Parterda kalit usulida ag`darishni mashq qilish.
O`quv mashg`uloti olishuvlari.
Berilgan vazifalarni 10 marta bir seriya 30 sekund ichida bajarildi, (qarshiliklarsiz) kurash harakati tehnikasini takomillashtirish hususiyatlariga ko`ra, bunday seriyali bellashuvlarda kurashchilardan biri faol bo`lmagan qarshilik ko`rsatdi, navbatdagi seriyada vazifa almashib bajarildi. Yuklamalarni almashishi bilan, navbatlashuvi bir – bir juftlik harakatni 2 seriya bajargandan so`ng 2 minutgacha dam berildi. Xuddi birinchi vazifadagidek mashg`ulotlarning ikkinchi vazifasi ham 2 seriya sodir etilgandan so`ng 2 minut dam berildi. Parterda har bir juftlik 3 minutdan bellashdi va o`shancha minutdan dam olishga o`tildi.
Mashg`ulotlarni yakuniy qismi odatdagidek organizmni tiklashga doir harakatlarni o`z tarkibiga oldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |