M uxtor xudo yq ulov jurnalistikaga


Hisobot bo‘yicha reyting topshiriqlari



Download 9,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/144
Sana08.04.2022
Hajmi9,51 Mb.
#538130
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   144
Bog'liq
Jurnalistikaga kirish.Qozoqboyev T. Xudoyqulov M

Hisobot bo‘yicha reyting topshiriqlari
1. Jurnalistika hisoboti degan iborani sharhlang.
2. H isobot shaklan necha xilga bo ‘limshini t a ’riflab bering.
3. Rasmiy yoki muammoli

tahliliy hisobot haqida so ‘d a b bering.
4. H isobotlar turlarini sanang.
186


5.. Sharhli hisobotga m isol ayting.
6. Gazeta-jurnal hisoboti bilan televideniye va radio hisoboti
orasidagi farqni bilasizmi?
7. 
A dabiy-badiiy yoki hajviy uslubdagi hisobotlarni sharhlang.
Hisobot bo‘yicha nazorat savollari
1. Qisqa va batafsil hisobotni tushuntirib bering.
2. Rasmiy va norasmiy hisobotga misol keltiring.
3. H isobotlarning umumiy hamda biror mavzuga qaratilgan turlari
haqida aytib bering.
4. Radio va telehisobotning о ‘ziga xos xususiyati nimadan iborat?
8.3. Jntervyu
Ommaviy axborot vositalarida keng qoilaniladigan axboriy janrlardan 
biri intervyudir. Bu so ‘z inglizcha b o iib “so‘rab olish, surishtirish” degan 
m a’noni bildiradi. Mazkur janrning jurnalistikada keng uchrashining 
sababi shundaki hayotdagi har bir fakt, voqea va hodisaning qanday b o iib
o ‘tganligi, tafsiloti odatda shu faktdan xabardor b o ig an , voqea, hodisani 
ko‘rgan-bilgan odamlardan so‘rab-surishtirib bilinadi, keyingina biror 
janrdagi jumalistika materialiga asos boiadi. Shu boisdan so‘rash, 
surishtirish avvalo, hayotni bilish vositasi b o lsa , uning jurnalistikadagi 
aksi esa axboriy publitsistikaning eng muhim, keng tarqalgan, ommabob 
janri hisoblanadi. Bu janr jamiyat hayotining barcha — ijtimoiy-siyosiy, 
iqtisodiy-ishlab chiqarish, madaniy-ma’naviy hayotining barcha sohalarida 
qollaniladi. Shu bilan birgalikda u ommaviy axborot vositalari - gazetalar, 
jurnallar, radio, televideniye, axborot agentliklari, mternetdan doimiy joy 
olib keladi. Avvalo intervyu rasmiy va norasmiy xillarga boiinadi. Rasmiy 
intervyular asosan hukumat rahbarlarining faoliyati bilan b o g liq b o ig an
biror muhim voqea - rasmiy uchrashuv, safar, yirik anjuman va zarur 
sanalarga va boshqa davlat ahamiyatiga ega b o ig an tadbirlarga 
baglshlanib o ‘tkazilgan press-konferensiyalardan beriladi. Norasmiy 
intervyu esa jurnalistlar tomonidan u yoki bu voqea, hodisa haqida 
yoziladi.
187


Intervyu shakl jihatidan ikki xil — axboriy va tahliliyga bo‘linadi. 
Axboriy intervyuda so‘rov, surishtiruv natijasida olingan fakt, aniqlangan 
voqea va hodisa haqida xabar qilinadi hamda bu xabar, axborot kim 
tomonidan aytilganligi, fakt va m aium otlar kimdan olinganligi aytilib, 
qisqacha tarzda berilishi mumkin.
Bu jihatdan u xabar janriga yaqin turadi. Tahliliy intervyu esa suhbat 
deb ataladi va unda tahliliy publitsistika xususiyatlari asosiy o ‘rin 
egallaydi. Shuni ta kidlash lozimki, k o ‘p hollarda intervyuning axboriy va 
tahliliy xususiyatlari birlashib ketishi, y a’ni u orqali ham xabar va 
m a’lumotlar berilishi va fikr-mulohazalar bildirilishi ham mumkin.
O cz tuzilishi jihatidan intervyu ikki xil- intervyu dialog va intervyu 
monolog shaklida ham boTishi mumkin. Intervyu dialogda muxbir va 
suhbatdosh o'zaro savol-javob qilishadi. Bu savol-javob tayyorlanish 
jarayonida to ‘g ‘ridan-to‘g ‘ri og'zaki ko‘rinishda yoki yozma savol-javob 
tarzida olib boriladi. 
Respublikamizning mashhur kishilari, fan arboblari, 
yozuvphilar, san’atkorlar, ishlab chiqarish ilg‘orlari, tadbirkorlardan 
olingan intervyular jumalistikamizda, radio va televideniyeda turli ruknlar 
ostida tez-tez berib boriladi.
K o‘rimb turibdiki, intervyu janrining bu asosiy ko‘rinishi jamiyat 
hayotining barcha muhim tomonlari haqida xabar berishda keng 
qoTlaniladi.
Intervyuning ikkinchi bir ko ‘rinishi intervyu monolog boTib, unda 
muxbir bergan birgina savolga suhbatdosh tomonidan berilgan javob o ‘z 
aksini topadi. Bunday intervyu odatda hayotdagi birorta muhim ijtimoiy, 
iqtisodiy, madaniy-ma’naviy masala yoki muammoni yoritish uchun 
qoTlaniladi. Bunda suhbatdoshning javobi uning tilidan yoki jurnalistning 
tilidan, sharhlanib berilishi mumkin. Bunday intervyu odatda hajm jihatdan 
dialog-intervyudan kichikroq boTadi.
Intervyuning yana bir shakli jurnalistika anjumani — press- 
konferensiyalardan olinadi va ularda ommaviy axborot vositalari 
muxbirlariga hayotning muhim masala va muammosi haqida m a’lumot 
beriladi hamda jurnalistlarning savollariga javob qaytariladi. Bu usul 
umumjahon miqyosida keng qoTlanilib kelinadi. Respublikamizda ham
188


ijtimoiy hayotning muhim masalalari b o ‘yicha press-konferensiyalar 
muntazam ravishda o ‘tkazib turiladi.
“To‘g ‘ridan-to‘g‘ri muloqot” rukni ostida beriladigan intervyularda 
esa biror bir davlat arbobi k o ‘pchilikning savollariga javob beradi. Bunday 
o ‘ziga xos intervyu ko‘pincha radio va ayniqsa televideniye orqali 
o ‘tkaziladi. Biror mavzu bo‘yicha ko ‘cha-ko‘yda o ‘tkinchilardan fikr 
so‘rash, sud jarayonida intervyu olish ham ana shular jumlasidandir. 
Shuningdek, tahririyatga kelgan xatlar, maxsus so‘rovnomalar tarqatish 
orqali savollarga javob olib borish ham mazkur janrning muhim 
k o‘rinishlari hisoblanadi.
K o‘rinib turibdiki, intervyu janri turli, rang-barang ko ‘rinishlarga ega 
bo‘lib, ular ijtimoiy hayotni keng va chuqur yoritish, undagi muhim fakt, 
voqea va hodisalardan o ‘quvchilarni xabardor qilish, jamoatchilik fikrini 
uyg‘otishga xizmat qiladi. Eng ommabop, tezkor va ta’sirchan bu janr 
jurnalistdan juda katta mehnat, topqirlik va mahorat talab qiladi. Jurnalist 
avvalo hayotni muttasil kuzatib borishi, undan ijtimoiy ahamiyatli, 
o ‘quvchilarning qiziqishini uyg'otadigan fakt, voqea va hodisalarni qidirib 
topishi, ular haqida kengroq m a’lumot bera oladigan odamlarni aniqlashi, 
ularni suhbatga tortishi, hamda zarur m a’lumotlami ola bilishi lozim. 
Intervyuni yozish (tayyorlash) chog‘ida jurnalist avvalo faktlaming 
aniqligi, voqea, hodisa tafsilotlarining haqqoniyligiga e’tibor berishi lozim.
Intervyuning qaysi shaklda yozilishi uning qaysi mavzu, masala va 
muammoga bag‘ishlanganligi, ijtimoiy ahamiyatga bog‘liq.
Jurnalist intervyu olishda ma’lumot olayotgan odamga o ‘sha voqea- 
hodisaning mohiyatini ochish uchun zarur b o ‘lgan savollami o ‘z vaqtida 
bera olishi va ularga tegishli javob ola bilishi lozim. Jurnalist m o‘ljalga 
uradigan, qisqa, lo‘nda savollar berib, suhbatdoshdan ham shunday javob 
olishga erishishi muhim. Keraksiz tafsilotlar, ortiqcha so‘zlar intervyu 
uchun to‘g ‘n kelmaydi, uning ahamiyatini pasaytiradi. Eng muhirhi 
k o ‘pchilikka, jamoatchilikka yangilik, yangi fakt, yangi m a’lumotlar 
yetkazishdir.
Intervyuning kompozitsiyasiga kelsak uning qay tarzda tuzilishi 
yuqorida aytganimizdek uning mavzusidan va jurnalist tomonidan 
tanlangan shakldan kelib chiqadi. Bu borada tayyor, k o ‘p uchraydigan
189


shablon tuzilishlardan qochib, original, ijodiy uslub topilishi lozim. 
Intervyuning tili va uslubi masalasiga kelsak u odatda jiddiy, publitsistik 
tilda yoziladi.
Intervyu janri jahon jumalistikasining asosiy janri hisoblanadi. 
Dunyoda chiqib turadigan deyarli barcha gazetalar, jurnallar sahifalarida 
bu janrga oid materiallarni ko‘plab o ‘qish mumkin. 0 ‘tgan asrning 
oxirlarida rus jumalistikasida taoliyat ko ‘rsatgan mashhur jurnalist 
V.Peskov intervyu janrining ustasi edi. Uning «Komsomolskaya pravda» 
gazetasining deyarli har sonida bosiladigan qisqa, lo ‘nda, ammo 
sermazmun mtervyularini gazetxonlar qiziqib o ‘qirdilar.
Jurnalistning 
1962-yil 
12-aprelda koinotga uchirilgan birinchi 
kosmonavt 
Yu.Gagarindan 
olgan 
intervyusi 
insonning 
koinotga 
chiqishidek tarixiy voqeaning buyuk mohiyatini ochib bergan qisqa, yorqin 
asar sifatida jurnalistika tarixida qolgan edi.
Oczbek jumalistikasida ham intervyu janri o‘ziga xos o'ringa ega 
bo ‘lib, bu janrning ham ustalari mavjud. O'tgan asrning ikkinchi yarmida 
“Qizil 0 ‘zbekiston” gazetasida faoliyat ko‘rsatgan jurnalist Abdulla 
Po‘latov ham bu janrning ustasi sanalar edi. U har kuni gazeta uchun biror 
qiziqarli, “tesha tegmagan” yangilik topish uchun tinmay izlanar, ter 
to‘kardi. U gazeta sahifalarida yoritilgan ana shunday ijodiy yorqin 
intervyulari, xabarlari uchun o‘z kasbdoshlari tomonidan “axborot qiroli” 
deb nom olgan edi.
Mustaqil 0 ‘zbekiston jurnalistikasi, radio va televideniyesida shu 
kunda ham intervyu janridan keng foydalanib kelinmoqda. Bu ommabop 
janr respublikamiz ommaviy axborot vositalari uchun ijtimoiy-iqtisodiy va 
madaniy-ma’naviy sohalardagi eng dolzarb, qiziq va kerakli fakt va 
m a’lumotlami o ‘quvchiga yetkazishda muhim rol o ‘ynaydi. “Xalq so‘zi” 
gazetasining 2005-yil 31-avgust sonida jurnalist U.Hakimjonovning 
mashhur 
о ‘zbek 
bokschisi 
Muhammadqodir 
Abdullaevdan 
olgan 
intervyusi o rin olgan. Unda muxbir bokschiga qisqa-qisqa savollar beradi 
va shu xilda javoblar oladi. Bu materialda o ‘zbek sport ustasining chet 
ellardagi boks bo‘yicha bo‘lgan “jang”larda erishgan yuksak natijalari va 
uning kelgusidagi rejalari yorqin bayon etib berilgan. “0 ‘zbekiston ovozi” 
gazetasining 2005-yil 30-iyul sonida bosilgan “San’atkor bilan uchrashuv”
190


deb nom olgan intervyusi esa san’at masalalariga bag‘isblangan. Jurnalist 
F.Fayziev taniqli san’atkor Muyassar Razzoqovadan uning ijodidagi 
yangiliklami so‘rab biladi va gazetxonlarga m a’lum qiladi..
Intervyu radio va televideniyening ham eng k o ‘p qoMlamladigan, 
doimiy janri hisoblanadi.

Download 9,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish