Reportaj bo‘yicha reyting topshiriqlari
1. Reportaj so ‘zining lug ‘aviy та 'nosini ayting.
2. Reportajning boshqa ju m a listik a janrlaridan fa r q i nimada?
3. R eportajda ham xabar, ham suhbat ja n ri xususiyatlaridan tashqari
yana qanday tasviriy vositalar ishtirok qiladi?
4. Reportaj-sharh ja n rig a m isol keltiring.
5. Reportaj xillarini sanang.
6. Reportajning barcha xillariga qo ‘yilgan talablarni izohlang.
7. R eportaj janrining ustalarini sanang.
8. Sizningcha reportaj ja n ri qaysi OAVda ко ‘p uchraydi?
Reportaj bo‘yicha nazorat savoliari
1. Reportajning bosh xususiyatini ayting.
2. R eportaj ja m iy a t hayotining qaysi sohalarini aks ettiradi?
3. Reportajning qanday turlarini bilasiz?
4. Voqiy reportaj bilan mavzuiy reportaj о ‘rtasidagi farqn i ayting.
5. Muammoli reportajga m isollar keltiring.
6. Gazeta va ju rn a l reportaji bilan radio yo k i televideniye reportaji
о ‘rtasidagi farqn i ayting.
’’
197
9-BOB. TAHLILIY PUBLITSISTIKA
M a’lumki, jurnalistika ijtimoiy hayotni aks ettirishning bir k o ‘rinishi,
uni bilish, tadqiq etish va unga qaytadan ta ’sir etishning muhim vositasidir.
Jumalistikaning jam iyat hayotmi bilish, tadqiq etishida publitsistikaning
tahliliy qismi asosiy rol o ‘ynaydi. Tahliliy publitsistika axboriy - xabardor
etish publitsistikasining tadrijiy davomi b o iib , u insoniyatning o ‘zini o ‘rab
turgan dunyoni bilishdagi ikkinchi muhim qadami, real borliqning inson
ongidagi in’ikosining ikkinchi qatlamidan kelib chiqadi. Inson tashqi
dunyoni anglashda oddiydan murakkabga, yakkadan umumiyga qarab
borishi tabiiy. Bu dunyoni bilishning induktiv (k o ‘rsatish, m o ijalg a olish)
usuli b o iib , fandagi ilmiy-tadqiqotlarda bosh o ‘rinni egallaydi. Inson o ‘zi
ko ‘rgan, guvohi b o ig a n voqea va hodisalarni boshqalarga yetkazadi, xabar
qiladi, hikoya qilib beradi, tasvirlaydi. Bu axboriy publitsistikaning kelib
chiqishiga sabab b o ig a n ijtimoiy-tarixiy hoi. Ammo inson bu bilan
chegaralanib qolmaydi, u hayotda k o ‘rgan, guvohi b o ig an ayrim faktlarni
bir-biriga qo ‘shadi, bir-biridan ajratadi, ularning kelib chiqishi sabablari va
pirovard oqibatlarini bilishga intiladi, ularni baholaydi, m a’qullaydi yoki
inkor qiladi va hokazo. Bu esa deduktiv (bilmoq, mohiyatni anglamoq)
usul bilan dunyoni bilish, tahlil qilish, xulosa chiqarishdan iborat b o iib ,
fan nazariyasining asosini tashkil etadi, publitsistikada esa uning tahliliy
qismmi tashkil etadi.
Agarda dunyoda mavjud b o ig an fakt, yuz bergan voqea, hodisalar
uning tashqi, k o‘zga k o iin ib turgan yuza qatlaminj tashkil etsa bu
faktlarning asosi, voqea va hodisalarni asl mohiyati, obyektiv qonuniyati
ularning ko‘zga ko‘rinmaydigan ichki, chuqur qatlamlarini hosil qiladi,
odamzod bu qatlamga yetib borish, anglash uchun ikkinchi bir,
oldingisidan chuqurroq bilish usuli - tahlil va tadqiqni ishga soladi. Ana
shu qonumyat tahliliy publitsistikada o ‘z ifodasini topadi. Agarda inson
hayotdagi fakt, voqea va hodisalarni jumalistikadagi axboriy publitsistika
janrlari orqali k o ‘rib, bilib, o ‘qib xabar topsa, tahliliy publitsistika orqali
ichki mohiyatini bilib oladi, anglaydi, o‘zi uchun zarur xulosalar chiqaradi,
ijtimoiy faoliyatini belgilaydi. Y a’ni, axboriy publitsistika inson ongining
ustki qatlamlariga etib kelsa, tahliliy publitsistika ongning chuqur
198
qatlamlariga kirib boradi va ta’sir k o lsatad i, insonga olamni bildiradi, uni
zarur tajribalar, nazariya, bilimlar bilan qurollantiradi.
Tahliliy publitsistika xuddi axboriy publitsistika singari hayotni tadqiq
etishda
fan,
ilmning tekshiruv-tadqiqot,
umumlashtiruv,
yuqorida
keltirilganidek, induksiya va deduksiya usullaridan foydalanadi. Bu - fan
bilan jurnalistikaning, publitsistikaning dunyoni bilishdagi bir-biriga
yaqinligi, umumiy xususiyatlarga ega ekanligini yana bir bor isbotlaydi.
Ammo tahliliy publitsistikaning fandan, ilmiy tadqiqotdan farqi shundaki,
u hayotdagi fakt, voqea va hodisalarni umuman, ilmiy zarurat nuqtai
nazaridan emas, balki jamiyatning shu kuni, ayni zamoni manfaatlari
nuqtai nazaridan o ‘rganadi, tahlil etadi. Shu bilan birgalikda u fan singari
o cz sohasiga tegishli b o ‘lgan barcha fakt voqea va hodisalarni bir boshdan
tekshirmaydi, balki shu kun, shu zamon uchun ijtimoiy ahamiyatga ega
boTgan eng muhimlarini tanlab oladi va o ‘zida aks ettiradi. Y a’ni, u shu
kun, shu zamonni shu kunida, shu zamon kishilari uchun aks ettiradi va
jamoatchilik fikrini uyg‘otishga harakat qiladi. Binobarin, tahliliy
publitsistikaning bosh talabi ijtimoiy ahamiyatlilik, publitsistiklikdir.
Tahliliy publitsistika ijtimoiy borliqni aks ettirish k o ‘rinishlaridan
b o lm ish adabiyot va san’at bilan ham yaqin aloqada b o iad i, ulardagi
ayrim tasviriy vositalaridan foydalanadi. Ammo u hayotni obrazlar
vositasida tasvir etuvchi adabiyot va san’atdan hayotni tasvirlashda aniq va
muayyan faktlarga asoslanishi hamda m a’lum ijtimoiy maqsadlarga xizmat
qilishi, boshqacha qilib aytganda publitsistikaga oidligi bilan ajralib turadi.
Tahliliy publitsistika ham xuddi axboriy publitsistika kabi jamiyat
hayotining barcha tomonlarini
qamrab
oladi.
U
ijtimoiy-siyosiy
publitsistikada ham, iqtisodiy-ishlab chiqarish publitsistikasida ham, ilmiy
publitsistikada ham hamda publitsistikaning boshqa sohalarida ham asosiy
o ‘rm tutadi. Inson faoliyatining dunyoni bilish, ijtimoiy anglash borasidagi
barcha sa’y-harakatlari, intilishlarida tahliliy publitsistika hoziru-nozirdir.
Tahliliy publitsistika orqali inson jam iyat qonuniyatlarihi o ‘rganadi,
iqtisodiyot, fan-madaniyat, adabiyot va san’at va boshqa sohalarda mavjud
b o ig a n turli masala va muammolardan ogoh b o iad i. Boshqacha qilib
aytganda, tahliliy publitsistika kishilarga ijtimoiy-siyosiy, huquqiy,
199
axloqiy, ilmiy, tarixiy, falsafiy, badiiy-estetik bilim beradi, ularni
tarbiyalaydi.
Tashqi dunyoni bilishda, uning qonuniyatlarini anglab yetishda bilish
quroli bo ‘lgan nuqtai nazar, g ‘oya va mafkura ham asosiy o ‘rinni
egallaydi. Y a’ni, inson dunyoga qaysi nuqtai nazardan, qanday ta ’limot,
qaysi bir g ‘oya, mafkura asosida yondashadi - hamma gap shunda. Barcha
fanlar, adabiyot-san’at singari publitsistika hamda yuqoridagi kabi m a’lum
bir dunyoqarashga, ta ’limotga, g‘oya va mafkuraga asoslanadi. Uning
muhim qismi b o ig a n tahliliy publitsistika eng haqqoniy, ilg‘or
taraqqiyparvar ta ’limot, mafkura va g ‘oyalarga asoslangandagina hayotni
to ‘g Lri, haqqoniy yorita oladi va o 'z ijtimoiy vazifasini muvaffaqiyatli ado
etadi. Y a’ni, ilg‘or, davr talablariga javob bera oladigan g ‘oya, mafkura va
ta ’limot tahliliy publitsistikani amq, ravshan maqsadlarga yo'naltiradi,
unga nimani va qanday tahlil etishni belgilab beradi. Aksincha, qoloq.
eskirgan, zamon talablariga javob bermaydigan g ‘oya va qarashlarga
asoslangan tahliliy publitsistika esa cheklangan b o iad i va inqirozga
uchraydi. Bunday publitsistik asarlar joy olgan jurnalistikani omma rad
etadi, o ‘qimaydi.
Tahliliy publitsistika jumalistikaning tahlil ijtimoiy
vazifasini
bajarishida xizmat qiladi. Shu boisdan u ommaviy axborot vositalarining
barcha ko ‘rinishlarida keng qoTlaniladi.
Ammo ommaviy axborot vositalari ko ‘rinishlari o ‘z xususiyatiga
qarab tahliliy publitsistikaga u yoki bu darajada, ko'proq yoki kamroq
o 4 in berishi mumkin. Masalan, gazetalar jamiyatning shu kundagi, ayni
zamondagi hayotim yoritar ekan, o 'z sahifalarida axboriy publitsistikaga
nisbatan k o ‘proq o ‘rin bergani holda tahliliy publitsistikaga nisbatan
kamroq o ‘rm ajratadi. Jurnallar esa jamiyat ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va
madaniy-ma’naviy hayotining chuqur qatlamlarini yoritar ekan tahliliy
publitsistikaga gazetalarga nisbatan keng o ‘rin beradi. Radioeshittirishlar,
televideniye va mtemetda tahliliy publitsistika axboriy publitsistika bilan
deyarli teng o ‘rin oladi.
Tahliliy publitsistika axboriy publitsistika bilan uzviy bogliq.
Axboriy publitsistika materiallarida tahlil elementlari mavjud bolganidek
tahliliy publitsistikada ham axboriy, xabardor etishlik xususiyatlari ham
200
mavjud. Publitsistikaning bu har ikki turi bir-birini toMdirib keladi. Bu
tahliliy publitsistikaning janrlarida ham o ‘z ifodasini topadi.
Hayotning chuqur qatlamlarini yoritishga m o‘ljallangan tahliliy
publitsistika
o ‘ziga
xos
janrlarga
ega.
Bular
korrespondensiya
(kengaytirilgan xabar), suhbat, maqola, taqriz, sharh, xat kabilardan iborat
bo'lib, ularning har biri o ‘z janriy xususiyatlariga ega. Jumladan,
korrespondensiya axboriy publitsistikani tahliliy publitsistika bilan
bog‘lovchi janr bo‘lib, hayotdagi faktlar, voqea va hodisalar tahliliga
bag‘ishlanadi. Suhbat janri esa uning boshlang‘ich k o ‘rinishi b o ig an
so‘rab-surishtirish, intervyuning mantiqiy davomi hisoblanadi. Tahliliy
publitsistikaning asosiy janri bo ‘lmish maqola esa jam iyat hayotining
barcha sohalaridagi muhim masala va muammolarini aks ettirish, hayot
voqealarini kengroq tushuntirish, sharhlab berish vazifasini bajaradi.
Taqriz janri ilm-fan, adabiyot va san’at asarlariga baho berish, ulami
tahlil etishga m oijallangan.
Xat janri jamoatchilik fikrini uyg‘otishning muhim vositasi sifatida ish
ko ‘radi. Tahliliy publitsistikaning bu xildagi janriy rang-barangligi uning
jamiyat hayotini barcha sohalarini qamrab olish va chuqur ijtimoiy
qatlamlarga kirib bora olishdan iborat ijtimoiy vazifasidan kelib chiqadi.
Tahliliy
publitsistika shu bilan birgalikda ommaviy axborot
vositalarini turli k o crinishlaridan joy olishiga qarab jumalistika, radio va
televideniye tahliliy publitsistikasiga b o iin ib ketadi va shunga binoan
uning janrlari ham turlicha tus oladi.
Tahliliy publitsistikaning o ‘z ijtimoiy vazifasini muvaffaqiyatli bajara
olishi uning qanday jurnalistikada ish k o ‘rishiga, qaysi mafkuraga xizmat
qilishiga bevosita bogliqdir. Yakka hukmdorlar manfaatiga xizmat
qiluvchi jurnalistikada tahliliy publitsistika cheklangan boTib, o ‘sha
hukmdorlar manfaatiga xizmat qiladi. Kommunistik jurnalistikada esa u
yakka hokimlik vositasiga aylandi. Faqat demokratik tuzum hukm surgan
jamiyat jurnahstikasidagma tahliliy publitsistika chinakam taraqqiyot
uchun xizmat qiladi. O cz milliy mustaqilligiga erishgan va demokratik
tuzum, adolatparvar fuqarolik jamiyati tuzish yoTidan borayotgan
respublikamizda tahliliy publitsistika umuminsoniy qadriyatlar, ilg‘or
201
qarashlarni o ‘zida aks ettirib, jamiyat hayotining eng muhim masalalarini
tahlil etib, jamoatchilik fikrini uyg‘otishga xizmat qilib kelmoqda.
Gazetalarimiz, jurnaliarimizda bosilayotgan, radio va televideniyeda
e’lon qilinayotgan tahliliy publitsistika materiallarida shu kunimizning eng
dolzarb masalalari ocz ifodasini topmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |