M uxtor xudo yq ulov jurnalistikaga



Download 9,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/144
Sana08.04.2022
Hajmi9,51 Mb.
#538130
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   144
Bog'liq
Jurnalistikaga kirish.Qozoqboyev T. Xudoyqulov M

x u s u s iy
a t1- un8a 4° yiladigan asosiy talab 
uning publitsistikligidir. Jurnalist 
( r e p o r t e r )
reportajida avvalo jamiyatning 
shu kuni, ayni zamoni uchun ijtimoiy ahamiyatli fakt, voqea va hodisani 
tanlab oladi hamda unga shu kun, аУп! zamon nuqtai nazaridan 
yondashadi, tasvirlaydi, tahlil qiladi v a jam iyat uchun zarur, kerakli 
publitsistik xulosalar chiqaradi. Bu esa reportajda axboriy, xabardor qilish 
xususiyati bilan birlikda unda m a iu m darajada tahliliy tomonlari ham 
borhgini ko ‘rsatib turadi. Y a’ni, 
r e p o r t a j
sharh bilan yaqin turganligi 
boisidan reportyorlami sharhlovchilar 
h ^ m
deb yuritiladi.
Reportaj 
jam iyat 
hayotining 
ijtimoiy-siyosiy, 
iqtisodiy-ishlab 
chiqarish va madaniy-ma’naviy 
h a y o t i n i n g
barcha sohalarini qamrab
192


olishi, o'zida aks ettirishi mumkin. Y a ’ni, reportaj muhim ijtimoiy-siyosiy 
voqealar 
yuz 
berayotgan 
joylardan, 
paxta 
dalalaridan, 
sanoat 
korxonalaridan olib borilishi, ommaviy madaniy-ma’naviy tadbirlar
masalan, bayramlar, sport musobaqalari haqida hikoya qilishi mumkin. 
Shu bilan birgalikda reportaj kundalik, oddiy voqealar haqida emas, o‘z 
ijtimoiy ahamiyat jihatidan yangilik b o ‘lgan, endi voqea bo‘layotgan 
ijtimoiy hodisalarni aks ettiradi.
Reportaj aks ettirayotgan obyekti nuqtai nazaridan voqiy reportaj, 
mavzuiy (tematik) reportaj, muammoli reportaj, reportaj - sharh kabilarga 
bo'I mad I. Voqiy (voqeaband) reportaj hayotda yuz bergan biror muhim 
ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy yoki madaniy-ma’naviy voqea va hodisa haqida 
hikoya qiladi. Bunga mamlakat hayotida yuz bergan muhim ijtimoiy- 
siyosiy hodisalar — parlament majlisi, hukumat rahbarlarining rasmiy 
safarlari va uchrashuvlari, yirik anjumanlar haqidagi reportajlar misol 
bo'la oladi. Shuningdek, mamlakat hayotida yoki chet ellarda yuz bergan 
muhim favqulodda hodisalar - urush k o ‘rinishlari, terroristik hodisalar, 
tabiat hodisalari va boshqalar haqidagi reportajlar ham shu turga kiradi.
Mavzuiy reportajlar esa m a’lum mavzuga bagishlangan bo‘ladi. 
Masalan, jurnalist (reporter) jam iyat hayotidagi biror bir mavzu, masalan, 
biror shifoxonaning faoliyati, ilmiy muassasalarda olib borilayotgan ilmiy 
tadqiqot ishlari, yoki bolalarning yozgi dam olishlari kabi va boshqa 
mavzulami o ‘rganib, o'sha joylardan reportaj olib borishi mumkin. 
Bunday reportajlar shu sohada olib borilayotgan ishlami yoritadi, turli 
ilmiy, ishlab chiqarish jarayonlari haqida hikoya qiladi. Albatta, bu xil 
reportajlarda ham bu janrning asosiy xususiyatlari, shu jumladan 
publitsistik tadqiqot asosiy o ‘rin tutadi.
Muammoli reportaj esa hayotning m a’lum bir ijtimoiy-siyosiy, 
iqtisodiy yoki madaniy-ma’naviy muammolami yoritishga bag‘ishlangan 
b o ‘ladi.
Masalan, jurnalist hayotda uchraydigan giyohvandlik, ichkilikbozlik 
yoki biror boshqa noxush hollar haqida maxsus reportajlar tayyorlashi 
mumkin. Bunda u shu sohadagi fakt, voqea va hodisalarni chuqur o ‘rganib, 
tahlil qilib bu muammolar haqida jamoatchilik fikrini uyg‘otishi mumkin. 
Reportaj - sharh biror voqeani boshdan-oyoq tasvirlash, ko‘rsatishga
193


bag‘ishlanadi va o'sha voqeani sharhlab beradi. Bunga sport eshittirishlari, 
futbol sharhini misol keltirish mumkin.
Reportaj qaysi ommaviy axborot vositasida berilishiga qarab gazeta 
reportaji, jurnal reportaji, radioreportaj va telereportaj kabi xillarga 
bolinadi. Bunda reportajning asosiy janr xususiyatlari saqlangan holda 
o ‘zida ommaviy axborot vositalarning turli k o ‘rinishlarga xoslik ham 
mavjud b o iad i. Gazeta reportaji hajm jihatidan jurnal reportajidan farq 
qilishi mumkin. Jurnal reportajida esa gazeta reportaji singari tezkorlik 
talab etilmaydi, u biror voqea va hodisaning ichki mohiyatini ochib 
berishga, y a’ni, chuqur tahlilga asoslanishi mumkin. Gazeta va jurnal 
reportaji jurnalist (reporter)ning yuz bergan voqea va hodisani o ‘z k o ‘zi 
bilan ko‘rib, voqif b o iib keyin uni so‘z bilan tasvirlab berishni talab qilsa 
radio va telereportaj ko ‘pincha to‘ppa-to'g‘ri efirga uzatiladi. Hayotni 
suratlar vositasida yorituvchi fotoreportaj ham o ‘ziga xoslikni, fakt, voqea, 
hodisalarni sinchkovlik bilan topib, aks ettirishni talab etadi.
Reportajning qaysi xili bolm asin unda jurnalistning bevosita ishtiroki, 
“men”i sezilib turadi. Chunki u real voqelik bilan o ‘quvchilar 
(tinglovchilar, tamoshabinlar) o ‘rtasidagi vositachi, o ‘ziga xos “kanal” 
hisoblanadi. Y a’ni, o ‘quvchi, radiotinglovchi, teletomoshabin boiayotgan 
va hikoya qilinayotgan voqealarni jurnalist (reporter) k o ‘zi bilan ko‘radi, 
idrok etadi. Bu esa jumalistdan katta m as’uliyat va kasbiy mahorat talab 
etadi. Reporter voqea va hodisalar haqida oddiy xabar beruvchi emas, balki 
ularni tahlil etuvchi, baholovchi hamdir. Shu boisdan reportaj olib 
boruvchi jurnalist o ‘zi xabar qilayotgan, tasvirlayotgan voqeaning 
mohiyatini yaxshi bilishi, barcha tafsilotlaridan xabardor b o iish i lozim. 
Masalan, hukumat rahbarlarining rasmiy safarlari, uchrashuvlar, yirik 
anjumanlar va boshqa ijtimoiy-siyosiy mavzulardagi reportajlarda zarur 
m a’lumotlar oldindan tayyorlab qo ‘yilishi lozim. Favqulodda voqealar, 
tabiat hodisalari haqidagi reportajlarda esa garchi tasvirlanayotgan 
voqcalaming qanday rivojlanishi, qay xilda tus olishi oldindan ma’lum 
bolm asa-da, reportyor ularni ziyraklik bilan kuzatib borishi, biror muhim 
tafsilotni k o ‘zdan qochirmasligi, har bir ayrim ko ‘rinishlami o ‘z vaqtida 
sharhlab, tahlil etib borishi lozim. Bayramlar, ommaviy tadbirlar va 
ayniqsa sport musobaqalaridan olib boriladigan reportajlarda ham jurnalist
194


yuz berayotgan voqealar, sport musobaqasi va o'yinlarning borishi, 
jamoalar tarkibi va boshqalarni sinchiklab kuzatishi, tomoshabinga 
sharhlab borishi kerak. (Sport o‘yinidan olib boriladigan bu xildagi 
reportajlarda sharhga keng o ‘rin berilishi boisidan bu ishni bajaruvchi 
jurnalistlar sport sharhlovchilari deb nomlanadilar). Reportajning barcha 
xillarida yuqorida ta ’kidlanganidek, haqqoniylik, aniqlik birinchi o'rm da 
turadi.
Reporter uchun o ‘zi olib borayotgan, yozayotgan reportajida faktlar, 
voqealar haqqoniyligi, barcha tafsilotlar m a’lumligi bilan bir qatorda yana 
bu fakt, hodisa va voqealar tafsilotidan eng muhimlari, asosiylarini ajratib 
olish, ularni mushohada qila bilish ham talab etiladi. Bu esa jurnalistik 
topqirlik bilan publitsistik idrok orqali amalga oshiriladi.
Y a’ni, reporter o ‘zi tasvirlayotgan voqea va hodisalarni haqqoniy, 
umuminsoniy va milliy tamoyillar asosida, eng Ug or insoniy tuyg'ular 
asosida baholay olishi, ulardan eng to ‘g cri va zarur xulosalar chiqara 
bilishi lozim. Bu undan keng bilim, yuksak madaniyat va m a’naviyatni 
talab qiladi.
Reporterdan yuqorida keltirilgan xususiyatlardan tashqari yana 
alohida ko ‘ra bilish va ko‘rganlarini mushohada qilgach jonli ta’sirchan 
qilib yoza bilish, (hikoya qila bilish) layoqati, o ‘tkir publitsistik iste’dod 
ham talab etiladi. Bu — reportaj uchun kerakli, o ‘z o'm idagi iboralar topa 
bilish, tushunarli tilda ta’sirchan gapirib berish, hikoya qila olish demakdir.
Reportajning tili va uslubi uning mazmuni, material oldiga qo'yilgan 
maqsaddan kelib chiqadi. Rasmiy uchrashuvlar, anjumanlar haqidagi 
reportajlar asosan rasmiy-publitsistik tilda olib borilsa, favqulodda 
voqealar, tabiat hodisalari haqidagi va boshqa mavzulardagi reportajlar ana 
shu mavzu va voqealar uchun lozim bo'lgan tarzda olib borilishi (yozilishi) 
mumkin. Bunday reportajlarda kerakli o'rinlarda obrazli tasviriy vositalar, 
his-tuyg'uli o'rinlar ham bo'lishi mumkin. Jumladan sport musobaqalari, 
futbol, tennis, boks va boshqa sport o'yinlaridan olib borilayotgan 
reportaj-sharhlarda ham shunday bo'lishi mumkin. Bu - reportajning rang- 
barang janriy xususiyatlarga ega ekanligini ko'rsatadi.
Shuni aytish kerakki, hayotni bevosita jonli tasvirlash uslubi 
publitsistikada asosiy o ‘rin egallashi bilan birlikda adabiyot va san’at
195


asarlariga ham kirib borishi mumkin. Bunga misol sifatida reportaj usulida 
yozilgan roman, qissa, sahna asari yoki kinofilmlarni k o ‘rsatish mumkin.
Reportaj janri jahon jurnalistikasi tarixida keng qo‘llanilib kelingan. 
0 ‘zbek jurnalistikasiga bu janr asosan o ‘tgan asrning o ‘ttizinchi yillarida 
kirib keldi. Mustaqil respublikamiz jum alistikasida reportaj janri keng 
o'rin olib kelmoqda. Gazeta va jumallarim izda bosilayotgan, radio va 
televideniye orqali berib borilayotgan reportajlarda mamlakatimizda 
amalga oshirilayotgan ulkan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy - ishlab chiqarish 
va madaniy-ma’naviy islohotlar, hayotimizning keng jabhasi, xalqimizning 
yaratuvchilik mehnati o'zining yorqin aksini topmoqda.
“Xalq so‘zi” gazetasining 2005-yil 1-sentyabr sonida O 'zA muxbiri 
N.Ochilovning “Mangulikka muhrlangan xotira” sarlavhali reportaji 
bosilgan. Rasmiy tusda yozilgan bu reportajda poytaxtning Yunusobod 
mavzusida barpo etilgan “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuida qatag‘on 
qurbonlarini yod etish munosabati bilan o'tkazilgan marosim haqida 
hikoya qilinadi. M uallif o ‘z reportajini bu marosimning ijtimoiy tarixi 
haqidagi kirish so‘zlari bilan boshlaydi:
“Istiqlol xalqimizga o ‘zligini anglash, milliy qadriyatlarimizni tiklash 
va yanada boyitish, ona-Vatanimiz hurligi y o ‘lida jo n fido qilgan 
ajdodlarirriizning porloq xotirasiga ehtirom k o‘rsatish imkonini berdi,- deb 
yozadi: ti. Muslabid tuzum davrida qatag‘on qilingan minglab o ta- 
bobolarimizning nohaq qoralangan muborak nomlari yana poklandi. 
Vatanimiz: istiqloli y o ‘lida shahid ketgan qatag‘on qurbonlari xotirasi 
abadiylashtirildi”.
Reportaj 
davomida 
mazkur 
anjumanning 
qanday 
o ‘tganligi 
tasvirlanadi va unda 0 ‘zbekiston Prezidenti I.A.Karimovning marosimda 
ishtirok etgan jamoatchilik vakillari va jurnalistlar bilan uchrashib, ular 
bilan respublikamiz hayotining muhim masalalari b o ‘yicha o ‘z fikr- 
mulohazalarini bildirganligi xabar qilinadi.
Gazetaning shu sonida 0 ‘zA muxbiri G ‘ulom Mirzoning “Ozod 
xalqning ulug‘ bayrami” sarlavhali reportaji ham berilgan. Unda muallif 
mustaqillikning 14 yilligi munosabati bilan poytaxtimiznmg Alisher 
Navoiy nomidagi milliy bog‘ida bo ‘lib o ‘tgan bayram tantanalari haqida 
so ‘z boradi. Mazkur gazetaning 3-sentyabr sonida esa jurnalist
196


E.Bolievning “Osmoni musaffo yurtga bayramlar yarashadi” degan 
reporlaji bosilgan. Unda mamlakatimiz viloyatlari, shahar va qishloqlarida 
Mustaqillik bayramining qanday nishonlanganligi haqida hikoya qilinadi. 
M uallif o ‘z reportajida intervyu janridan foydalanadi va viloyatlardagi 
muxbirlarning bayram tantanalari qanday o ‘tganligi haqidagi xabarlarni 
umumlashtiradi. Yuqoridagi reportajlar bu janrning voqeaga bag‘ishlangan 
turiga kiradi. Ammo negadir respublikamiz jurnalistikasida joylardan 
olingan va hayotda bo ‘ladigan turli voqealarga bag‘ishlangan reportajlar 
kam uchraydi. Bu achinarli hoi, chunki butun dunyo jurnalistikasi 
sahifalarida reportaj deyarli birinchi o ‘rinda turadi, o ‘quvchilar hayotda 
shu kunda bo‘lib o ‘tgan voqea va hodisalar bilan ana shu janr vositasida 
tanishadilar. O 'zbek jurnalistikasidagi bu kamchilik tezda tuzatilishi kerak.

Download 9,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish