1-Mavzu: Chiqit ekish usullari va unga qo`yiladigan agotexnik talablar.
Reja:
Chigit ekish usullari.
Urug` ekish agregatlari
Chigit elishda yangi innovatsion usullarning ahamiyati va yo`llari
Ekinlar urug`ini ekish usullari ularning quyidagi xususiyatlariga, ya‘ni, ekinlarning o`sish balandligi va hosildorligiga, ularni parvarishlash xossalari – suvli va lalmi maydonlarga, pushtaga, egat ustiga, yoniga va tubiga hamda plenka ostiga ekish, sug`orish usullari bo`yicha yoppasiga, qator oralab, tomchilab, er ostidan sug`orish kabi xususiyatlarini hisobga olgan holda tanlanadi.
Urug` ekish va ko`chat o`tqazish texnologik jarayoni quyidagicha amalga oshiriladi: ekish agregati oldinga yurganda bunkerdagi urug` yoki ko`chat bir tekis oqimda va belgilangan me‘yorda o`tkazgich orqali ekkichga etkaziladi (a - rasm).
Ekich tuproqda egat ochadi va uning tubiga urug` qadaydi. So`ngra urug` turli xildagi moslamalar (ko`mgich, tirma, zanjir va boshqa) yordamida tuproq bilan ko`miladi va shabbalanadi.
Ekish bilan birga mineral o`g`itlar berilsa, seyalkaga qo`shimcha o`g`it solish moslamasi o`rnatiladi.
a b
v g
d e
j z i
a – qatorlab ekish; b – polosali (yo‘laklab) ekish; v – tor qatorlab ekish; g – kvadrat uyalab ekish; d – uyalab ekish; e - egat tubiga ekish; j – kombinatsiyalab ekish; z – pushtaga ekish; i – egat ustiga ekish.
36-rasm. Urug„larni ekish usullari
SCHX-4B chigit ekish seyalkasi
Zamonaviy chigit ekish seyalkasi
37-rasm. Chigit ekish seyalkasining mexanizmlari
SZ-3,6 G‟alla ekish seyalkasi
1-ulash surilmasi; 2-instrumentlar qutisi; 3-rama; 4-ekkichni ko‘tarish mexanizmi; 5-urug‘ bunkeri; 6-uzatmalar mexanizmi; 7-tayanch-harakat uzatuvchi g‘ildirak; 8-oyoqda turuvch doska; 9barmoqli tuproq tortkich; 10-ekkich.
38-rasm. SZ-3,6 G‟alla ekish seyalkasining umumiy tuzilishi
39-rasm. Don ekish seyalkasining mexanizmlari
40-rasm. Kartoshka ekish seyalkasining umumiy ko‟rinishi va ish jarayoni
41-rasm. Sabzavot ekish seyalkasining umumiy ko‟rinishi
42-rasm. Sabzavot ekish seyalkasining umumiy ko‟rinishi
Ekiladigan urug`larning fizik-mexanik xossalariga qarab ekish seyalkalari turli ko`rinishdagi ekish apparatlari, ekkichlar (42-rasm) va ko`mgich-shibba-lagichlar bilan jihozlanadi.
Zamonaviy seyalkalarda asosan mexanik va pnevmatik usulda ishlaydigan ekish apparatlari o`rnatilgan. Ekish apparatlari ishchi qismlarining eng ko`p tarqalgan turlariga yulduzchali (chigit ekishda), g`altakli (don ekishda), qoshiqli (kartoshka ekishda), diskli (sabzavotlar urug`ini ekishda) ishchi qismlar kiradi.
Qishloq xo`jaligi ekinlarining urug`larini ekishda quyidagi: tukli chigit ekishda STX-4, SCHX-4, SXU-4, SMX-4 va tuksiz chigitlarni ekishda pnevmatik Keys1200, don ekishda SZ-3,6, SZN-3,6 va DEM – 3,6, kartoshka ekishda SN-4B, sabzavotlar urig`ini ekishda SO-4,2, SO-5,4 va SUPO-6 rusumli seyalkalardan foydalaniladi.
Tukli chigitlarni ekishda SCHX-4A, SXU-4, SMX-4 va tuksizlantirilgan chigitlarni aniq miqdorda ekishda ―Keys-1200‖ rusumli seyalkalardan foydalaniladi.
Don urug`lari hozir respublikada ikki usulda ekilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |