Madaniyatshunoslik



Download 292,39 Kb.
bet38/47
Sana26.02.2022
Hajmi292,39 Kb.
#470314
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   47
Bog'liq
1-mavzu madaniyat

Mark Tulliy Sitseron (mil. av. 106-43) — Rim siyosiy arbobi, notiq, yozuvchi. Rimda tahsil olib, notiqlik san’atini egallaydi. Elchilik davrida Katilina fitnasini fosh etgani uchun "fuqarolik chambari" bilan taqdirlanadi va Rim fuqarolari orasida birinchi bo‘lib, "Yurt otasi" unvoniga sazovor bo‘ldi. Ammo rimlik fitnachilarni sudsiz qatl etgani sababli mil. av. 58 yilda quvg‘inga uchrab, xorijda yashashga majbur bo‘lgan. Sezar o‘ldirilgach (mil. av. 44 yil), Antoniy buyrug‘i bilan qatl etilgunga qadar Rimning amaldagi hukmdori sanalgan.
Sitseron siyosat, falsafa va adabiyotda "o‘rta oqim" hisoblangan barqarorlik va vazminlik aqidalariga sodiq bo‘lgan. "Aralash davlat tuzilmasi" (monarxiya, aristokratiya va demokratiyaning qo‘shilishidan paydo bo‘lgan hokimiyat) Sitseronning siyosiy ideali bo‘lib, mil. av. II asr boshidagi Rim respublikasini buning namunasi deb hisoblagan.
Sitseronning 58 ta nutqi, 19 ta asari va 800 dan ziyod maktublari saqlanib qolgan. Uning asarlari Rimdagi fuqarolar urushi davri to‘g‘risidagi ma’lumotlar manbasi hisoblanadi. Sitseron jahon tarixida notiqlik san’atining mukammal egallagan kishi sifatida shuxrat qozongan. Sitseron o‘z asarlari ("Yaxshilik va yomonlikning cheagaralari to‘grisida", "Davlat to‘grisida", "Qonunlar to‘grisida", "Majburiyatlar to‘grisida") hamda nutqlari bilan Rim mumtoz nasri va adabiy tiliga tamal toshini qo‘ygan.
U baxtning birdan-bir manbai sifatida oliy ezgulik, oliy fazilat xususidagi, axloqiy burch va shaxsiy foyda ziddiyati haqidagi masalalarga e’tibor berib, amaliy tavsiyalar bergan. Kamolotga erishish uchun to‘rt fazilat -donishmandlik, adolat, mardlik, mo‘tadillik zarur, deb uqtirgan.
Rim arxitekturasi, tasviriy va amaliy-bezak san’ati antik badiiy madaniyatning so‘nggi, yakunlovchi davri hisoblanadi. Rimda issiq va sovuq suvi bor hammomlar, gimnastika zallari, dam olish xonalari qurilgan. Imperiya davrida Rim shaharlari rejasi ancha yaxshilanadi, chiroyli maydonlarga, yashash uchun qulay bo‘lgan uylarga alohida e’tibor berildi. Neron hukmronligi davrida Rim shahrida yong‘in yuz bergan va 14 ta tumandan 10 tasi yonib tugagan. Bu tumanlarda uylar asosan yog‘ochdan qurilgan. Yo‘llari esa juda tor bo‘lgan. Yong‘indan keyin imperator shaharni yangi reja bo‘yicha ko‘chalarni keng, uylarni, imperator saroyini toshdan qurishga farmon bergan.
Imperiya davridagi shaharlarning farqli xususiyatlaridan biri — kommunikatsiya vositalari^tosh ko‘prik, vodoprovodlar, kanalizatsiya)ning borligi edi. Milodiy I asrga kelib Rimda 11 ta vodoprovod, 600 ga yaqin fontan bo‘lib, vodoprovodlardan ikkitasi hozirgacha ishlaydi.
Rimda arxitektura, haykaltaroshlik va rassomlik san’atida realizm kuchaydi, ularda Yunoniston san’atidagidek afsona (mif)lar emas, tarixiy shaxslar, voqealar ko‘proq aks ettirildi. Rim san’atining qadimgi davrida Etruriya san’atining ta’siri kuchli bo‘ldi. Puni urushlari va oxirgi respublika davri (mil. av. asrlar) san’atida Buyuk Yunoniston (Janubiy Italiya) va rimliklar istilo qilgan sharqiy yunon shaharlari san’ati bilan uyg‘unlikda rivoj topdi. Binolar ulug‘vor qurildi, turar joylar tabiatga yaqinlashtirilib, barpo qilina boshlandi (ayniqsa, shahardan tashqaridagi villalar), mil. av. II asrdan boshlab beton kashf qilib, undan unumli foydalanildi, bu binolarni arzon va tez qurishga, shakllari turli-tuman bo‘lishiga imkon berdi. Mil. av. II-I asrlarda tomoshaxonalar, teatr binolari takomillashtirildi, tomoshabinlar o‘tiradigan joylar galereya, zinapoyalar bilan sahnadan, tomosha ko‘rsatiladigan maydondan ajratildi.
Tasviriy san’atda mil. av. III-I asrlarda portret, haykal rivoj topdi, shaharlar rasmiy kishilar va qahramonlarning haykallari bilan bezatildi. Respublika davrida tarixiy mavzularda releflar ko‘p ishlandi, monumental bezak rassomligi, mozaika, qimmatbaho toshlarni badiiy ishlash san’ati yuksaldi. Qadimgi Rim me’morligining yuksak ravnaqi imperiya gullab-yashnagan davrga to‘g‘ri keladi. Binolarning monumentalligiga (arkalar, toqli, gumbazli binolar) ahamiyat berildi, imoratlar haykaltaroshlik, rassomlik san’ati asarlari bilan jozibadorlashtirildi. Arxitektura imperator shaxsiyatini ulug‘lashga va imperiya qudratini ko‘z-ko‘z qilishga xizmat qildi.
Ulkan gumbazli Panteon kabi ulug‘vor binolar, yirik amfiteatrlar bunyod etildi. Imperatorlardan Troyan davrida haykallarda qahramonlik ko‘proq ifodalangan bo‘lsa, Adrian va Antoniy hukmronligi yillarida obrazlarda psixologik teranlik ko‘zga tashlandi. Bezak rassomligida yengil naqshlar, kichik syujetli rasmlar ishlashga ko‘proq ahamiyat berildi (63 yilgacha), keyin murakkab arxitektura kompozitsiyalari ko‘proq aks ettirildi. II asrdan oq-qora tosh mozaikadan keng foydalanildi.
Imperiya davrida amaliy bezak san’atida metallni badiiy ishlash, qizil sirli sopol idish va buyumlar, shisha buyumlar tayyorlash avj oldi. Imperiya tushkunlikka uchragan davr (III-IV asrlar)da viloyatlarda yangi forumlar, yirik ibodatxonalar ko‘plab qurildi. Haykaltaroshlikda shartlilik keng o‘rin ola boshladi. III-IVasrlarda miniatyura (yupqa zar qogozga ishlab 2 qavat shisha orasiga o‘rnatiladigan) portretlar ishlash, xristian afsonalari aks ettirilgan syujetli releflar bilan bezatilgan marmar sarkofaglar tayyorlash san’ati rivoj topdi.
Antik davrga oid Rim me’morligining noyob numanalari sifatida Panteon (yunon ibodatxona)ni ko‘rsatish mumkin. Panteon yarim doira shaklidagi qirrador gumbazli (diametri 43 metrdan oshik) inshoot. Markazida inter’erni yoritib turuvchi tuynuk bor (diametri 9 metrga yakin). Ichki gumbazi hovuzaklarga (kataksimon shaklda) bo‘lingan. Kirish tomoni peshtoqli, 16 ta korinf ustunlari (8 tasi peshtoq oldida, kolganlari ichkarirokda) bezab turadi.

Download 292,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish