Madaniyatshunoslik



Download 292,39 Kb.
bet36/47
Sana26.02.2022
Hajmi292,39 Kb.
#470314
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   47
Bog'liq
1-mavzu madaniyat

Din va mifologiya. Qadimgi rimliklar juda ko‘p ma’budlarga e’tiqod qilganlar, turli narsalarning, masalan, buloq, o‘rmon, daraxt, joylarning va ekinlarning ilohiy homiysi — ma’budasi mavjud deb ishonganlar. Bu ma’buda va homiylar dastlab qiyofasiz, keyinchalik etrusk va yunon dinlari ta’sirida inson qiyofasida tasvir etilgan. Ularga qurbonlik qilib turilgan (masalan, hosilni oshirishni so‘rab sigir qurbonlik silingan).
Ibtidoiy dinlarga e’tiqod qilgan kishilar chakalakzor, tog‘, maydonlarda ibodat qilganlar (shu yerlarda mehroblar ishlangan). Ibodatxonalar qurish odati rimliklarga etrusklardan o‘tgan. Mars (dastlab dala va hosil ma’budasi; keyinchalik - urush ma’budasi), Diana (yunonlarda - Artemida; ov ma’budasi), Venera (bog, hosildorlik ma’budasi, keyinchalik -Afrodita -muhabbat va go‘zallik ma’budasi), Fortuna (omad ma’budasi), Feroniya (yer ma’budasi) kabi umum-italyan xalqlarining ma’budlari deb qaralgan. Ayrim ma’budlarga ma’lum tabaqalar, ma’lum kasb egalari ko‘proq e’tiqod bilan qaraganlar. Masalan, chavandozlar Neptunga, savdogarlar Merkuriyga, qullar Dianaga ko‘proq e’tiqod qilishgan.
Ma’naviy madaniyat sohasida rimliklar yunon madaniyatining vorislari hisoblanadilar. Ko‘plab yunon ma’budlari nomlari o‘zgartirilgan. Chunonchi, Zevs - Yupiterga, Kronos-Saturnga, Paseydon-Neptunga, Germes Merkuriyga, Gefest-Vulkanga, Gera — Yunonaga, Afrodita — Veneraga, Artemida — Dianaga, Afina-Minervaga aylangan.
Rimliklarda oila homiysi ma’bud Vestaga alohida e’tibor berganlar. Vesta ibodatxonasi uchun zodagon oilalardan vestalkalarni-yosh qizlardan tanlaganlar. Ular 30 yil mobaynida ibodatxonada xizmat qilishlari kerak bo‘lgan. Vestalkalarni juda xurmat qilishgan. Agar vestalkaga jinoyatchi to‘g‘ri kelib qolsa-yu, vestalka iltimos qilsa jinoyatchining aybi kechirilgan. Vestalka o‘zaro urishayotganlar oldiga kelsa, janjalni darhol to‘xtatishgan. Ularni o‘choq-olovni saqlovchi homiylar deb hisoblashgan. Vestalkalar xizmat davrida bokiraligini saqlay olishmasa, unda ularni tiriklayin yerga ko‘mishgan.
Rimda fan va maorif katta muvaffaqiyatlarga erishgan. Ta’lim uch bosqichdan iborat edi: boshlang‘ich ta’lim, grammatika va ritorika maktabi. Imperatorlar ritorika maktabi uchun katta mablag‘ ajratganlar. Barcha ta’lim bosqichlarida o‘qish, yozish va hisoblash o‘rgatilgan. O‘rta maktablarda muallimlar yunon tili va yetti fan: grammatika, dialektika, ritorika, musiqa, arifmetika, geometriya, astronomiyani o‘rgatganlar. Bular qatorida arxitektura va tibbiyot ham o‘qitilgan. Boshlang‘ich maktabda o‘qish 7 yildan 12 yilgacha davom etgan.
Rimda keng yoyilgan oliy gumanitar maktab ritor maktabi deb atalgan. Undagi 3 bosqichli ta’lim ushbu tizimning yuqori cho‘qqisi bo‘lgan. Boshlang‘ich, o‘rta va grammatik maktabdan so‘ng. Ritor maktabida chiroyli so‘zlash san’ati, notiqlik mahoratini egallash o‘rgatilgan. Ularda notiqlik san’atidan tashqari yosh notiqlarning dunyoqarashini shakllantirishga yordam beradigan turli fanlar, xususan, ritorika, huquqshunoslik, tarix, adabiyot, falsafa o‘qitilishiga e’tibor qaratilgan. Mark Tulliy Sitseron va Mark Fabiy Kvintilianlarning «Notiqlik san’ati bo‘yicha o‘gitlar» kitobi ritor maktabini boshqarishda foydalaniladigan asosiy qo‘llanma hisoblangan. Ular ritor maktabini rivojlanishning yangi bosqichiga olib chiqdilar va Rimda bu maktablarning davlat tasarrufiga o‘tishini ta’minladilar.
Rimliklarda quyidagi ommaviy yirik bayramlar bo‘lgan:

Download 292,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish