M. Y. Ayupova


-BOB. BOLALAR NUTQINING RIVOJLANISH



Download 16,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/289
Sana21.05.2022
Hajmi16,96 Mb.
#605768
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   289
Bog'liq
Logopediya Ayupova M.

7-BOB. BOLALAR NUTQINING RIVOJLANISH
XUSUSIYATLARI
Bolaning nutqi kattalar nutqi asosida rivojlanib boradi. N utqining 
to ‘g‘ri shakllanishi atrofdagilar nutqiga, nutqiy tajribaga, to ‘g‘ri nutq 
muhiti va ta ’lim-tarbiyaga bog‘liq.
N utq tug‘ma qobiliyat emas, balki hayot davomida bolaning jismoniy 
va aqliy rivojlanishi bilan parallel ravishda shakllanib boradi.
N utq buzilishlarini o ‘rganish, tushunish uchun bola nutqining nor­
mal rivojlanish yo'lini, bu jarayonning o ‘ziga xos xususiyatlarini, nutqning 
muvaffaqiyatli shakllanishida katta rol o'ynovchi sharoitni bilish lozim.
Bundan tashqari bola nutqining rivojlanish davrlarini aniq bilish zarur. 
Bu esa nutqning rivojlanishi jarayonidagi u yoki bu kamchiliklarni o ‘z 
vaqtida bilish va aniqlash uchun kerak bo'ladi. Masalan, 1 yosh-u 4 
oylik bola gapirmayapti. Pedagog bolaning normal rivojlanishida birinchi 
so‘zlar qachon paydo bo'lishini bilsa, u holda u bu bolaning normal yoki 
nonormal rivojlanayotganini hal qila oladi.
Bola nutqining rivojlanish xususiyatlarini bilish, nutq buzilishlariga 
to'g 'ri diagnoz qo'yish uchun ham zarurdir. Ba’zi mutaxassislar uch 
yoshli bolaning tovush talaffuzidagi kamchiliklarni bartaraf etish uchun 
uni logoped qabuliga yuboradilar. Bu to'g'rim i? Yo‘q, albatta. Chunki 
nutqi normal rivojlanayotgan bolaga hali bu yoshda ba’zi bir tovushlarni 
noto‘g‘ri talaffuz etish xos bo'ladi. Bu ko‘rinish fiziologik dislasiya deb 
atalib, bu shu yoshdagi bolalarda artikulatsiya apparatining hali yetarli 
darajada shakllanmaganligini bildiradi. N utq kamchiliklarini bartaraf 
etishda to ‘g‘ri va aniq tarbiyaviy-tuzatish ish rejasini tuzish uchun bola 
n u tq in in g rivojlanish qon un iy atlarini yana bir karra bilish zarur 
hisoblanadi.
Mualliflar bola nutqining shakllanish davrlarini turlicha ko‘rsatadilar, 
ularni har xil nomlaydilar va har birining yosh chegaralarini turlicha 
ifodalaydilar.
G.L. Rozengrad-Pupko bolada nutq rivojlanishini ikki davrga ajratadi:
1) tayyorlov davri (2 yoshgacha);
2) nutqning mustaqil shakllanish davri. A. N. Leontev bola nutqining 
shakllanishini 4 davrga bo'lib ko‘rsatadi;
1) tayyorgarlik davri — 1 yoshgacha;
2) bog‘chagacha bo'lgan davr — 3 yoshgacha;
3) maktabgacha bo'lgan davr —7 yoshgacha;
4) maktab davri.
Bu davrlarning to'liq tavsifi ustida to'xtalib o'tam iz. Shunday qilib, 
birinchi davr — tayyorgarlik davri (bola tug'ilgandan bir yoshgacha).
Bola tug'ilgan daqiqadan boshlab ovoz chiqaradi. Bu ovoz qichqiriq 
va yig'idan iborat bo'ladi. T o'g'ri, bu ovoz odam nutqidan uzoq. Lekin
69


ana shu qichqiriq va yig‘i nutq apparatining 3 bo'limini (nafas olish, 
ovoz hosil bo'lish, artikulatsion) rivojlanishida katta rol o'ynaydi.
Ikki hafta o'tgach, bola gapirayotgan odamning ovoziga e’tiborbera 
boshlaydi. Unga gapirayotganda quloq soladi, yig'lashdan to'xtaydi. Bir 
oyligining oxiriga borib, uni mayin qo'shiq (alia) ostida tinchlantirish 
mumkin bo'lib qoladi. Keyinchalik u boshini gapirayotgan odam tomonga 
buradi yoki uni ko'zlari bilan kuzatadi. Tez kunda bola intonatsiyaga 
e’tiborbera boshlaydi: mayin gapirganda tinchlanadi, keskin intonatsiyaga 
yig'laydi.
2 oylik atrofida gu-gulash, 3-oyning boshida bo'g'inlarning talaffuzi 
paydo bo'ladi (aga-aga, ta-ta, ba-ba va boshqalar). Bunda tovushlar 
birikmasi aniq artikulatsiya qilinmaydi.
Bolalarning chug'urlashi haqida biz ko'pgina lug'atlardan va bolalar 
n utq inin g rivojlanishi bilan bog'Iiq m asalalar yoritilgan istalgan 
a d a b iy o td a n u m u m iy m a ’lu m o tla rn i o lish im iz m u m k in . Aniq 
m a’lumotlarga kelsak, bizning bu m asalada nochorligim iz seziladi. 
Chug'urlash bosqichining rivojlanishi haqidagi aniq va sistemali kuzatilgan 
m a’lumotlardan tuzilgan yagona maqola yaqini vaqtlargacha G. Goer 
(Deryagina) va A.E. G oer (1927) tegishli edi. Bunda ham faqat bitta 
bola kuzatilgan edi. Shuning uchun namoyon bo'lgan faktlarning barchasi 
chug'urlash bosqichining rivojlanishidagi um um iy qonuniyatlarga 
qanchalik ko'p yoki kamroq taalluqligini aniqlash mumkin emas va bu 
faktlarda shu bolaning individual xususiyatlari ham mujassamlashganini 
unutmaslik kerak.
A.D. Salaxovaning tadqiqotlari tufayli biz ayni vaqtda 5 ta bolada 
chug'urlash bosqichining rivojlanishini sistemali kuzatishlar natijasida 
olingan materiallarga egamiz.
Chug'urlash bosqichining namoyon bo'lish muddatiga kelsak, bu 
yerda turli fikrlar mavjud: bir guruh mualliflar bu bosqich bola hayotining
2-oyi oxirlarida va 3-oyning boshlarida namoyon bo'ladi deb hisoblaydilar. 
Chug'urlash bosqichining namoyon bo'lish muddatini aniqlashda bunday 
katta farq haqiqiy chegaralarni topishda qiyinchilik tug'diryapti. Bu esa 
o'z navbatida ilgari keluvchi gu-gulash davri bilan chug'urlash bosqichini 
chegaralashni mushkullashtiradi. Garchi bir qarashda A. A. Leontev (1965) 
tomonidan gu-gulash va chug'urlash bosqichlari orasidagi ma’lum farqlar 
to 'g 'ri ifodalangan bo'lsada, bu 2 nutqgacha bo'lgan davrlar o'tish 
stadiyasida Shunday qo'shilib ketadiki, ular orasidagi chegara sayqallanib 
q o la d i. D a rv o q e, c h e g a ra la rn in g b u n d a y n o a n iq k o 'r in is h in i 
chug'urlashdan haqiqiy nutqga o'tishda ham kuzatish mumkin: bolada 
hosil bo'lgan so'zlar bilan bir qatorda m a’lum vaqt mobaynida atrof 
olamdagi predm et va hodisalarga aloqasi bo'lm agan chug'urlovchi 
tovushlar uyg'unligi ham aniqlanadi. Bunday tashqari gu-gulash va 
chug'urlash bosqichlari orasidagi chegara singari, chug'urlash bilan nutq
70


orasidagi chegara ham individualdir. Bir vaqtda har bir bolada chegara 
o ‘ziga qarab u yoki bu tom onda bo'lishi mumkin.
A.D . Salaxovaning kuzatishlari b o 'y ic h a chug'urlash bosqichi 
namoyon bo'lishining haqiqiy muddati taxminan 4 - va 5- oylar o'rtasiga 
to ‘g‘ri keladi. Aynan shunday fikrni A.A. Leontevning yuqorida keltirilgan 
ishida ham ko'rishimiz mumkin. Shundan kelib chiqib, bola hayotining 
4-oyi chug'urlash davrining boshlanishi bo'lib sanaladi.
Bizda bir savol tug'iladi: bola chug'urlashi aniq nutqiy muhit bilan 
qanday munosabatda bo'ladi, ya’ni boshqacha aytganda, chug'urlash 
bevosita nutqiy muhit ta ’siri ostida yoki unga bog'Iiq bo'lmagan holda 
rivojlanadim i? Bu savol behudaga berilgan emas. C hunki m axsus 
adabiyotlarda bu masala ko'p m a’noda tushuntiriladi. Bir xil mualliflar, 
shu jum ladan, V.A. Bogoroditskiy (1915) chug'urlashni tovushlar hosil 
bo'lishi jarayonidagi bolaning "ermagi" sifatida izohlaydi. Bunda u 
chug'urlashni nutq organlari bilan o'ynaladigan oyoq-qoiini bemaqsad 
harakatlantirishiga o'xshash deb tushuntiradi. Boshqa mualliflar, masalan, 
M. A. Sikorskiy (1899) va A. Aleksandrov (1883) chug'urlashni atrofdagilar 
nutqiga taqlid "meva"si sifatida baholaydi.
Berilgan savolni yechish usullarid an biri b o 'lib , c h u g 'u rla sh
bosqichining tovush tarkibini aynan o'sha nutqiy tovushlar (fonemalar) 
sistemasi bilan solishtirish va taqqoslanishi hisoblanadi.
Agar chug'urlash bosqichining tovush tarkibi atrofdagilar nutqiga 
bog'liqligini taxmin qilsak, uning berilgan nutqiy tovushlar sistemasi bilan 
mosligi, eng avvalo, unli tovushlarda namoyon bo'lishi kerak. Chunki 
unli tovushlar akustik munosabatda birmuncha "yorqinroq" va undoshlarga 
qaraganda bir-biriga birmuncha zidroq.
T adqiqotlar shuni ko'rsatadiki, chug'urlash bosqichida o'zin ing
artikulatsiyasi jihatidan odam lar tilidagi tovushlarga aynan o'xshaydigan 
faqat unli tovushlar aniqlanavermaydi, balki muayyan tilga xos bo'lmagan 
tovushlar ham aniqlandi. Masalan: unli ( a ) , artikulatsiyasi jihatidan ingliz 
tiliga yaqin (Ц); tovushlar orasida o'rtacha (i), ingliz tili uchun ham
xarakterli (i); burunlashgan, ya’ni nazalizatsiyalangan tovushlar (a), (o)
— fransuz tiliga xos. Shuni ta ’kidlash joizki, atrofidagi tilga aynan 
o'xshamaydigan, chug'urlash bosqichidagi unli tovushlar miqdori, aynan 
o'xshash tovushlarga nisbatan ko'proq.
Eng avvalo shuni aytish kerakki, rus tilidagi tovushlarga aynan o'xshash 
unli tovushlar chug'urlash bosqichida to'liq tarkibda namoyon bo'lgan 
bo'lsa, undoshlar bu munosabatda butunlay boshqacha. Tekshirishlarning 
ko'rsatishicha, chug'urlash bosqichida qayd qilingan tovushlar ichida 
shipillovchi undoshlar va tish oldi, tisharo undoshlar guruhi ham
ko'rsatilmagan. Bu hoi taxminan shunday tushuntiriladi: ayni davrda 
bolalarda tishlari hali chiqmagan bo'ladi, ba’zi hollarda chiqishi ham


mumkin. Til oldi tovushlari xuddi portlovchilar va shovqinlilar singari 
ingliz tiliga xos chiqadi. Chug'urlash bosqichining oxirlariga kelib bolada 
tishlar paydo bo'lgani bilan, til oldi tovushlar chug'urlash bosqichida 
umuman ko'rinmaydi. Ayrim bolalarda bu vaqtga kelib lab-tish undoshlari 
paydo bo'ladi. Demak, chug'urlash bosqichida portlovchi va shovqinlilar 
paydo bo'lmaydi.
Chug'urlash bosqichi rivojlanishining umumiy sxemasini taxm inan 
shunday tarzda berish mumkin.
Insonda nutqiy reaksiyalarning tarixiy taraqqiyoti natijasida bolaga 
m a’lum miqdorda artikulatsion rivojlanish dasturi o'tadi. Gu-gulash 
davrida va chug'urlash bosqichining dastlabki bosqichlarida bu dastur 
bolalarning eshitishi holatiga bog'Iiq bo'lmagan holda amalga oshadi: 
biz bu haqda yuqorida aytib o'tgan edik, ya’ni gu-gulash va chug'urlash 
bosqichi kar bolalarda ham bo'ladi. Chug'urlash bosqichi rivojlanishining 
keyingi bosqichlarida autoexolaliya mexanizmi qo'shiladi. Bu rivojlanishda 
autoexolaliya m exanizm i faqat umumiy stim ullovchi rol o'ynaydi. 
Autoexolaliya, chug'urlash bosqichini tovushlar zaxirasi bilan boyitmaydi, 
chunki o'z-o'ziga taqlid jarayonida bola faqat talaffuz qilganini o'zinigina 
eshitadi. Chug'urlash bosqichining keyingi rivojida, ayniqsa bu bosqichning 
tugashi bosqichida exolaliya m exanizm i qo'yiladi. Bu m exanizm , 
chug'urlash bosqichi rivojlanishini umumiy rag'batlantiijsh bilan birga, 
m a’lum miqdorda bu bosqichni tovushlar zaxirasi bilan boyitadi.
Bolalarning exolalik reaksiyalari 3 xil ko'rinishda bo'lishi mumkin. 
Birinchi ko'rinishda atrofdagilar bolaga chug'urlashida bor bo'lgan 
tovushlarni talaffuz qiladilar. Bu holatda exolalik reaksiya birmuncha 
muvaffaqiyatli chiqadi. Biroq bu reaksiyaning roli, autoexolaliyaning roli 
singari, chuqurlash bosqichining rivojlanishi uchun faqat um um iy 
rag'batlantiruvchi bo'lib ifodalanishi mumkin.
Exolalik reaksiyaning ikkinchi ko'rinishida atrofdagilar bolaning 
chug'urlash bosqichida ayni vaqtda yo'q bo'lgan tovushlarni talaffuz 
qiladilar yoki gapiradilar. Bu tovushlar qo'yilgan dastur bo'yicha ancha 
kechroq paydo bo'lishi kerak. Exolalik reaksiya nol bo'lib qoladi, ya’ni 
bola bu tovushlarga umuman ta ’sirlanmaydi, agar ta ’sirlansa ham baribir 
yana chug'urlashi tarkibidagi tovush artikulatsiyalariga e ’tibor qiladi. 
Exolalik reaksiyaning bu ko'rinishi ish ham birinchi ko'rinishi singari 
asosan umumiy rag'batlantiruvchi rol o'ynaydi.
Exolalik reaksiyaning uchinchi ko'rinishi quyidagicha: bolalarga 
chug'urlash bosqichida yo'q tovushlar talaffuz etiladi. Biroq bunda o'zining 
akustiko-artikulatsion belgilari bo'yicha atrofdagilar talaffuziga yaqin 
tovushlar bo'ladi. Bu holda bola tovush obrazining ta ’siri ostida oldinga 
bir qadam tashlaydi, chunki uning artikulatsiyasi berilgan tovushga to'g'ri 
kelishi kerak. Bunday turdagi rag'batlantirishlar ko'rinishidan chug'urlash 
tarkibini boyitishda birmuncha samaralidir.


Exolalik reaksiyaning uchinchi ko'rinishi ta ’siri ostida bu bosqich 
rivojlanishi uchun qo‘yilgan dastur, ayniqsa, uning tugashi bosqichida 
muayyan korrektivlar kiritilishi m umkin. A.D. Salaxova ham exolaliya 
hisobiga undoshlarni yumshoq va qattiq belgisiga ko‘ra bir-biriga qarshi 
q o‘yib m a’lumot olgani ehtimoldan xoli emas.
K o‘rinib turibdiki, chug'urlash bosqichining rivojlanishida bola 
eshituvining roli asosan ovoz reaksiyalarini umumiy rag'batlantirishga 
va bolaga nasliy berilgan artikulatsion programmasini m a’lum miqdorda 
tuzatishga olib keladi.
Bolada nutqiy rivojlanish programmasining mavjudligi haqidagi taxminlar 
to‘g‘ri bo‘lsa, u holda bu programmani amalga oshirishda muayyan qonuniyat 
mavjud bo‘lishi kerak, xususan chug'urlash bosqichida u yoki bu tovushlarning 
tartib bilan paydo bo'lishi singari. Biroq shu paytgacha bu munosabatda 
biron-bir qonuniyatlarni aniqlash imkoni bo'lmadi. Bolalar nutqi masalalari 
bilan shug'ullanuvchi olimlar ko'rinishidan yakdil fikrdalar: chug'urlash 
bosqichida hech qanday umumiy qonuniyatlar yo'q va nutqgacha bo'lgan 
davrda tovushlar tartibsiz paydo bo'ladi.
R. Yakobson (1940—1942) bu b o rad a shunday yozadi: nutq 
rivojlanishi jarayonida tovushlarni tanlash bevosita tilning tabiatiga bog'Iiq 
va m uam m o haqiqiy lingvistik hisoblanadi.
Chug'urlash bosqichi tovushlari masalasida shunisi xarakterliki, bu 
yerda ularni o 'z la sh tirish b o 'y ic h a h ech qanday k e tm a -k e tlik n i 
o'rnatishning keragi yo'q.
C hug'urlash bosqichidan nutqga o 'tish bosqichi asosida tovush 
zaxirasida yetishm aydigan tovushlarni o 'z la sh tirish sodir bo'lad i. 
Chug'urlashdan nutqga o'tish stadiyasi haqida xuddi shu nuqtayi nazarni 
A. Greguar (1947) ham aytib o'tadi.
Bu nuqtayi nazarni dastlab bizga ham to 'g 'ri bo'lib tuyulgan (V.I. 
Beltyukov, 1969). Biroq ish aslida boshqacha. Ko'pgina mualliflar ajoyib 
faktni ko'rsatadilar: bola chug'urlash bosqichidan nutqga o'tish vaqtida 
u yoki bu tovushlarni qandaydir "unutadi" va ularni boshqatdan 
o'zlashtirishni boshlaydi. A.D. Salaxovaning (1972) tadqiqotlari shunga 
guvohlik beradiki, bu holatda faqat muayyan tovushlarni "unutish" o'rin 
olmaydi: tilning butun tovush (fonema) sistemasi shakllanishi jarayoni 
qaytadan sodir bo'ladi.
Bunga bog'Iiq ravishda tabiiyki savol tug'iladi. Nutqning rivojlanishi 
jarayonida chug'urlash bosqichining roli qanday? Eng avvalo, chug'urlash 
bosqichi bolaning artikulatsion apparatini umumiy mashq qildirishni o'z 
ichiga oladi. Bundan tashqari bu bosqichning ahamiyati shunga olib 
keladiki, exolaliya va autoexolaliya asosida muayyan m otor-akustik 
aloqalar ishlab chiqiladi. T o 'g 'ri, shuni unutm aslik kerakki, bolalar 
artikulatsion apparatining rivojlanishi, xususan chug'urlash bosqichining 
rivojlanishi jarayonida motor-akustik aloqalarning hosil bo'lishi, harakatlar
73


koordinatsiyasi va idrokning eng past darajalarida sodir bo'ladi.
E nd i, c h u g 'u rla sh b o sq ich in in g riv ojlanishid a q a n d a y d ir bir 
qonuniyatlar mavjudmi, degan savolga qaytamiz.
Tovushlarning alohida hosil bo'lishi tartibi munosabati bo'yicha bir 
bolaning chug'urlashini 2 -bolaning chug'urlashishi bilan solishtirganda 
ayrim muailiflarning haqiqatan ham haqligi haqida tasawur paydo bo'ladi. 
Bu mualliflar ta’kidlaydilarki, bu yerda qandaydir qonuniyatlarni o'rnatish 
mumkin emas. Tovushlar faqat u yoki bu differensial belgilariga qarab 
guruhlangandagina nutq tovushlarining paydo bo'lish tartibi aniqlanishi 
mumkin.
Kuzatishlar shuni ko'rsatadiki, chug'urlash bosqichida tovushlarning 
birmuncha intensiv ko'payishi jarayoni umuman olganda 6 oylikdan keyin 
sodir bo'ladi va bir oydan ko'proq davom etadi. So'ng tovushlarning 
ko'payishi juda sekin va asta kechadi.
Endi tadqiqotdan olingan diqqatga sazovor faktlarni tahlil qilamiz.
Bu bosqichda burunli va og'izli undoshlar deyarli bir vaqtda paydo 
bo'ladi. Bu tovushlarning paydo bo'lishi vaqtida ayrim ustunlik tomonlar 
og'iz undoshlari tomonida ko'rindi, biroq turli bolalarda ayrim tovushlarga 
nisbatan og'iz undoshlaridan ko'ra burun undoshlarining o'zib ketishini 
kuzatish mumkin.
Chug'urlash bosqichida jarangli va jarangsiz undoshlar ham bir 
vaqtning o'zida paydo bo'ladi. Bu yerda esa jarangli undoshlar ayrim 
ustunliklarga egadir. Biroq bu yerda ham individual xususiyatlar mavjud: 
turli bolalarda alohida jarangsiz undoshlar juft jaranglilarga nisbatan 
ilgariroq paydo bo'ladi.
Qattiq va yumshoq undoshlarning paydo bo'lishi kuzatilganda dastlab 
yumshoq, so'ng qattiq til oldi undoshlari paydo bo'lar ekan: (t )-(t). Lab 
undoshlariga kelsak, til oldi tovushlariga qarama-qarshi o'laroq avval 
qattiq, so'ng yumshoq undoshlar hosil bo'ladi. Portlovchi va shovqinlilar 
ichida avval portlovchilar, so'ng shovqinlilar paydo bo'ladi.
Olingan bu ma’lumotdan ko'rinib turibdiki, bolalarda chug'urlash 
bosqichining paydo bo'lishida muayyan qonuniyatlar mavjud. Bir differensial 
belgilar bo'yicha bir-biridan taqqoslangan tovushlar guruhi chug'urlash 
bosqichida bir vaqtning o'zida paydo bo'ladi (og'izli-burunli, jarangli- 
jarangsiz). Boshqa differensial belgilari bo'yicha taqqoslangan tovushlar guruhi 
(qattiq-yumshoq, portlovchi-shovqinli) turli muddatlarda paydo bo'ladi.
T ad q iq otning yana bir xarakterli tom o ni shu n d an iboratki, 
chug'urlash davrining qaysi bosqichidan qat’i nazar juft tovushlarning 
biri paydo bo'lgani zahoti, ikkinchisi ham u bilan paydo.bo'ladi.
Demak, taqqoslangan barcha undosh tovushlar guruhidan chug'urlash 
davrida birm uncha kontrastlik guruh burunli va og'izli und o sh lar 
hisoblanadi. Deyarli shu darajada kontrastlik bo'lib, jarangli va jarangsiz 
undoshlar hisoblanadi. Til oldi yumshoq va qattiq undoshlar ham m a’lum
74


miqdorda bir-biriga yaqin.
Keyin, bir-biriga yaqinligi bo'yicha portlovchi va shovqinlilar qattiq 
va yumshoq lab undoshlari ketadi.
M a’lum un d o sh lar guruhi orasida ko n trastlikning asta-sek in
kamayishi tartibi sxemasi quyidagi ko'rinishda bo'ladi: 
burunli-og'izli; 
jarangli-jarangsiz; 
qattiq-yumshoq (til oldi); 
portlovchi-shovqinli; 
qattiq-yumshoq (lab).
Yuqorida bayon qilinganlarni umumlashtirib quyidagilarni aytish 
mumkin: chug'urlashning tovush tarkibi m a’lum miqdorda atrofdagilar 
nutqining tovush sistemasidan farq qiladi. Chug'urlash bosqichida ona 
tiliga adekvat tovushlardan ko'ra noadekvat tovushlar ko'proq. Iteratsiyani 
o 'z ichiga olgan b o 'g 'in stru k tu ra si rusch a s o 'z la rn in g b o 'g 'in
strukturasidan juda farq qiladi va bu holat, chug'urlash atrofdagilar 
nutqining bevosita taqlid mevasi emasligiga asos bo'ladi. Atrofdagilar 
nutqiga taqlid qilish uchun bolada bu davrda sensor va m otor markazlar 
hali to'la yetilmagan bo'ladi.
Bola hayotining birinchi yilining oxiriga kelib, unda nutqiy aloqada 
bo'lish ehtiyoji o'sib boradi. U bir nimani olishni, so'rashni, aytishni 
xohlaydi. Bu ehtiyoj bolaning butun faoliyatida ishtirok etadi va unda 
aktiv nutqning paydo bo'lishini belgilab beradi. Bir yoshning oxiridan 
boshlab bolada aktiv nutq rivojlana boshlaydi, birinchi so'zlar paydo 
bo'ladi. Ammo bu so'zlar ko'pincha faqat bolaga, uning yaqinlariga 
tushunarli bo'ladi.
Ikkinchi davr — bog'chagacha b o ‘lgan davr 
(biryoshdan 3 yoshgacha) 
Bolada birinchi so'zlar paydo bo'lgandan so'ng, tayyorlov davri tugab, 
aktiv nutqni egallash davri boshlanadi. Bu vaqtda bola atrofdagilar 
artikulatsiyasiga e’tibor beradi. U gapirayotganlar orqasidan so'zlarni 
ko'p marotaba takrorlaydi va o'zi ham so'zlarni talaffuz qiladi. Talaffuz 
vaqtida bola ba’zi tovushlarni noto'g'ri talqin etadi, o'rnini almashtiradi 
yoki o'z nutqida qo'llamaydi. Bu vaqtda bola bir so'z yoki tovushlar 
birikmasi bilan predmetni ham, iltimosni ham, his-tuyg'uni ham ifodalashi 
mumkin.
Bola hayotining 2—3-yiliga kelib, uning lug'at boyligi sezilarli darajada 
boyib boradi.
Shuni t a ’kidlash kerakki, ko‘pgina xilma-xil tadqiqotchilar bola lu g 'at 
boyligining o‘sib borishida turli raqam li m a ’lum otlarni k o 'rsa ta d ila r. Eng 
k e n g ta r q a lg a n m a ’lu m o tg a k o 'r a , b o la la r n in g l u g 'a t boyligini 
bog'chagacha b o ‘lgan davrda o'sishi qo'yidagi raqam larni k o ‘rsatadi:

yosh-u 6 oyda —10—15 ta so'z, 2-yilning oxiriga kelib - 300 ta 
so'z, 3 yoshga borganda — 1000 ta so'z.
75


Bola hayotining 3-yiliga kelib, nutqning grammatik tomoni shakllana 
boshlaydi. Avval bola o ‘z xohish va iltimoslarini bir so'z bilan ifodalaydi. 
Keyinchalik 1—2 ta so'zdan iborat sodda jum lalar paydo bo'la boshlaydi.
Uchinchi 
davr — 
m aktabgacha bo'lgan davr 
(3 yoshdan 6 yoshgacha).
Maktabgacha bo'lgan davrda bolalar birinchi navbatda artikulatsion 
jihatdan oson talaffuz etiladigan: lab-lab, lab-til undoshlari — 

Download 16,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   289




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish