p, b, m , f
e
va boshqalarni o'rganadilar. Artikulatsion jihatdan talaffuz etish qiyin
bo'lgan: shivirlovchi, sirg'aluvchi
(s, z, s h ,j , ch)
va sonor
(r, I),
til orqa
(k, g)
tovushlarini talaffuzini egallashda qiynaladilar. Shuning uchun
bolalar bu tovushlarni nutqda n o to 'g 'ri qo 'llay d ilar yoki talaffuz
etmaydilar.
3—7 yoshgacha bo'lgan davrda bolalarda eshitish malakalari rivojlanib
boradi, bu esa bolaning o'z talaffuzini nazorat qilishga imkoniyat yaratadi.
Ba’zi hollarda bola o'z kamchiligini to'g'rilaydi. Unda fonematik idrok
shakllanib boradi.
Bu davrda lug'at boyligining o'sishi davom etadi. Bolaning
4—6
yoshida uning aktiv lug'ati 3000—4000 ta so'zgacha yetadi. Lug'at boyligi
usib borishi bilan birgalikda nutqning grammatik tom oni ham rivojlanib
boradi.
Bola hayotining 4-yiliga kelib, ular o'z nutqlarida sodda va murakkab
gaplarni qo'llay boshlaydilar. 5 yoshga kelib esa, qo'shm a gaplardan
erkin foydalana oladilar. 5 yoshli bolalar qo'shim cha savollarsiz hikoya
va ertaklarni aytib berish qobiliyatiga ega bo'ladilar.
Bu davrda fonematik idrok sezilarli darajada rivojlanadi. Bola awal
unli va undoshlarni, so'ng sonor, shovqinli va sirg'aluvchi tovushlarni
ajrata boshlaydi.
Normada 4 yoshli bola barcha tovushlarni ajrata olishi, unda fonematik
idrok shakllangan bo'lishi lozim.
Bu vaqtga kelib tovushlarni to'g'ri talaffuzining shakllanishi tugallanadi
va bola har tomonlam a to'g'ri, aniq gapiradi.
To'rtinchi davr — maktab davri
(7 yoshdan 17 yoshgacha).
Bu davrning o'ziga xos tomoni shundaki, bolalar nutqining rivojlanishi
oldingi davrlardagiga nisbatan ongli ravishda ro'y beradi. Bu davrda bolalar
tovushlar analizi, nutqning grammatik qonuniyatlarnni egallaydilar.
Bu davrda nutqning yangi turi yozma nutq yetakchi rol o'ynaydi.
Grammatik konstruksiyalar ham murakkablashib boradi: chunki, agar,
qachonki kabi bog'lovchilarni ishlata boshlaydilar. Bu bolaning tafakkur
jarayonlari murakkablashib borayotganligini va bu nutqda o'z ifodasini
topayotganligini ko'rsatadi.
Bola nutqining rivojlanish jarayoni o'z vaqtida to'g'ri kechishi uchun
maxsus sharoitlar zarurdir.
Buning uchun:
— bola ruhiy va jismoniy jihatdan sog' bo'lishi;
76
— normal aqliy qobiliyatga ega bo'lishi;
— normal eshitishi va ko'rishi;
— yetarli darajada ruhiy aktivlikka ega bo'lishi;
— gaplashish ehtiyojiga ega bo'lishi;
— to 'g 'ri nutq muhitiga ega bo'lishi lozim.
B o la d a n u tq n in g n o rm a l riv o jla n ish i, u n g a d o im o yangi
tushunchalarni o'zlashtirib olishga, tevarak -atrof haqidagi bilim va
tasavvurini kengaytirishga imkoniyat yaratadi.
Shunday qilib, nutq, uning rivojlanishi tafakkurning rivojlanishi bilan
uzviy bog'liqdir.
Tekshirish uchun savol va topshiriqlar:
1. B ola n u tq in in g riv o jlan ish i n e c h a d av rn i o 'z ichiga o lad i? U n in g m o h iy a ti
n im a d a n iborat?
2. G .L . R o z e n g ra d -P u p k o n u tq riv o jlan ish in i q a n d a y d a v rla rg a a jra td i?
3. A .N . L e o n te v b o la n u tq in in g riv o jla n ish in i q a n d a y d av rlarg a a jra td i?
4. N u tq riv o jla n ish id a ta y y o rg a rlik d a v rin in g m o h iy a tin i o c h ib b erin g .
5. N u tq riv o jla n ish id a b o g 'c h a g a c h a b o 'lg a n d av r m a z m u n in i y o ritin g .
6. N u tq riv o jla n ish id a m a k ta b g a c h a b o 'lg a n d a v r m a z m u n in i y o ritin g .
7. N u tq riv o jla n ish id a m a k ta b dav ri m a z m u n in i y o ritin g .
8. T a d q iq o tc h ila r A .N . P e o z d e v a , G .L . R o z e n g a r-P u p k o , L .N . L e o n te v a ,
N .I. J in k in m a te ria lla ri aso sid a o n tn g e n e z ja r a y o n id a b o la n u tq in in g riv o jlan ish
d av rlari k o 'rs a tu v c h i sx em a tu zin g .
77
Do'stlaringiz bilan baham: |