OVX-28 mashinasining texnik ko’rsatkichlari.
1.
|
Mashina markasi
|
OVX-28 (paxtachilikka purkagich)
|
2.
|
Mashina turi
|
o’rnatma
|
3.
|
O’rnatiladigan traktor
|
MTZ-80X, T-28X4M
|
4.
|
Ish unumi: ish tezligi
|
6,3. ..7,5 km/soat
16...20ga/soat
|
5.
|
G’o’zani defolasiya va desikasiya
|
5,3. ..6,5 km/soat 14. ..18 ga/soat
|
6.
|
Qamrov kengligi
|
25,2...28,8 m
|
7.
|
Ishlov beriladigan qatorlar soni
|
|
|
60 sm kenglikda ekilgan g’o’za qatorlari
|
40...44ta
|
|
90 sm kenglikda ekilganda
|
28...32ta
|
8.
|
Ikkita idishning umumiy hajmi
|
630 +20 l
|
9.
|
Changitgich bunkerining hajmi
|
160 dm3 dan kam emas
|
10.
|
Xizmat ko’rsatuvchilar soni
|
1 kishi (traktorchi)
|
11.
|
Aralashma( suyuqlik )sarfi
|
50...200 l/ga
|
12.
|
Quruq changsimon modda sarfi
|
Yu...60kg/ga
|
13.
|
Mashinaning og’irligi
|
800 kg gacha
|
3.1.1-rasm. OPX-28 changituvchi moslamali OVX-28 purkagichi
1-o’ng va chap idishlar kronshteynlari bilan; 2-sharnirli val; 3-suyuqlik so’rish magistrali; 4-haydash magistrali; 5-changitish moslamasi; 6-rama; 7-ventilyator; 8ish organlari; 9-tebratuvchi yuritma; 10-filtr; 11-nasos; 12 va 13- reduktorlar; 14sharnirli val; 15-mashina o’rnatiladigan traktor g’ildiraklari suyrilarining himoya to’siqlari.
Purkagichning idishlari o’zining nasosi yoki boshqa qurilmalar yordamida to’latilishi mumkin.
Agregat ishlaganda suyuqlik idishlardan so’rish shlanglari va suzgich orqali nasosga o’tadi hamda bosim shlanglari orqali mashina o’rnatilgan traktor kabinasida joylashgan rostlagichga haydaladi. Rostlagich maxovikchasini aylantirib, tizimda kerakli bosim hosil qilinadi, maxovikchani burish yo’li bilan esa suyuqlik ish organlariga uzatiladi. Nasos bilan haydalayotgan suyuqlikning bir qismi gidravlik aralashtirgich shlangi orqali idishlarga tushib, undagi suyuqlikni aralashtirib turishga imkon beradi va zaharli dorilar cho’kib qolishining oldini oladi.
Ikki rejimda ishlaydigan nasos reduktor bilan birga traktor transmissiyasi korpusining ketingi devoriga o’rnatiladi. U traktorning quvvat olish validan reduktorning birlamchi vali orqali harakatlantiladi. Birlamchi val nasosning ekssentrikli valiga vtulkaning shlisalari vositasida birlashtirilgan.
Nasos korpusiga surish va haydash klapanlari, zichlagichlar bilan jihozlangan silindrlar boltlar bilan mahkamlangan. Zichlagichlar shevron kesimli rezina manjetlar va tayanch bronza halkadan iborat. O’rta halqa namni tutib qoluvchi halka bo’lib, bu halqadan sizib o’tgan suyuqlik teshik orqali tashqariga chiqadi. Manjetlar prujina bilan sikib kuyilgan. Silindrlarning yukorigi flaneslariga havo qalpoqli haydash kollektori, pastki flaneslariga esa so’rish kollektori mahkamlangan. Moy nasosning karteriga truba orkali quyiladi. Bu trubaning qopqog’i dekompressor vazifasini ham bajaradi.
Reduktor ventilyatorni va nasosni harakatlantirish uchun xizmat qiladi.U korpus, qopqoq, ikkita shesternya, uchta val va ikkita muftadan iborat.
Yuqori bosimli markazdan qochma ventilyator suyuqlikni uzil-kesil parchalaydigan va o’simlikka yunaltiradigan havo oqimini hosil qiladi.
Ish organlarini harakatlantirish mexanizmi tuzitgichlarni harakatlantirish uchun mo’ljallangan.
Idishlar silindr shaklida bo’lib, hajmi 320 l.Ular traktorning ramasiga mahkamlangan kronshteynlarga o’rnatiladi.Ish tugagandan keyin idishlarda qolgan suyuqligi to’kish shlangi orqali maxsus ajratilgan joyga to’kiladi.
Mashinaning ramasiga ventilyator, ish organlarini harakatlantirish mexanizmi, yuritma zanjirli uzatmasining bosish roligi o’rnatiladi.
Dala to’zitgichi ventilyatorning chiqarish potrubogiga stakan vositasida birlashtirilgan havo trubasidan iborat.
Tuzitgichning suyuqlik o’tadigan qismi bo’kilgan trubadan iborat bo’lib, uning bir uchiga rezbali shtuser payvandlangan, boshqa uchiga esa to’zituvchi uchlik buralgan va qaytarish diski o’rnatilgan.Rezbali shtuserga taksimlagichning keltirish shlangi ulanadi va u tirsakning pastki qismdagi homutga mahkamlanadi.Mashinada uch xil o’lchamdagi uchlik bor. Bular bosim 3 atm. bo’lganda gektariga 50 dan 600 l gacha suyuqlik sarflanishini tabminlaydi.
Mashinaning harakat tezligi va uning ishlash kengligi malum bo’lsa bir uchlikdan bir minutda sarflanadigan suyuq dorining miqdorini quyidagi formula bo’yicha hisoblash mumkin:
Q = V1 B / 600 l/ga
bu yerda: V- mashinaning harakatlanish tezligi, km/ soat, Q- belgilangan suyuqlik sarfi, l/ga; V- mashinaning qamrash kengligi, m
Do'stlaringiz bilan baham: |