Madaniyatshunoslik



Download 292,39 Kb.
bet33/47
Sana26.02.2022
Hajmi292,39 Kb.
#470314
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   47
Bog'liq
1-mavzu madaniyat

Aristofan (mil. av. 445-385) — yunon shoiri, «komediya otasi».
Aristofan nazari davrning dolzarb muammolariga qaratilgan bo‘lib, ijodida yorqin namoyon bo‘ladi va o‘sha davr dehqonlar ommasi manfaatlarini ifodalaydi. U shahar aholisi past tabaqasini o‘ziga rom etgan radikallar aqidasiga («Chavandozlar»), sofistlarning individual falsafasiga («Bulut») ishonchsizlik bilan qaradi. U har ikkalasida ham Afina demokratiyasining inqirozi alomatlarini ko‘ra oldi. Aristofan komediyalarida muhim voqealarga munosabat, harbiy siyosatga qarshi kayfiyat yaqqol seziladi («Lisistrata»), hayotiy shaxslarni kamsitish («Bulut»da — Sukrotni), fantastik vaziyatlar («Axariyanlar», «Qushlar») ham Aristofan ijodiga mavzu bo‘lgan.
Arxitektura va shahar qurilishi bo‘yicha miletlik Gippodam tomonidan shaharlarning rejalashtirish konsepsiyasi ishlab chiqilgan bo‘lib, unga ko‘ra shahar jamoa markazi, yashash uchun uy-joy hamda ishlab chiqarish va port zonalaridan iborat bo‘lishi kerak edi. Monumental qurilishning asosiy turi ibodatxonalar bo‘lgan. Arxitektorlar-Gektin va Kalikratlar tomonidan qurilgan Afina Akropoli jahon arxitekturasining noyob namunalaridan biri hisoblanib, unda 46 ta ustun va haykallar bo‘lgan.
Mil. av. VII-VI asrlarda yunon me’morlari san’at durdonasi bo‘lgan bir qancha ibodatxonalar bunyod etishgan. Shular ichida eng salobatlisi va muhtashami, Efes shahrida ma’buda Artemida uchun bunyod etilgan ibodatxona edi.Me’mor Xersifron efesliklarga ko‘sh ustunli ulkan ibodatxona qurishni taklif qiladi. Lekin qanday qurilish materiallaridan foydalanish kerak, degan masala ko‘ndalang bo‘lib turganida, banogoh shahar yaqinidan oq marmar koni topilib qoladi.Naql qilishlaricha, qurilish 120 yil davom etgan ekan. Ibodatxona bejamdor ustunlar, ma’budlarning tasviri, odam bo‘yi baravaridagi bo‘rtma naqshlar, sof oltindan ishlangan sigir haykali bilan bezatilgan.
Marmardan yaratilgan bu san’at koshonasini dunyoning yetti iqlimidan kelib tomosha qiluvchilarning keti uzilmaydi. Biroq, savlat to‘kib turgan bu ibodatxonaning kuli ko‘kka sovuriladi. Bu mudhish voqea mil. av. 356 yilda ro‘y beradi. Ya’ni, efeslik Gerostrat degan bir kimsa tarixda nomim qolsin deb yuz yil mobaynida olamni hayratda qoldirgan bu mo‘jizaga o‘t qo‘yadi.Ibodatxona yong‘indan qattiq zarar ko‘rgan bo‘lishiga qaramay, efesliklar uni qayta tiklashga ahd qilib, bor-yo‘q boyliklarini muqaddas ibodatxonani tiklashga in’om etishadi.
Mil. av. 333 yilda Osiyoga yurish boshlagan Iskandar Zulqarnayn qo‘shinlari Efesga yaqinlashib qolganida shaharliklar ibodatxonani tiklash bilan band edilar. Aholi jahongirni shodu-hurramlik bilan kutib oladi. Bundan nihoyatda xursand bo‘lgan Iskandar ibodatxona qurilishi bilan bog‘liq barcha harajatlarni o‘z zimmasiga olishni va’da qiladi. Biroq ibodatxona makedoniyalik shohning madadisiz qayta quriladi. Keyingi qiyofasida u yanada ulug‘vor, yanada salobatli ko‘rinardi. Zotan, endilikda ibodatxona juda katta maydonni (bo‘yi 110, eni 55 metr) egallardi, zinapoyalari ham oldingiga nisbatan ko‘proq edi.Bu ziyoratgoh koshona qurib bitkazilgach, o‘z zamonasining mashhur rassomlari-yu-haykaltaroshlari Praksitel va Skopaslar rahbarligida ishlangan 127 ta ustunlar ajoyib haykallar va rasmlar bilan bezatilgan.
Olimpiya o‘yinlarining boshlanganiga 300 yil bo‘lganiga qaramay, o‘sha vaqtlarda Yunonistonda Zevsga bag‘ishlangan birorta ibodatxona yoki haykal bo‘lmagan. Mil. av. 470 yilda Zevsga bag‘ishlangan ibodatxona va qadimgi dunyoning yetti mo‘jizasidan biri, deb nom olgan uning mahobatli haykali yaratilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, obida marmardan qurilgan. Pastki qismi chig‘anoqtoshdan yasalgan, balandligi 10,5 metr, diametri 2 metrdan oshadigan 34 ta ulkan ustunlar uni o‘rab turgan. Ibodatxona sahnining o‘lchami 64x27 metr, asosidan tepasigacha balandligi 20 metrdan oshgan. Binoning tashqi devorlariga Geraklning 12 g‘alabasi o‘yib aks ettirilgan toshtaxtalar o‘rnatilgan. Balandligi 10 metrdan oshgan bronza eshiklar ochilishi bilan ibodatxonaning ichkarisidagi bor go‘zallik namoyon bo‘lgan.
Ibodatxona qurilishi tutgandan so‘ng olimpliklar shaharda Zevsning haykalini bunyod etishga qaror qilishgan. Inshootni bunyod etish uchun Afinadan o‘sha vaqtlardagi eng mashhur haykaltarosh Fidiy taklif etilgan.
Fidiy Zevsning ulkan taxtda o‘tirgan yog‘och haykalini yaratgan. Zevsning tanasini yasash uchun ishlatilgan fil suyagi, qimmatbaho toshlar, shu jumladan 200 kilogramm sof oltin sarflangan. Oltin asosan, Zevs tanasining bir qismini yopib turgan yopqich, uning chap qo‘lida ushlab turgan saltanat hassasi va burgut, o‘ng qo‘lidagi g‘alaba ma’budasi Nikaning haykali hamda ma’bud boshiga kiygan zaytun novdalaridan qilingan gulchambarni yasash uchun ishlatilgan.
Zevs taxti ulkan bo‘lib, o‘tiradigan joyining tomonlari 6 metr, o‘rindiq sifatida ishlatilgan tosh-taxtaning qalinligi 1 metr bo‘lgan. Ma’budning oyoqlari ikkita sher ko‘tarib turgan taglikda turgan. Taxtda o‘tirgan Zevs haykalining umumiy balandligi 17 metr bo‘lgan. Ma’bud ko‘zlarining kattaligi odam mushtidan yirikroqligi mazkur inshootning naqadar ulkan bo‘lganidan dalolat beradi. Olimpda yaratilgan Zevs haykali qadimgi dunyoning yetti mo‘jizasidan biri hisoblangan.

Download 292,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish