Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidagi
4-umumta`lim maktabining ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi
NORBOSHEVA MAVJUDANING
6-sinf uchun «So`z turkumlari» mavzusida tayyorlagan
1soatlik ochiq dars ishlanmasi
Darsning texnologik xaritasi
Bosqichlar
|
Mazmuni
|
Metodlar
|
Vaqti
|
I-bosqich
Tashkiliy qism
|
Salomlashish, davomatni aniqlash, dunyo yangiliklaridan xabardor bo`lish
|
She`riy savol-javob
|
3-daqiqa
|
II-bosqich
O`tilgan mavzuni takrorlash
|
Savol-javob
Guruhlar asosida
|
“Charxpalak”, “Nazoratchi harflar” o`yini “Oqqushlar” metodlari
|
12-daqiqa
|
III-bosqich
Yangi mavzu va topshiriqlar bayoni
|
Mavzuni ertak va she`riy usulda yoritish, tushuncha berish
|
|
15-daqiqa
|
IV-bosqich Mustahkamlash
|
Savol-javob
|
“Kutubxonada” “Sirli maktub”
metodlari
|
12-daqiqa
|
V-bosqich
Dars yakuni va uyga vazifa berish
|
O`quvchilarni baholash va uyga vazifani tushuntirish
|
|
3-daqiqa
|
Mavzu: So`z turkumlari
Darsning maqsadi:
a)Ta`limiy maqsad-So`z turkumlari haqida o`quvchilarga ma`lumot berish
b)Tarbiyaviy maqsad-o`quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash
d)Rivojlantiruvchi maqsad- O`quvchilarning yozma savodxonligini o`stirish va erkin fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish
Dars jihozi: Ko`rgazmali qo`llanmalar, plakatlar, slaydlar, tarqatmali materiallar va darslik
Dars turi: Noan`anaviy
Darsda qo`llanadigan metodlar: Interfaol metodlar- “Charxpalak” metodi, “Oqqushlar”metodi, “Kutubxonada” metodi, “Sirli maktub” metodlari
Tashkiliy qism: Salomlashish va davomatni aniqlash. O`qituvchi darsni o`quvchilar bilan salomlashishdan boshlaydi:
O`qituvchi: Go`zallik shaydolari,
She`riyat oshnolari
Assalomu-alaykum
O`quvchilar: Vaalkum-assalom,
Xush kelibsiz, aziz ustoz
Qalblar sizga payondoz
O`quvchilar bilan salomlashgandan so`ng o`qituvchi davomatni aniqlash uchun navbatchiga yuzlanadi:
Qani ayting o`quvchi,
Kimdir bugun navbatchi?
Navbatchi o`quvchi javob beradi:
Bugungi kun navbatchisi
Men ________ bo`laman.
Darsda kim bor, kimdir yo`q
Xabarini beraman
Davomatni aniqlab olgandan so`ng, o`qituvchi dunyo yangiliklaridan xabardor bo`lish uchun sharhlovchiga yuzlanadi:
Bugungi kun sharhlovchimiz,
Nimalarni o`ylaydi,
Dunyoda ne yangilik
Borligini so`ylaydi
Sharhlovchi javob beradi:
Bugungi kun sharhlovchisi
Men ______ bo`laman.
Dunyoda ne yangilik,
Xabarini beraman.
deb, sharhlovchi dunyo yangiliklari haqida ma`lumot beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |