79
ilg‘or dunyoqara-shi cherkovni g‘azablantiradi.
Papa tarafdorlari Danteni
«Gunohga bot-gan, dahriy Ibn Rushd» g‘oyalarni targ‘ib etishda ayblaydilar.
Dante qa-chonlardir butun insoniyat boshini qovushtiradigan adolatli davlat qaror
topishiga ishonadi. Bu ezgu orzusida shoir Ibn Rushdning quyidagi fikr-lariga
asoslanadi: Inson o‘z imkoniy aqli orqali atrof-muhitni bo‘lib ola-di. Biroq bir
odam har qancha donishmand bo‘lmasin, mutlaq bilimlar jamuljamini egallashga
qodir emas, balki aqliy borliqning muayyan bir qis-minigina egallashi mumkin.
Binobarin, odamlar soni ko‘paygan sari bilish doiralari ham kengayadi, ammo bir
davr odamlari, ular nechog‘li ulkan
guruhni tashkil etmasinlar, haqiqatni to‘la
anglab yetmaydilar. Butun in-soniyat bilimi esa mutlaq haqiqat tomon uzluksiz
tutashib boradi. Bu – kishilik nasli kabi, o‘lmas va tuganmas imkondir.
Demakki, birlashgan saltanatga insoniyatning aql-zakovati ham jam-lanib,
tajassum topadi; hikmat-haqiqat dunyoni idora etadi. Qirg‘inbarot urushlar barham
topadi, kishilik hadik-qo‘rquv, muhtojlik changalidan chiqib, baxtiyor yashaydi,
deydi Dante.
14
Gumanizm va umuman, Renessans madaniyati asoschisi italiyalik
shoir Franchesko Petrarka
(1304-1374) edi. U birinchi bo‘lib antik davr madaniyatiga,
Gomer va Vergiliylar ijodiga qaytish to‘g‘risida gapiradi. Petrarka xristianlikni rad
etmaydi, ammo uning ta’limotida din o‘zgacha, insonparvar yo‘nalish kasb etgan.
Shoir sxolastikaga, uning inson muammosiga nis-batan befarqligiga qarshi chiqadi.
Petrarka she’riyat,
ritorika, adabi-yot, etika, estetikaning inson axloqiy va ruhiy
kamolotida tutgan o‘rni-ni, ahamiyatini ta’kidlab, ushbu sohalar rivoji madaniyat
yuksalishini ta’minlaydi, deb hisoblaydi. Shoir antik davr madaniyati va ma’rifati
o‘tib ketgan oltin asr, yo‘qotilgan jamiyat deb hisoblab, ushbu merosni
zamondoshlariga aniq va tushunarli holda yetkazishga harakat qiladi. U avvalo,
insonning ichki, axloqiy muammolariga e’tiborini qaratadi. Bu narsa uyg‘onish
davri individualizmining muhim belgisi edi. «Mening sirim»
nomli asarida
Petrarka insonning eng chuqur ichki ziddiyatlari va ularni bartaraf etish yo‘llarini
ko‘rsatadi. Fransuz Uyg‘onishning yorqin namoyandasi gumanist-yozuvchi,
monax, botanik va shifokor Fransua Rable
(1494-1553) edi. Uning aso-siy merosi
«Gorgantyua va Pantragryuel» nomli satirik sarguzasht, fan-tastik romandir.
Ma’lum darajada utopik g‘oyalarni o‘zida mujassam-lashtirgan bu roman tarbiya,
urush va monastir hayoti mavzusiga ba-g‘ishlangan bo‘lib, unda Rablening
jamiyat, uni rivojlantirish, inson hu-quqlari, jamiyatdagi ayollarning o‘rni, kishilar
o‘rtasidagi o‘zaro muno-sabatlarga doir qarashlari aks ettirilgan. Gumanizmning
yana bir yorqin namoyandasi fransuz faylasufi Mishel Monten (1533-1592) edi. U
o‘zining «Tajribalar» asarida sxolas-tikani tanqid qilib, insonni eng buyuk qadriyat
deb e’lon qiladi. Monten inson shaxsining mustaqilligi va erkinligi g‘oyasini ilgari
suradi. Uning ta’limoti individualizm, riyokorlik ruhidagi qarashlarga qarshi
yo‘nalti-rilgan.
U insonning mustaqil, erkin tafakkurini bo‘g‘uvchi loqaydlik, ri-
yokorlik, taqlid qilishni qoralaydi. Xudoga nisbatan u skeptik munosa-batda
bo‘ladi. Shuning uchun uning inson faoliyatiga hech qanday aloqa-si yo‘q xudo
qandaydir shaxssiz mohiyatdir. Montenning din erkinligi haqi-dagi fikri taraqqiyparvar
ahamiyatga ega. Uningcha, bironta din boshqa dinlar ustidan ustunlikka ega emas.
14
N. Komilov. Tafakkur karvonlari. –T., 1996, 74-75-bet.
80
Montenning gumanizmi ham naturalistik ruhda: inson tabiatning bir qismi,
shuning uchun o‘z hayotida ona-tabiat nimani o‘rgatsa, shunga amal qilish kerak
bo‘ladi. Falsafa murabbiylik vazifasini bajaradi. U odam-larni to‘g‘ri, tabiiy va
olijanob hayotga yo‘naltirishi kerak. Montenning g‘oyalari falsafaning Yevropadagi
kelgusi rivojiga,
xusu-san, Bekon, Dekart, Gassendi ta’limotiga, fransuz
ma’rifatparvarlaridan Volter, Lanetrilar ta’limotining shakllanishiga sezilarli ta’sir
ko‘rsatdi
15
. Ingliz yozuvchisi va siyosatchisi Tomas Mor (1519-1577), italiyalik
faylasuf va shoir Tomazo Kamponellalarning «Utopiya», «Quyosh shah-ri»
asarlarida ham gumanistik utopik sotsializm konsepsiyalari aks ettirilgan.
Gumanizmdan farqli ravishda (inson ikkinchi Xudo) reformatsiya, insonning
azaliy gunohkorligi haqidagi g‘oyani saqlab qoladi. Italiyada reformatorlik harakati
yetakchisi Djon Sovnarola (1452-1498) edi. U cherkov tomonidan ta’qib qilinib,
gulxanda yoqib o‘ldirildi. Reformatorlikning asosiy namoyandalari nemis ruhoniysi
Martin Lyuter
Do'stlaringiz bilan baham: