Inssenirovka mavzusiga to‘xtalganimizning boisi - ko‘pgina hol-
larda oliygohlar, tashkilotlarda buyurtma bilan ssenariylar yozishga
to ‘g ‘ri keladi, masalan, institutlar aro “Quvnoqlar va zukkolar”
ko‘rik tanlovini olaylik. K o‘rik tanlovda
berilgan shartlar uchun
tayyor dramatik asarlar deyarli yo‘q. Bunday holatlarda adabiy asar-
larni instsenirovka qilish usullariga tayanish mumkin. Yoki, Alisher
Navoiy-ning tavallud topgan kuniga bag‘ishlab, “She’riyat mulki-
ning sultoni” deb nomlangan tadbir o ‘tkazilishi kerak bo‘Isa ham
ifodalashning turli vositalaridan foydalanib, inssenirovka qilingan
holda ssenariylar yaratish mumkun.
San’atning asosini tarbiya tashkil etadi. Sahnadan turib aytilgan har
so‘z tomoshabin uchun qonuniyatga aylanib qoladi, ya’ni
tomoshabin
qahramonni gaplariga ishonadi, undan o ‘ziga kerakli ma’naviy madad
oladi. Shuning uchun sahnadan turib qilingan barcha xatti-harakatlar
haqqoniy tarzda amalga oshirilishi kerak.
Yoshlami tarbiyalashda davlatimiz tomonidan turli muhim strate-
gik maqsad va vazifalar belgilangan. Ana shulardan bittasi teatr
san’ati tomonidan amalga oshiriladigan ishlar haqida yuqorida qayd
etgan edik. Haqiqatdan ham tarbiya vositalari ichida teatr san’atining
roli boshqa san’at turlariga qaraganda ancha kattadir.
Chunki teatr-
ni tomoshabin bilan aktyorlaming yuzma-yuz uchrashuvini amalga
oshiruvchi vositachilardan biridir, deb aytish mumkin. Masalan, Said
Ahmadning “Ufq” romani asosida qilingan inssenirovka,
Pirimqul
Qodirovning “Yulduzli tunlar” romani inssenirovkalari bunga misol
bo‘la olishi mumkin.
Hozirgi kunda Respublika miqyosida o‘tkaziladigan tadbir va to-
moshalarda ham inssenirovkadan juda o‘rinli foydalaniladi. Madaniy
tadbirlarda inssenirovka qilingan asarlaridan mohirona foydalanib,
tadbirlarda o‘rinli foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Inssenirovka qilish usuli ko‘pincha keng miqyosda nishonlana-
digan tadbirlarda ham qo‘llanishi mumkin. Masalan,
mustaqillikka
bag‘ishlangan tadbirlarda quyidagi variantlarda inssenirovka qilish
mumkin. Masalan:
44
Sahnaga boshlovchilar chiqib keladilar.
Iboshlovchi:
Tarixdan m a’lumki, ajdodlarimiz mana shunday
yorug‘ kunlarda yashashni,
inson omili qadr topgan, shani va erki
ulugiangan, adolatli davlat qurishni orzu qilganlar. Mustaqilligimiz
sharofati bilan bizlar,
ajdodlarimiz havas qilgan, orzu qilgan ana
shunday baxtli kunlarda yashayapmiz.
2boshlovchi:
Ammo... G‘animlar 0 ‘rtaOsiyoni zabtetishga,uning
moddiy va ma’naviy merosini parchalab, qadr-qimmatini toptashga
uringanliklari oqibatida, ajdodlarimizning qay ahvolda hayot kechir-
ganliklarini tasvirlashga qalam ojizlik qiladi..
(Katta pauzadan so
‘«g/Turkiston
harbiy Generali gubematori
Fon Kaufman
...(boshlovchilar chiqib ketishadi).
(.Fon Kaufman kirib keladi).
Fon Kaufman:
0 ‘rta Osiyo... o‘ta katta boylikka ega b oigan yurt.
Ammo uning xalqi bu boyliklaming qimmatini bilsa edi... Bilmagani
ham yaxshi.
Adyutant:
Murojaat etishga ruxsat eting janobi oliylari!
Fon Kaufman:
Xo‘sh, nima gaplar, qanday yangiliklar bor?
Adyutant:
Aytgan barcha ishlaringiz o rtig i bilan bajarildi. Buxo-
ro, Xiva, Samarqand, Qo‘qon, Xo‘jand va Toshkent
shahri va xon-
liklaridan keltirilgan oltinlar, kumushlar, qoiyozm a kitoblar,
tarixiy
hujjatlar, xullas, barcha qimmatbaho buyumlar ro‘yxatga olinib, siz
aytgan joyga keltirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: