Madaniyat instituti vahobjon rustamov ssenariynavislik mahorati



Download 4,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/146
Sana02.02.2022
Hajmi4,74 Mb.
#425978
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   146
yuboradi, otayiqilib tushadi vayuragi xuruj qilib о ‘ladi).
Ona: Nimalar qilib qo‘yding, otangni o’ldirib qo‘yding-ku, nomard!
0 ‘g‘il: Oyi, menga mashinani kalitini bering, men ketay!
Ona: Qayoqqa ketasan, nonko’r!.. Otangni o‘ldirib qo‘yding... 
(Eriga qarab)
ko’zingni oching... Meni kechiring
....(O'g'liga qarab)
Yo‘qol, bu yerdan...
0 ‘g‘il: Menga pul kerak! Pul kerak! Bering kalitni, deyapman!
Xuddi shu payt militsiya xodimlari kirib kelishadi va o ‘g ‘ilni
qo Iga olishadi.
Militsiya xodimi: O’g ’lingiz odam o’ldirishda gumon qilinadi, 
jinoyat kodeksini tegishli moddalariga ko’ra hibsga olishga majburmiz.
(Yolg‘iz qolgan ona hech narsa deyolmay, sahnada qotib qoladi).
Mazkur mavzuni g‘oyaviy talqini haqida gap borganda, mual- 
lif asaming ta’sir kuchi haqida o ‘ylashi kerak bo‘ladi. Bu sahna 
ko‘rinishida ota o ‘lib ketdi, ammo farzandini tarbiyasiga e’tiborsiz 
qaragan ona uchun yolg‘iz qolishning o‘zi ham fojea. Ammo, buni 
boshqacha hal qilish ham mumkin: Farzand pul so‘rab uyiga kelgan- 
da onasi pul bermaydi. Onasi “pulni biznes” uchun tikib qo‘ygani 
uchun pul berolmasligini aytganda, farzand tushunishni xohlamaydi 
va onasining bo‘ynidagi (yoki qo‘lidagi) taqinchoqqa yopishadi va 
ikkalasi o ‘rtasidagi konflikt onaning fojeasi bilan tugaydi. Bunday 
g ‘oyaviy talqin ham tomoshabinga “Ey inson, farzand tarbiyasiga j id-
52


diy numosabatda bo‘lgin, uni erkalatmasdan, ishga, mehnatga o ‘rgat, 
toki natija bu asardagi qahramonlaming hayotiga o‘xshab qolmasin”, 
dcgan g‘oyani singdirishga harakat qilish ssenaristning mahoratida 
namoyon bo‘lishi lozim.
Bunga o‘xshagan sahna ko‘rinishlari uchun albatta dramatur- 
gik qonuniyatlami bilish muhimdir. Mazkur sahna ko‘rinishini tahlil 
qiladigan bo‘lsak, voqeaning boshlang‘ich qismi, ya’ni prologi- otani 
larzandini kutishi, tugun - farzandining odam o ‘ldirib qo‘yganligi 
haqidagi xabami eshitishi, voqealar rivojlanib borib kulminatsiya- 
ga, ya’ni otaning o ‘limi va yechim - noqobil farzandning militsiya 
xodimlari tomonidan qo‘lga olinishi va onaning pushaymoni, deb 
belgilash mumkin.
Bugungi kunda san’at, adabiyot, shu jumladan ommaviy-badiiy tad­
bir, ko‘rsatuvlar va tomoshalar orqali kishilar xarakterini, e ’tiqodini 
u laming hayotga, nafosat olamiga bo‘lgan muhabbatini tarbiyalash- 
da mafkura, madaniyat xodimlarining m a’naviyati tomoba oshib 
bormoqda. Binobarin, adabiyot va san’at kishilaming mustaqillik 
davriga mos va xos badiiy-g‘oyaviy yetuk asarlar yaratish zaruriyati 
o‘z-o‘zidan ayon bo‘ldi. Mustaqillik esa iqtisodiy, ma’naviy va hatto 
siyosiy jihatdan barkamol insonni yoqtiradi. Bunday sharafli ishga 
hissa qo‘shish esa har bir adib va shoiming, aktyor va rejissoming 
muqaddas burchidir. Shunday ekan, institut va universitetlaming ta- 
labalari, jumladan ulaming o‘qituvchilari va murabbiylarining o‘zlari 
ham xuddi shu xil tarbiya ko‘rgan, ruhiy olami yuksak bo‘lmog‘i 
lozim. Hozirgi kunda g ‘oyaviy-badiiy yuksak, mustaqil ssenariylar 
yoza ola-digan, qiziqarli tomoshalar qo‘ya oladigan madaniy tadbir­
lar tashkil-otchilariga talab katta. Bu ishlami muvaffaqiyatli amalga 
oshirishda esa dramaturgiya nazariyasini chuqur o ‘rganib chiqish va 
ssenariychilik mahoratini o‘zlashtirishni taqazo etadi. Nazariy asosga 
ega boMmaslik esa talabaning amaliyotda oqsoqlanishga olib kelishi 
labiiy. Bizga m a’lumki, tomoshabinga o‘tkazadigan ta’sir kuchi ko‘p 
jihatdan asosiy materialga, ssenariyning g‘oyaviy-badiiy mukam- 
malligiga, ssenaristning ijodiy qobiliyati, mahorati, dunyo qarashi 
bilimi, fantaziyasi bilan chambarchas bogiiq. Madaniy tadbirlami 
loiilrlashtirishning o‘ziga xos tomonlaridan biri shundaki, bu o‘rinda
53


ssenarist bilan rejissoming o‘zligi namoyon bo‘ladi. Shuningdek, 
talaba ham ssenarist, ham rejissor bo‘lishi, publitsist, hujjatli badiiy 
xarakter yaratish sirlarini yaxshi tushunishi, his etishi shart, bir so‘z 
bilan aytganda, ijodkor bo‘lishi zarur. Drama va ssenariyni maydonga 
keltirish uchun dramaturg va ssenaristdan qanchalik mahorat, kuch ta­
lab etilsa, madaniy tadbiralar ssenariysining muallifidan ham shunchalik 
bilim va mahorat talab etiladi. Inssenirovkada ham xuddi shunday.
Ssenariy faqat biror tadbir yoki bayramni, muammoni namoyish 
qilibgina qolmay, uni tahlil ham etadi. U dramaturgiya qonun-qoi- 
dalariga asoslangan holda (drama esa san’atning bir turidir) bu tahlil 
dramatik vaziyatlar, ziddiyat (konfliktlar) orqali amalga oshiriladi.
Drama hamma vaqt o ‘z qahramonlarini yaratadi. Badiiylik qa- 
chonki, yangi muammolar, yangi sujetlar, yangi ziddiyatlar asosiga 
qurilgandagina o‘z jamolini ko‘rsatadi. Ayniqsa, yoshlar hayotiga 
bag‘ishlangan tadbir ssenariysi asosida kuchli muammolar yotishi 
kerak. Chunki, o ‘smirlik davri - inson umrining burilish nuqtalaridir. 
Ular tunnushning ildizi, chuqur masalalari bilan qiziqadilar. Yoshlar 
hayotiga bag‘ishlangan ko‘pgina tadbirlar ssenariysida o ‘tkir zid­
diyatlar yetishmaydi. Mahoratli ssenarist o ‘z asarida yoshlar hayo- 
tidagi muammolami ifodalaydigan mahalliy faktlardan, shuningdek 
adabiyot va san’at asarlaridan foydalanib, o ‘tkir dramatik vaziyat­
lar yaratadi. Bular so‘zga chiquvchilarning gaplari, turli lavhalar, 
ko‘rinishlar, illyustrativ materiallar tarzida ssenariyga, u asosidagi 
tadbirga ta’sirchanlik bag‘ishlaydi, uni mazmundor qiladi.
Madaniy-ma’rifiy muassasa ssenariysining sujeti - uning bevosita 
mazmunini tashkil etgan, o ‘zaro bog‘langan va rivojlanib boruvchi 
hayotiy dalillar va voqealardir. Sujetda ssenariy orqali talqin etilayot- 
gan voqealar ichidagi eng muhim to‘qnashuvlar, qarama-qarshiliklar 
va kishilaming o ‘zaro munosabatlari aks etadi.

Download 4,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish