Maktabgacha talim muassasalarida kompyuterli rivojlantiruvchi oyinlardan foydalanish metodikasi
REJA:
1.MAKTABGACHA TA'LIM MUASSASASIDA KOMPYUTERLI O‘YINLAR.
2.MAKTABGACHA TA'LIMDA KOMPYUTERLI O‘YINLARNING AHAMIYATI.
3.MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR HAYOTIDA KOMPYUTERLI O‘YINLARNING O'RNI...
Bolani tolaqonli rivojlanishi uchun uni yoshlikdan shakllantirish lozim. Bu esa oilada va maktabgacha talim muassasalarida turli interfaol oyin mashgulotlarini olib borish asosida amalga oshirish mumkin.
Maktabgacha talim muassasalarida 5-6 xil oyin turi mavjud.
Bular qatorida kompyuterli oyinlar ham tarbiyalanuvchilarning faoliyati va fikrlashlarini rivojlantirib, kompyuter savodxonliklarini shakllantiradi. Bitiruv-malakaviy ishida yuqoridagi masalalar togrisida soz yuritiladi.
Mavzuning dolzarbligi: XXI asr kompyuter asri bolgani uchun, maktabgacha talim muassasalarining katta va maktabgacha tayyorlov guruhi mashgulotlar jarayonida bolaning diqqati, ijodiy tafakkuri va tasavvurlarini ostirishga xizmat qiladigan talimiy va rivojlantiruvchi kompyuter oyinlaridan foydalanish dolzarb masala hisoblanadi. Ayni bir vaqtda rivojlantiruvchi oyinlarni amalga oshirish jarayonida bolalarning kompyuter savodhonligi ham shakllanadi.maktabgacha talim muassasalari-ning katta va maktabgacha tayyorlov guruhlarida kompyuterli rivojlanti-ruvchi oyinlar otkazish jarayoni.
maktabgacha talim muassasalari-da kompyuterli rivojlantiruvchi oyinlardan foydalanishning mazmuni, metodi va vositalari.
Maktabgacha talim muassasalari bolalarining kompyuter savodxonligini shakllantirish, intellektual qobiliyatlarni rivojlantirish, mashgulotlarda ananaviy oyinlar qatorida, kompyuterli oyinlardan foydalanish
Kompyuter inglizcha soz bolib, u hisoblovchi demakdir. U hozirda faqat hisoblovchi bolmasdan, matnlar, tovush, video va boshqa malumotlar ustida ham amallar bajaradi. Shunga qaramasdan, hozirda uning eski nomi kompyuter saqlangan. Uning asosiy vazifasi turli malumotlarni qayta ishlashdan iborat. Avallo shuni aytish lozimki, kopchilik tushunchasida guyoki biz kundalikda foydalanadigan faqat shaxsiy kompyuter bor, xolos. Bunga, albatta, sabablar kop. Shulardan biri hozirgi zamon shaxsiy kompyuterlari, ilgari universal deb hisoblangan kompyuterlardan tezligi va xotira hajmi jihatidan ancha oshib ketganligida bolsa, ikkinchi tomondan, kop masalalarni yechish uchun bu kompyuterlar foydalanuvchilarni qanoatlantirishidadir. Hozirda kompyuter termini kop uchrasa-da, shu bilan birga EHM (elektron hisoblash mashinalari), HM (Hisoblash mashinalari) terminlari ham hayotda kop ishlatib turiladi. Ammo biz soddalik uchun faqat kompyuter terminidan foydalanamiz. Kompyuterlarning amalda turli xillari mavjud: rakamli, analogli (uzluksiz), raqamli-analogli, maxsuslashtirilgan. Ammo, raqamli kompyuterlar foydalanilishi, bajaradigan amallarning universalligi, hisoblash amallarining aniqligi va boshqa korsatkichlari yuqori bolgani uchun ulardan koproq, foydalanilmoqda. Amalda esa hozir rivojlangan mamlakatlarda kompyuterlarning besh guruhi keng qollanilmoqda.
Kompyuterlarni xotirasining hajmi, bir sekundda bajaradigan amallar tezligi, malumotlarning razryad turida (yacheykalarda) tasvirlanishiga qarab besh guruhga bolish mumkin:
- super kompyuterlar (Super Computer);
katta kompyuterlar (Manframe Computer);
mini kompyuterlar (Minicomputer);
- shaxsiy kompyuterlar (PC-Personal Computer);
- bloknot(note компьютерлар).
Do'stlaringiz bilan baham: |