Madaniyat instituti vahobjon rustamov ssenariynavislik mahorati


Karimov. Yuksak ma’naviyat -yengilm as kuch.T., 2008., 146-147b



Download 4,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/146
Sana02.02.2022
Hajmi4,74 Mb.
#425978
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   146
181.Karimov. Yuksak ma’naviyat -yengilm as kuch.T., 2008., 146-147b
66


4.Kinossenariyda muallif nutqi muhim rol o ‘ynaydi. Muallif matni 
laqat film kompozitsiyasini emas, balki uning ichki dinamikasini ham 
belgilab beradi. Hujjatli kinodramaturgiyaning muhim xususiyati, 
undagi voqea-hodisalar badiiy publitsistik obrazlar va muallif nutqi 
orqali tomoshabingga havola etilishidadir.
Radio-eshittirishlar ssenariysi haqida so‘z borganda, uni vizual 
emas, balki faqat eshitishga mo‘ljallanganligini hisobga olish muhim- 
dir. Masalan, televideniye suxandoni har tomonlama, ya’ni o‘zi, 
ovozi chiroyli bo‘lgan bo‘lsa, radioda esa ovoz tembri, uning nafisligi 
muhimdir. Radiodramaturgiya- bu janming o ‘ziga xosligi tinglash, 
eshitishga mo‘ljallanganligidir. Radiodramaturgiya - V.N.Yaxontov 
ta’biri bilan aytganda, ovozli kitobdir. Radioga yozilgan eng yaxshi 
san’atkorlaming ovozi orqali adabiyotning yangi turi-radiodramatur- 
giyasi shakllandi. Radio ovozi imkoniyatlari bilan ifodalangan yangi 
adabiy-efir janri paydo bo‘ldi. Insonlarni o‘rab turgan barcha tovush- 
ohang, shovqin-suroni, mashinalar g‘uvuri, dengiz toiqinlarining 
chayqalishi, shamol g‘uvullashi, barglar shitiri, qushlarning chirqil- 
lashi, otlar dupuri, kishnashi, musiqalar hamma tovush harakatlari, 
inson ovozi bilan birgalikda qo‘yilib, efirda tarqalayotgan so‘zlarga 
yangi bir ta’sirchanlik 
bag‘ishlaydi. Biz ommaga shunday badiiy 
materialni berishimiz kerakki, u qahramonlik, go‘zallikni inson tar- 
biyasiga xos barcha elementlami o‘z ichiga qamrab olsin. Shuning 
uchun radio orqali keng xalq ommasiga mo‘ljallangan turkum badiiy 
dramatik eshittirish hayotiy voqea-hodisalar asosida tuziladi.
Adabiy ijod sohasini teatr, kino, radiodramaturgiya qonun-qoi- 
dalarini o ‘z mohiyatiga singdirgan teledramaturgiya tarkib topdi. 
Teledramaturgiya-televizion asarning birinchi asosi bo‘lib, adabi- 
yot va publitsistikaning alohida, mustaqil turidir. Teledramaturgi- 
yaning kompozitsion qurilishi bir tomondan dramaturgiya va kino 
qonun-qoidalariga, ikkinchi tomondan televizion san’at spetsifika- 
siga bo‘ysunadi. Teledramaturgiyada ekran obrazi tomoshabin ko‘z 
o'ngida konkret shaxs sifatida namoyon bo‘ladi. Lekin, ssenariy 
tomoshabin ishtirokisiz yoziladi. Telepublitsistika keng ommaga 
mo'ljallanadi. Telessenaristdanbo‘lg‘usi ko‘rsatuv mavzusini tanlash 
iicluin obrazli yechimini izlab topish va qahramonlar bilan suhbat-
67


lashish jarayonida o‘zini keng auditoriyaning ilg‘or vakili sifatida his 
qilishi, uning oldida katta m a’suliyat sezishi talab etiladi. Ssenarist -
dramaturg tomoshabin e’tiborini qanday zabt etish yoilarini izlaydi. 
Shu tariqa real obrazlar orqali hayajonli daqiqalar yaratadi. Muallif 
har bir qahramonning ruhiy holatini izlab topadi. Hatto improvizat- 
sion chiqishlaming ham har tomonlama izchil o‘ylangan boiishi ke­
rak. Agar telessenariyda muallif asami mantiqan puxta va faktlar mo- 
hiyatan mahorat bilan ochib bera olgan b o isa, tomoshabin teleekran 
orqali katta san’at asari yaratilganining guvohi boiadi.
Kino, radio, teledramaturgiya hayotiy voqea-hodisalami, aniq 
qahramonlar taqdirlarini hujjatlar asosida umumlashtirish yoiidan 
boradi. Aniqroq qilib aytganda, tarixiy va hayotiy materialni badiiy- 
publitsistik qayta ishlash kino, radio, telepublitsistikaning asosini 
tashkil etadi.
Adabiy asarlami qayta ishlash, ya’ni inssenirovka haqida yuqorida 
aytib o ‘tgan edik. Inssenirovkani ham ikki m a’noda qoilash mumkin:
1.Drama shaklida yozilmagan adabiy asami sahnada qo‘yishga 
moslab qayta ishlash, bunday asami radioda, televidenie yoki teatrda 
qo‘yilishiga qarab, radioinssenirovka, teleinssenirovka deb yuritiladi. 
Inssenirovka adabiy asaming .o‘z muallifi tomonidan ham boshqa 
shaxslar tomonidan ham amalga oshirilishi mumkin. Adabiy asar 
inssenirovka qilinganda, sahnaga moslashtirib ba’zan uning sujetiga 
o‘zgartishlar kiritish mumkin. Inssenirovka XIX-XX asrlarda ayniqsa 
keng taraqqiy etdi. Bunga A.Qahhor, G‘.G‘ulom, H.Olimjon, Tohir 
Malik, P.Qodirov, OMJmarbekov kabi ijodkorlaming ko‘plab asarlari 
misol b o ia oladi.
2. Mustaqillik sharoitida madaniyat va san’at dargohlarida ish 
yuritishni mukammal biladigan, mustahkam bilim va e’tiqodli mu- 
ta-xassislarga muhtojlik sezilarli darajada oshib bormoqda. Zero, 
ssenariy bu o‘rinda drama, dramaturgiya vazifasini o ‘taydi. Drama 
nima? Dramaturgiya-chi? Dramaturgiya asoslari deganda nimani 
anglaymiz? Ularning maqsad va vazifalari nimalardan iborat? Tarbi­
y a v iy -m a ’rifiy ahamiyati-chi?
Avvalo, dramaturgiyaning tuzilishi jihatdan 3ta janrini bilamiz, 
bular, drama, komediya va tragediya. Drama deganda avvalo biz ba-


diiy adabiyotdagi uchta yetakchi janr turlaridan biri, dramatik janr 
turini anglaymiz. Drama janri esa teatr sahnasida qo‘yish uchun, kino 
ekranga ko‘chirish uchun yozilgan adabiy asarlar sirasiga kiradi. De- 
mak, u badiiy adabiyot sohasidan san’at sohasiga, san’atga ko‘chadi. 
Tom ma’noda san’at asari mahsuliga aylanadi, teatr - sahnasi man- 
baiga ko‘tariladi. Dramaturgiya esa u yoki bu xalq yaratgan m a’lum 
davrdagi dramalar majmuasi, drama asarlari yig‘ indisi asosida yu- 
zaga kelgan mazkur turni “tarix” ham desa ham bo‘ladi. Uning aso- 
slari esa, endi bu ham nazariy, ham amaliy yechimga, o‘rganish va 
o‘rgatishga qaratilgan kursni tashkil etadi. Dramaturgiya asoslari de­
gan kurs, predmet ancha katta, dolzarb va o‘ta murakkab dars va mav- 
zulami o ‘z ichi-ga qamraydi.
Dramaturgiyaning eng muhim shartlaridan biri hayotiylik, haqqo- 
niylik bilan badiiy barkamollikning omixta, sintez tarzda, maho- 
rat darajasida namoyon bo‘lishidir. Bu talab dramaturgga ham, uni 
sahnalashtirayotgan rejissorga ham barobar taalluqlidir. Hatto bu ikki 
talabni sahnada to‘la va mahorat darajasida ro‘yobga chiqarish uchun 
nafaqat dramaturg, yoki rejissor mas’ul, balki ana shu asami tayyor- 
lab, tomoshabinga yetkazishda ishtirok etuvchi barcha ijodiy gumx 
a’zolari javobgardir, m a’suldir.
Ikkinchi asosi: Dramada mavjud bo‘lgan konfliktning haqqoniy- 
ligi, hayotiyligi dramatizmni tashkil eta bilish masalasini o ‘z ichiga 
oladi.
Uchinchi asosi: drama harakat yaratish mahorati, uni tashkil et- 
tirish, bo‘ysindirish masalasi. Dramatik harakat (deystvie) sahna 
asarining, dramaning o‘ziga xosligi va estetik xususiyati b o iib , 
spektaklni qon tomiri hamdir.
Asaming muvaffaqiyatida bu omilning o‘mi, ahamiyati kattadir. 
Harakat faqat jismoniy intilish, yurish-turish, yugurish emas, balki 
mhiy holat majmuasi boiib, u o ‘z ichiga monolog, dialogdan tortib, 
imo-ishora, so‘zsiz holatlar, mimika, intonatsiya, remarka, pantomi- 
malargacha qamrab oladi. Zero, dramada uzviy yaxlitlikni saqlash va 
to ia namoyon etishda dramatik harakat spektaklning qon tomiri vazi- 
fasini o ia y d i.19

Download 4,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish