Matematika o’qitishda matematik simvollar, ulardan foydalanishni o’rgatish muammolari
Rahimov Komil, Ramazonova Sohibjamol, Qurbonova Nigina
MO’M - 303
Bizga ma’lumki, belgilar va simvollardan hayotimizda keng foydalanamiz. Bunday belgilarning sanog’I ham yo‘q. Quyida eng keng tarqalgan matematik belgilarni keltirib o’tamiz.
Matematik simvollardan foydalanib baliqni hosil qildik
Matematik belgilar tarixi
(+ -) (qo`shish va ayirish). “Plyus” va “Minus” atamalari Fibonachining 1202-yilda yozgan “Ziber abasi” nomli asarida uchraydi.
Musbat” va “Manfiy” atamalarini birinchi bo`lib Ali Qushchi “Hisob risolasi” (Kitobul Muhamadiya) nomli asari orqali 1425-yilda fanga kiritilgan.
Birinchi “qo`shish” va “ayirish” belgilarining yaratilishi Iogann Vidman kitobidan olingan. Qo`shish va ayirish belgilari “kosist” ya`ni “algebraistlar” nemis matematik maktablarida dastlab qo`llanilgan.
Bu belgilar 1489-yilda yarayilgan Yann (Iogann) Vidmanning “Barcha savdogarlar uchun tez va chiroyli hisob” nomli darsligida ishlatilgan qo’shishga ifodalash uchun “p” harfi (plus) yoki lotincha et simvoli orqali, ayirish esa –“m” harfi (minus) orqali ifodalangan.
Ko’paytirish
Ko’paytirish va bo’lish arifmetik amallari uchun matematik belgilar bugungi kunda to'liq standartlashtirilmagan.
Ko'paytirish uchun mashhur belgi 1691-yilda angliyalik matematik Uilyam Otred tomonidan taklif qilingan diagonal xoch bo'lib, uni kalkulyatorlarda ko'rish mumkin. Undan oldin M harfi ishlatilgan.
Nemis astronomi va matematigi Regiomontan (taxallusi Iogann Myuller) (1436-1476) matematika bo`yicha birinchi kitob nashri hisoblanadi, u ko`paytirish belgisi sifatida (∙) nuqtadan foydalandi.
Bundan tashqari turli xil belgilar ham taklif etilgan edi:
to’g’ri [] burchak simvoli Erigon (1634)tomonidan
* yulduzcha Iogann Ran (1659) tomonidan
* yulduzcha nemis matematigi Leybnitsning 1698-yilda yozgan asarida uchraydi. U krest belgisini x harfi bilan adashtirmasliklari uchun nuqta bilan almashtirdi.
XV asrda Regiomonton va ingliz olimi Tomos Xerriotning (1560-1621) asarida yulduzcha qilib belgilagan.
Nemis matematigi Yan Vidmanning Leyitsigda 1489-yilda bosmadan chiqqan asarida ilk marta bosmada ko`paytirish jadvali chop etildi.
1525-yilda K.Rudoef kub ildizni ▼▼▼ko`rinishida belgilagan.
Kubik (uchinchi darajali) ildiz XVI asrda quyidagi ko`rinishda ifodalangan:
Rₓ.U.CU (lotinchada radix universalis cubica).
Bizga ma`lum bo`lgan odatiy har qanday darajali ildizlarni Albert Jirar (1629) ishlata boshlagan. Bu format Nyuton va Leybnits sharofati bilan saqlanib qolgan.