To‘rtinchi asosi: dramada xarakter yaratishdan iborat. Chunki,
dunyoni,
tabiatni, olamni, odamni, borliqni anglash, voqelikni tu-
shunish va badiiy ifodalash obraz - xarakter
yaratish orqali amalga
oshadi. Zero, adabiyotni bosh manbai inson ekan, uning obrazi, xarak-
teri qanchalik badiiy jihatdan mukammal chiqsa, asardan kuzatilgan
g‘oyaviy-badiiy estetik maqsad ham shunchalik samarali kechadi.
Shu tufayli xarakter yaratish insonshunoslikning yetakchi omili, dra-
maturgiyaning asosiy belgisi sifatida ahamiyatlidir.
Beshinchi asosi: Dramadagi sujet va kompozitsiyaning muvaffaqi-
yatli amalga oshishi bilan chambarchas bog‘liqdir.
Xuddi imoratning,
binoning, uy-joyning inson uchun ixcham, qulay, yorug‘ va shinam
boiishida bosh loyiha puxtaligi muhim
hisoblanganligi kabi drama
sujeti va kompozitsiyasi jihatdan qanchalik puxta bo‘lsa, asar g‘oyasi
va uning ma’rifiy tarbiyaviy qimmati shunchalik samara beradi. Zero,
dramaturgiyada sujet va kompozitsiyani tashkil etish, amalga oshirish
zarurati ham muhim omildir.
Oltinchi asosi: Maqsadga, sifat belgisiga, xususiyatiga erishish. Ya’ni
komediya, tragediya (fojeaviylik), drama kabi tur ko‘rinishlarining
o ‘zaro, asosiy xususiyatini saqlashga erishish va ifoda etishdir.
Yettinchi asosi: Drama ham har qanday badiiy asar turi kabi til,
nutq mahoratini talab etadi.
Buning ustiga monolog, dialog imkoni-
yatlaridan mahorat darajada foydalanishi zarur. U xuddi shu xususi-
yati bilan o‘zga adabiy turlardan farqlanadi.
Sakkizinchi asosi: Drama asarida remarkaning o'rni, roli. Ana shu
asosiy belgilarini sahnada (rejissor, aktyor, rassom kabi) yaxlit, uz-
viylikda, mukammallikda amalga oshirishni tashkil eta bilish.
Va nihoyat eng asosiysi dramada ilgari surilgan g‘oyani,
maqsad
va vazifani, badiiy-estetik jihatdan ro‘yi-rost, haqqoniy va badiiy yuk
sak tarzda amalga oshirishni taqazo etadi. Albatta biz sanagan sifat va
belgilardan tashqari yana ko‘p boshqa belgilar bo‘lishi mumkin.
Remarka tushunchasi spektakl yoki ssenariyda rejissor tomonidan
xatti-harakatlarga aylantiriladi, dedik, ammo uning ahamiyati kino
san’atida yuz barobarga oshadi. Chunki, remarka, ya’ni muallif to
monidan
berilgan izoh, ssenariyda ham pyesada ham aktyorlaming
voqelikka munosabatini, ularning xatti-harakatlarini belgilab beradi.
70
Remarka so‘z orasida kelganda qavs bilan beriladi. Alohida kelganda
esa o'quvchiga tushunarli bo‘lishi uchun unga tushuntiruvchi vosita
sifatida qo‘llaniladi.
Ssenarist qahramonlar, boshlovchilar so‘zlarini yozish bilan birga
remarkada ijrochilaming vazifalarini ham belgilab berishi mumkin.
Remarkada berilgan izoh sahnalashtiruvchilar, tadbir tashkilotchilari-
ga shpargalka vazifasini o‘tashi mumkin.
Xulosa
sifatida shuni aytish joizki, ssenarist drama asoslarini,
uning qonuniyatlarini yaxshi bilishi shart. Chunki ssenariy ham aniq
sahna uchun moijallangan b o iib , hujjatlar, faktlar, so‘z va xatti-ha-
rakat uyg‘unligi, turli san’at vositalaridan to‘g‘ri foydalanish, tadbimi
yaxlit kompozitsiyaga yo‘naltirish kabi vazifalami o ‘z ichiga oladi.
Madaniy tadbirlarni tashkil etish jarayonlarida
ham bu xususiyatlar
inobatga olinishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: