«Madonna Alba», «Kursi-
dagi Madonna», «Madonna difol», va nihoyat 1513-1514-yillari
«
Sikstin
madonnasi»ini yaratdi. Rafael chizgan rasmlarning eng mashhuri «Sikstin madonnasi»
Italiyaning kichikroq shaharlaridan biridagi Avliyo Sikstin monastiri uchun
chizilgandi. Bu buyuk asar insonga g‘oyat kuchli muhabbat ruhi bilan sug‘orilgan.
Rassom unda odamlarning baxt saodati uchun o‘zining eng aziz va sevimli
farzandini bag‘riga bosib, ulug‘lik va oddiylik bilan odamlar oldiga yurib
kelayotgan onani tasvirlaydi. «In-jil»dan olingan bu sahna tasviri hozirgi kunda
Germaniyaning Drezden shahri rasmlar galereyasida saqlanmoqda.
Rimdagi avliyo Pyotr soborini loyihalashtirish va uning qurilishida ishtirok
etishi, Santa Mariya Papasi cherkovini bezashda faollik ko‘rsat-ganiga
qaramasdan, Rafael tasviriy san’atda shuhrat qozondi. Leonardodan farqli ravishda,
Rafael o‘z davri ijodkori edi. Uning asar-larida jumboqli, g‘ayritabiiy xususiyatlar yo‘q.
Hamma narsa aniq, yorqin, go‘zal va barkamol. U go‘zal qahramonning ajoyib
timsolini yaratadi. Rassomchilikda hayotiylik, hayotni to‘g‘ri, haqqoniy tasvirlash
tamoyili kuchli. Shu boisdan ham, uning «Madonna Konestibile» asarida ilohiy-
lashtirilmagan, oddiy ayol, go‘dak tomonidan varaqlanayotgan kitobga nigoh
tashlagan holda tasvirlangan.
4. Tabiiy bilimlar va texnik taraqqiyot. N.Kopernik, D.Bruno, G.Galiley
XVI-XVII asrlarda tabiatshunoslik fanlarining keskin yuksalishi bosh-landi. Ishlab
chiqarish, jumladan, texnikaning o‘sishi ilmiy taraqqiyotga keng yo‘l ochdi. Tabiatdagi
voqea-hodisalarning amaliy tomonlarini tadqiq qilish yo‘lga qo‘yildi.
Fizika fanining mexanika sohasi tez sur’atlarda rivojlandi. Bunga sa-bab,
san’atning ba’zi sohalarida oddiy mexanizmlardan foydalanila boshla-ganligi, qurilish
texnikasining takomillashuvi, chuqur shaxtalarning paydo bo‘lishi, artelleriyaning
yildan yilga kengroq qo‘llanilishidir. XVI-XVII asrlarda hunarmandchilik
texnikasining rivojlanishi natijasida ko‘plab asbob-uskunalar ixtiro qilindi.
Jumladan, mikroskop va teleskop, termo-metr, simobli barometr, gidrometrlar
kashf qilindi.
Fandagi burilish, eng avvalo, astronomiya sohasida ro‘y berdi. XVI asrga
qadar G‘arbiy Yevropada, shuningdek, Sharq mamlakatlarida ham antik davrda
yaratilgan geotsentrik g‘oya hukmron edi (Beruniy kabi allomalar qarashlari
bundan mustasno). Unga ko‘ra koinot markazida doira shaklida harakatsiz Yer
turadi. Yerning atrofida ma’lum masofada Oy, Quyosh va boshqa sayyoralar,
83
yulduzli osmon aylanib turadi. Bu g‘oyaning asosi Aristotel, Gipparx va Ptolemey
davrida ishlab chiqilgan edi. Allomalar orasida koinot tuzilishi haqidagi yangi
geliotsentrik ta’limotni yaratgan ulug‘ polyak olimi Nikolay Kopernik
faxrli,
muhim o‘rin tutadi. Kopernik eng oddiy asboblar yordamida osmon jismlarini 30
yildan ko‘proq kuzatdi. Murakkab hisoblar yordamida olim Yerning Quyosh
atrofida hamda o‘z o‘qi atrofida aylanib turishini aniqladi. Yangi ta’limot tufayli
cherkov tomonidan ta’qib qilinishini oldindan sez-gan Kopernik o‘z kashfiyotini
uzoq vaqt sir tutdi. Shu sababli olimning
«
Kul ustida ziyofat», «Koinot va dunyoning
cheksizligi haqida», «Pegas siri», «Osmon jismlarining aylanishi haqida» va boshqa
asarlar uning o‘limidan sal avvalroq nashr qilindi. Kopernik kashfiyoti fanda katta
o‘zgarish yasadi. Bu kashfiyot xris-tian cherkovining obro‘ va ta’siriga katta putur
yetkazdi. Kopernik g‘oyasining davomchilari katolik cherkovi tomonidan quv-g‘un
qilina boshlandi. Xristian cherkovi tazyiqining birinchi qurboni Jordano Bruno
bo‘ldi (1548-1600). U Kopernik ta’limotini rivojlantirib: «Koinotning chegarasi
yo‘q. Olam beqiyos katta va cheksizdir», de-gan edi. Uning fikricha, Yer ham,
quyosh ham koinotning markazi emas. «Olam son-sanoqsiz yulduzlardan iborat
bo‘lib, ularning har biri bizdan uzoqda turgan quyoshdir. Mana shu quyoshning har
qaysi atrofida o‘zi-ning aylanib turgan yo‘ldoshlari bor». Jordano Brunoning
fikrlari hozirgi kunda fanda to‘liq tasdiqlandi. Cherkovning doimiy tazyiqi olimning
16 yil davomida Fransiya, Germaniya, Chexiyada safarda yurishga majbur qildi, o‘z
vatanini sog‘inib, Ita-liyaga qaytgan olimni cherkov namoyandalari ushlab, o‘z
g‘oyalaridan qaytishga undadi. Sakkiz yil qamoqdan so‘ng Jordano Bruno
gulxanda yondirildi. 1600-yil 17-fevralda Rimda uning haykali o‘rnatilgan. Hay-
kalga “U hamma xalqlar uchun fikr erkinligini talab qiladi va shu talabi uchun qatl
etildi”, deb yozib qo‘yilgan.
Katolik cherkovi mashhur astronom va fizik Galileyni (1564-1642) ham butun
hayoti davomida ta’qib qildi. Olim o‘zi kashf qilgan oddiy, 30 marta kattalashtirib
ko‘rsatadigan birinchi truba teleskop yordamida ko‘plab yulduzlarni, oy ustidagi
toqqa o‘xshash jismlarni, Yupiterning 4 ta yo‘ldoshini, Veneraning fazalarini,
Quyosh dog‘larini kashf qildi. Galiley o‘z asarlarida N.Kopernik va J.Bruno
kashfiyotlarini to‘liq tasdiqladi. Rim papasi 70 yoshli olimni inkvizitsiya sudiga
berdi. Sud Galileyni o‘z g‘oyalaridan voz kechishga majbur qildi. U umrining oxi-
riga qadar cherkov nazoratida ishladi.Rim papasi Ioann Pavel II tomonidan 1979-
1980-yillari Galileyni sud qilgan inkvizitsiya sudi hujjatlari qayta ko‘rib chiqildi va
olim gunohsiz deb topildi. Katolik cherkovi o‘zining ko‘p sonli «xatolari»dan birini tan
olishi uchun uch asrdan ko‘proq vaqt kerak bo‘ldi.
Shunday qilib, XVI-XVII asrlarda ilmiy bilimlarning rivojlanishi Yevropada
sanoat va savdoni yuksalishiga imkon berdi.
Yupiter planetasi atrofida yo‘ldoshlar va hatto Quyoshdagi dog‘lar borligini
kashf etdi. Papa Galileyni Rimga cherkov sudiga chaqirdi. 70 yashar Galiley inki-
vizitsiya oldida hozir bo‘ldi. 5 oy so‘roq qilindi, uni o‘z qarashlaridan voz kechishga,
tavba qilishga majbur etdi (Yerning aylanishiga ishonmayman, lekin har holda
aylanadi). U inkivizitsiya qo‘lida asir bo‘lib qoldi.
84
Demak, diniy jaholatga qarshi bosh ko‘tardi, uning changalidan qutildi.
Dunyoni o‘rganish va tushuntirib berish uchun fan oldida keng imkoniyatlar
tug‘ildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |