Madaniyatshunoslik



Download 292,39 Kb.
bet34/47
Sana26.02.2022
Hajmi292,39 Kb.
#470314
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   47
Bog'liq
1-mavzu madaniyat

Praksitel quyi klassika davri namoyondasidir. Uning asarlari asosan marmardan ishlangan. Praksitel davrning badiiy talablariga javob beradigan yangi, o‘ta nozik go‘zallik namunalarini yaratdi. U Yunon haykaltaroshligida birinchi bo‘lib yalang‘och ayol obrazi "Afrodita" haykalini yaratgan. Asarlari nisbatlar jihatidan kelishgan va uyg‘un; marmarni mahorat bilan yo‘nib, tasvirni his qila olgan va uning mayin shakliga erishgan. Praksitel shakllariga nafis holat va yengillik bera oladigan tashqi tayanch nuqtalarini topa olgan: Bular "Musallas quyayotgan satir", "Erot", "Apollon Saurokton" haykallarida yorqin namoyon bo‘lgan.

1Mavsol nomidan keyinchalik mavzoley so‘zi kelib chiqqan.
133

Galikarnas-qadimda Kichik Osiyo sohilida joylashgan yunon shaharlaridan biri bo‘lib, o‘z zamonasida nihoyatda go‘zalligi bilan mashhur bo‘lgan. Oq marmardan ishlangan muhtasham qasrlar, teatrlar, shoh saroyi, bog‘lar, keng ko‘chalar shahar husniga husn qo‘shib turgan. Galikarnas dovrug‘ini olamga mashhur qilgan shoh Mavsol maqbarasini1 qurgan kishilar uni olamning yetti mo‘jizasidan biri deb ko‘klarga ko‘tarishgan.
Me’morlar to‘g‘ri to‘rtburchakli, kengligi 66 metr, uzunligi 77 metrga yaqin, balandligi 46 metrli uch bo‘linmadan iborat ajoyib maqbara yaratishdi. Birinchi bo‘linma oq marmardan baland qilib ishlangan zinali tagkursi bo‘lib, unda Mavsol va Artemisiyaning maqbarasi joylashdi. Yuqori qismi binoning to‘rt tomonini o‘rab turuvchi, marmardan ishlangan bo‘rtma shakllar bilan bezatildi. Bino yuqorisidagi ikkinchi bo‘linmaning atrofi qator ustunli sahn bo‘lib, bu yer ilohiy shoh va uning rafiqasi sharafiga qurbonlik qilish uchun mo‘ljallangan. Ustunlar serbezak piramonlar bilan yasatilgan. Binoning eng tepasiga marmardan ishlangan haykal-to‘rt ot qo‘shilgan ikki g‘ildirakli arava o‘rnatilgan.
Binoning quyi qismi atrofiga sherlar hamda otlarini yeldirib borayotgan suvoriylarning haykallari o‘rnatildi. Maqbaradagi quyi va yuqori xonalarning shiftlarini ichki tomondan o‘n beshta ustun ko‘tarib turgan.
Maqbarada shoh Mavsol va malika Artemisiya haykali yonma-yon turgan. Chunki, Artemisiya umr yo‘ldoshi xotirasini abadul-abad yod etuvchi vafodor beva sifatida o‘zini ham abadiylashtirgan. Mashhur haykaltarosh Skopas o‘z zamonasidagi haykaltaroshlik an’analariga xilof ravishda, toshdagi ko‘r ko‘zlarni ko‘ra oladigan qilib, malikaning ko‘z boqishida ayriliq dardi, iztirob, qahr va anduhni ifoda eta olgan. G‘arb varvarlari - salibchilar ushbu binoda ishlatilgan materiallarni buzib olib, o‘zlarining saroy qurilishiga ishlatishgan.
Ellinizm davri madaniyati. Makedoniya, Yunoniston, O‘rta Yer dengizining sharqiy sohillari, G‘arbiy Osiyo, Qora dengiz atrofidagi mamlakatlar tarixining Aleksandr Makedonskiy istilosidan (mil. av. 333­323) to milodning 30 yilida Misr Rim qo‘shinlari tomonidan ishg‘ol etilgan paytgacha o‘tgan davrni ellinizm davri deyiladi. "Ellinizm" atamasi ilmda dastlab nemis olimi I.G.Droyzenning 1836-1843 yillarda chop etilgan 3 jildli "Ellinizm tarixi" asarida qo‘llanilgan va ushbu atama orqali ellada xalqlarining Sharq mamlakatlaridagi hukmronligi va ular madaniyatining
Sharq xalqlari madaniyati bilan uyg‘unlashib hosil qilingan yangi madaniyat tushuniladi.
Ellinizm davrida turli xalqlarning madaniyat darajalari har xil bo‘lgan bo‘lsa-da, o‘ziga xos rivojlanish yuz bergan edi. Ellinistik mamlakatlarda tabiiy fanlar (jumladan, matematika), kemasozlik, harbiy san’at va shaharsozlik rivoj topdi. Dengiz sohillarida ko‘pgina mayoqlar qurildi, savdo yo‘llari barpo etildi, savdo kemalari ko‘proq yuk ko‘taradigan va tezroq suzadigan darajasiga yetdilar.
Taraqqiyot asosan ilm-fan borasida bo‘lib, avvalo, yunonlarning ilk bor Sharq madaniyati bilan yaqindan tanishishlari ularning ongini yana ham kengaytirib, fanning rivojiga kuchli ta’sir ko‘rsatdi. Shu davrda ijod qilgan olimlardan Evklid, Arximed-matematikani; Aristarx, Gipparx-astronomiyani, Strabon, Eratosfen -geografiyani yuksak darajaga ko‘tarib, jahon ilmining kelgusi taraqqiyotiga yo‘l ochdilar.
Olimlar, shoirlar va san’at ahlining ishlari uchun qulay sharoit tug‘dirish maqsadida Misrning dastlabki Ptolomey hoqonlari Iskandariya shahrida hozirgi fanlar akademiyasiga o‘xshash muassasa — "muzey", ya’ni muzalar koshonasi ochdilar. Yunonistonning turli yerlaridan chaqirilgan olimlar muzey darsxonalarida ma’ruzalar o‘qiydilar, labaratoriyalarda har xil tajriba ishlari o‘tkazadilar. Muzey qoshida maxsus kutubxona bo‘lgan. Mil. av. III asrning o‘rtalarida muzey qiroatxonalarida yarim millionga yaqin papirus o‘ramlari saqlangan.
Astronomiya, tibbiyot va geografiya sohalarida muhim yutuqlar qo‘lga kiritildi. Arxitektura sohasida ko‘plab hashamatli saroylar, kutubxonalar, gimnaziyalar, uy-joylar qurildi. Kemalarning Iskandariyaga xavf-xatarsiz kirishi uchun Faros orolining sharqiy tomoniga yo‘l ko‘rsatuvchi mayoq qurishga qaror qilingan edi. Mil.av. 285 yilda orol bilan qirg‘oq o‘rtasiga tuproq, shag‘al, toshlar to‘kib birlashtiriladi. Uning uzunligi 700-800 metrni tashkil qilardi. Mayoqni qurish mashhur me’mor Sostrat Knidskiyga topshirildi.
Me’mor o‘z ishiga zo‘r ishtiyoq bilan kirishib, mil. av. 280 yilda balandligi 120 metr, uch qavatli minorani qurib bitkazadi. Pastki qavati, tomonlari teng to‘g‘ri burchak shaklga ega bo‘lib, har qaysi devorining uzunligi 30,5 metrga teng edi. Birinchi qavat yirik ohaktosh plitalardan qurilib, to‘rt tomoni dunyoning to‘rt tarafiga: shimol, sharq, janub va g‘arbga qaragan. Ikkinchi qavat esa sakkiz qirrali minora bo‘lib, chiroyli marmar plitalar bilan pardozlangan. Minoraning sakkiz qirrasi asosiy shamol esadigan sakkiz tomonga qaratilgan. Fonar o‘rnatilgan uchinchi qavat yumaloq shaklda bo‘lib, eng ustki qavati gumbaz, uning ustida esa dengiz xudosi Poseydonning bronzadan juda ulkan qilib ishlangan, bo‘yi 7 metrlik haykali turardi.
Gumbaz qismida minora mash’ali yonib, nuri metall oynalarda aks etishi natijasida yanada o‘tkirlashar va dengizchilarga uzoqdan ravshan ko‘rinib turardi. Mash’al uchun yoqilg‘i pastki ikki qavat ichidagi aylanma zinapoyalardan olib chiqilardi. Zinapoyalar chiqib-tushish uchun shunday qulay ediki, yoqilg‘i hatto eshakka ortilib olib chiqilardi.
Haykaltaroshlik sohasida ellinizm davrida ba’zida yirik shakllardagi haykallar ham yaratilgan. Bronzadan haykal qo‘yish san’ati mil. av. IV asrda yashagan haykaltarosh Lisipp tomonidan yuksak cho‘qqiga ko‘tarildi. Lisipp butun Yunonistonga ovoza bo‘lgan Zevsning 20 metrli haykalini yaratishi bilan katta shuhrat qozondi.
Rodosliklar undan ham mahobatli, Zevs haykalini o‘z soyasida qoldiradigan ulkan Gelios haykalini yaratishdek nihoyatda mas’uliyatli va ulug‘ ishni eng tajribali — oroldagi Lind shahrining fuqarosi, buyuk haykaltarosh Lisippning iqtidorli shogirdi Xoresga topshirishgan.
Haykaltarosh Xores Geliosni chiroyli ko‘rinishda, nur taratuvchi toj kiygan holda, baland marmar taglik ustiga bir oz orqaga moyil turgan tarzda, o‘ng qo‘lini peshonasiga qo‘yib, uzoq-uzoqlarga tikilgan va yergacha tushib turgan yopinchiqni chap qo‘li bilan ushlab turgan vaziyatda tasvirlagan.
Nima uchun o‘ng qo‘li peshonaga tekkizib qo‘yilgan, degan savol tug‘ilishi mumkin. Agar Gelios qo‘lini oldinga cho‘zib yoki yuqoriga ko‘tarib turganida, vaziyat tantanavorlik kasb etmasmidi? Gap shundaki, haykaltarosh Geliosga shu vaziyatni tanlashdan oldin, haykalning og‘irligini hisobga olgan, albatta. Agar qo‘lini oldinga cho‘zdirganida edi, u o‘z og‘irligini ko‘tara olmay tushib ketardi. Shuningdek, yopinchiq haykalning orqa tomonidan yerga tegib turishi, avvalo unga salobat baxsh etishdan tashqari, eng muhimi, tirgovichlik vazifasini o‘tab, haykalning mustahkam turishini ta’minlagan.
Vizantiyalik Falonning "Etti mo‘jiza haqida" degan kitobida qimmatli ma’lumotlar berilgan. Unda, haykalni texnikadan xabardor odam yaratgan, degan fikri juda muhimdir. Rodos orolidagi haykalga 13 tonnaga yaqin bronza va 7-8 tonna temir sarflangani yozilgan. Qolaversa, haykal sirtidagi bronza taxtaning qalinligi 1,5 millimetrga teng. Shunday ekan, haykal quyma emas, balki qoplama bo‘lganligi aniq.
Bronzadan yasalgan 36 metrli ulkan Kolos-Rodosskiy orolidagi Gelios haykali 56 yilgina savlat to‘kib turgan, xolos. Mil. av. 220 yili yuz bergan dahshatli zilzila Rodos orolini vayron qildi. Binolar yer bilan yakson bo‘ldi. Ammo hammasidan ham Kolossning zavoli rodosliklar uchun cheksiz musibat keltirdi. Mil. av. I asr oxirlarida yashagan yunon geografi Strabon: "Zilziladan qulagan haykal ikki tizzasidan sinib, yerda yotibdi", — deb yozgan edi.
Qadimgi Yunoniston madaniyati jahon madaniyatiga katta ta’sirini o‘tkazdi va hozirgacha o‘z ahamiyatini yo‘qotmay kelmoqda. Yunon madaniyatisiz hozirgi Yevropa madaniyatini tasavvur qilib bo‘lmaydi. Shuningdek Sharq dunyosi ham ellinizm madaniyatisiz boshqacharoq ko‘rinishiga ega bo‘lgan bo‘lardi.

Download 292,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish