtirilgan (ayniqsa kesim yuzasi tavr shaklida bo’lgan va yengil betondan tayyorlangan) konstruksiyalarni zilzilaga bardoshligini orttiradi. Gap shundaki, mustahkamroq va yengil materiallarni qo’llash oqibatida oldindan zo’riqtirilgan konstruksiyalarda yuk ko’tarish holati bir xil bo’lgan holda oddiy konstruksiyalarga qaraganda yengilroq va yuzasi kichikroq bo’lishiga erishish mumkin ekan. Bino va inshootlarning ayrim elementlarini oldindan zo’riqtirilgan armatura bilan siqish oqibatida fazoviy ishlashini hamda zilzilabardoshligini oshirish mumkin. Bu konstruksiya armaturasinig zanglashga qarshi o’ta turg’unligi va ko’pga chidamliligi hamda bardoshliligi bilan farq qiladi.


Konstruksiyalarni tayyorlashda maxsus uskunalar yordamida ko’p mehnat sariflanishi, yuqori malakali ishchilarni ishlashi zarurligi va boshqalar oldindan zo’riqtirilgan temirbeton konstruksiyalarining kamchiligi hisoblanadi.
Тayyorlash jarayonida sun’iy ravishda (oldindan) betonda siqilish va armaturada cho’zilish kuchlanishlari hosil qilingan temirbeton konstruksiyalari oldindan zo’riqtirilgan konstruksiyalar deb ataladi.
Oldindan zo’riqtirilgan kuchlanish konstruksiyaning yorilish bardoshligi va bikiriligini oshiradi hamda o’ta mustahkam bo’lgan po’lat armaturalardan, yuqori sinfli betonlardan samarali foydalanish imkonini yaratadi.
Download 22,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish