372
№4 - ШЎЪБА
ХАВФСИЗ ОЗИҚ-ОВҚАТ МАҲСУЛОТЛАР ИШЛАБ ЧИҚАРИШДАГИ
ИННОВАЦИОН ТЕХНОЛОГИЯЛАР
ANOR PO’STLOG’IDAN TANNIN MODDASINI EKSTRAKSIYALASH
JARAYONLARINI TADQIQ ETISH
Toirova M.S., Eshmatov F.X.
Toshkent kimyo-texnologiya instituti
Bugungi kunda dunyoda
sanoqli mamlakatlarda jumladan, Eron, Ozarbayjon,
Turkiya, Hindiston, Misr, Ispaniya, Kaliforniya, Malayziya va O’zbekistonda anor
mevasi ko’p miqdorda yetishtiriladi. Respublikamizning subtropik hududlarida yiliga
80 ming tonnadan ortiq anor mevasi yetishtiriladi.
Mevaning asosiy qismi ichki
bozorda iste’mol qilinadi, taxminan 10 %-i qayta ishlanadi. Undan tabiiy anor
sharbati va konsentrati ishlab chiqariladi. Ushbu mahsulotlar ichki va tashqi bozorga
yo’naltiriladi. Anor mevasini qayta ishlab undan turli mahsulotlar ishlab chiqarish
murakkab jarayon hisoblanadi, sababi anor mevasining
morfologik tuzilishi
murakkabligi bilan tushuntiriladi. Qayta ishlash jarayonida 60 %-ga yaqin anor
po’stlog’i (ichki yupqa pardasi) va urug’idan iborat chiqit chiqadi.
Mahalliy xom ashyo zahiralarini yetishtirish, ulardan oqilona va kompleks
foydalanish oziq-ovqat sanoati sohalarida ishlab chiqarish samaradorligini
oshirishning
hal qiluvchi omili hisoblanib, keyingi yillarda chiqindisiz
texnologiyalarni yaratish sohasida, oziq-ovqat mahsulotlari sifatini oshirishda koʼplab
ishlar olib borilmoqda.
Hozirgi kunda bu chiqit sanoat miqyosida nafaqat O’zbekistonda, balki xorijiy
mamlakatlarda ham qayta ishlanmayapdi. Bu chiqitlar ishlab chiqarish korxonalarida
qator muammolarni keltirib chiqarishi bilan bir qatorda, ekologiyaga, atmosferaga
salbiy ta’sir ko’rsatmoqda.
Ayni paytda, ushbu anor mevasini qayta ishlashda hosil
bo’ladigan chiqitlarni sanoat miqyosida qayta iashlab, undan foydali komponentlar
ajratib olish o’ta dolzarb masala hisoblanadi. Vaholanki, anor po’stlog’i
chiqit
sifatida chiqadi va u mutlaqo bepul xomashyo hisoblanadi. Anor po’stlog’ini qayta
ishlash orqali “Chiqindisiz texnoligiya”ni yaratish hamda farmasevtika, oziq-ovqat,
to’qimachilik sanoati uchun o’ta muhim komponent hisoblangan tanninni ajratib olish
mumkin.
Hozirgi kunda ushbu komponent mamlakatimizga
xorijiy mamlakatlardan
import qilinmoqda. Dunyo bozorida toza tanninning grammi 180 yevroda
baholanmoqda. Bu iqtisodiyot uchun ham juda katta foyda keltiradi.
Toshkent kimyo-texnologiya institute “Go’sht, sut va konserva mahsulotlari
texnologiyasi” kafedrasi laboratoriyasi sharoitida anor po’stlog’ini quritish shkafida
13 %-dan past namlikgacha quritib olindi. Quritilgan namunani 2 xil ko’rinishda,
kukun (1-namuna) va bo’laklangan (2-namuna) (2-5mm) holatida ekstraksiya qilish
uchun tayyorlab olindi.
373
Tanidlar suvda, turli konsentratsiyali suyultirilgan spirtlarda va sirka kislotaning
etil efirida yaxshi, boshqa organik eritmalarda yomon eriydi yoki butunlay erimaydi.
Anor po’stlog’ini ekstraksiya qilish uchun eng yaxshi erituvchi bu distillangan suvdir.
Anor po’stlog’i va erituvchini 1:10 nisbatda olib unga 5% li limon kislotasi (organik
moddalar uchun yaxshi erituvchi) qo’shib tajriba ishlari olib borildi.
1-jadval
Ekstraksiya (kukun holatda, 1-namuna)
tarkibidagi oshlovchi
moddalar miqdori, % da
Ekstraksiya
vaqti
Ekstraksiya
jarayonidagi
harorat
Ekstraksiyalanish
davomiyligi 2 soat
Ekstraksiyalanish
davomiyligi 4 soat
Ekstraksiyalanish
davomiyligi 6 soat
30
0
C
-
3,8822
4,8976
40
0
C
2,6877
4,1808
5,3157
50
0
C
3,9419
4,8976
5,2559
60
0
C
4,5989
3,9419
5,9727
Do'stlaringiz bilan baham: