M uxtor xudo yq ulov jurnalistikaga


Tahliliy publitsistika bo‘yicha



Download 9,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/144
Sana08.04.2022
Hajmi9,51 Mb.
#538130
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   144
Bog'liq
Jurnalistikaga kirish.Qozoqboyev T. Xudoyqulov M

Tahliliy publitsistika bo‘yicha
reyting topshiriqlari
1. Tahliliy publitsistika ju m alistikada qanday rol о ‘у nay di?
2. Qaysi qonuniyat tahliliy publitsistikada о ‘z ifodasini topadi?
3. Tahliliy publitsistikaning fandan, ilmiy tadqiqotdan fa rq i nimada?
4- Tahliliy publitsistika adabiyot va san ’atdan nimalarni oladi va
nimasi bilan farqlanadi?
5. Tahliliy publitsistika qachon о ‘lin in g ijtimoiy vazifasini t o ‘la
bajara oladi?
6. Tahliliy publitsistika janrlarini ayting.
7. 
M aqola ja n ri haqida nimalar bilasiz?
Tahliliy publitsistika bo‘yicha nazorat savollari
1. Inson hayotdagi fakt, voqea va hodisani bilishda tahliliy
publitsistika qanday rol о ‘ynaydi?
2. Tahliliy publitsistikaning bosh talabi, ijtimoiy ahamiyati nimada?
3. 
Tahliliy publitsistika kishilarga qanday bilim berib, ularni
tarbiyalaydi?
4. Korrespondensiya, suhbat, taqriz, sharh, xat janrlarini izohlang.
5. 
San ’atda ko 'proq qaysi tahliliy publitsistika ja n ri ishlatiladi?
9.1. Korrespondeasiya
Tahliliy publitsistikaning boshlangich janri korrespondensiyadir. 
Korrespondensiya so‘zi lotincha 
correspondance 
degari so‘zdan olingan 
boTib, joylardan yubonlgan xabar, pochta-telegraf orqali j o ‘natiladigan 
xat-xabar, ayrim idoralar o rtasidagi yozishmalar degan m a’nolarni 
anglatadi Tahliliy publitsistikada esa uning birinchi m a’nosi, y a’ni
202


joylardan yubonlgan xabar, hayotdagi fakt, voqea va hodisalar haqida 
yozilgan (tayyorlangan) jum alistika materiali sifatida qoMlaniladi.
Korrespondensiya tahliliy publitsistikaning axboriy publitsistika bilan 
bog‘lab turuvchi janrdir. Chunki uning asosida axborot, xabar yotadi. 
Faqat korrespondensiyada hayotdagi fakt voqea va hodisa haqida xabar 
qilibgina qolinmasdan ana shu fakt, voqea va hodisa haqida ancha keng, 
batafsil m a’lumot beriladi. Shuning uchun ham korrespondensiyani 
kengaytirilgan xabar ham deyiladi.
Korrespondensiyada shu bilan birgalikda faqat biror fakt, voqea va 
hodisa emas, m a’lum bir mavzuga doir bir necha fakt, voqea hodisalar aks 
etishi mumkin. Eng muhimi bu fakt, voqea va hodisalar oddiy tarzda qayd 
etilmasdan ular umumlashtiriladi va tahlil etiladi, bir-biriga solishtiriladi, 
baholanadi, m a’lum xulosalar chiqariladi. Y a’ni, bu o ‘rinda jurnalistning 
hayotga, fakt, voqea va hodisalarga munosabati asosiy o ‘rin tutadi. 
Shuning uchun ham bu janr axboriy-tahliliy janr hisoblanadi. U orqali 
hayotda yuz berayotgan fakt, voqea va hodisalarning ichki sabablari, 
mohiyati ochib beriladi, publitsistik xulosalar chiqarilib, jamoatchilik 
fikriga havola etiladi.
Korrespondensiyaning asosiy vazifasi hayotnirtg bir parchasini jonli, 
ta’sirchan tasvirlash va tahlil etishdan iborat. Shu boisdan u lavha va 
reportajga o ‘xshab ketishi mumkin. Uning bu janrlardan farqi - m a’lum 
mavzuga doir faktlar bilan chegaralanishi, tahlilning ana shu faktlarga 
qaratilishidir. T a’bir joyiz bo'lsa korrespondensiyani hayotning k o ‘zga 
ko'rinib turgan tomonlariga asoslangan holda uning ichki qatlamlarini, 
chuqur mohiyatini ham bilib olishga tashlangan ilk qadam, razvedka 
deyish mumkin. Bunda fanda keng qoilaniladigan induksiya - oddiydan 
murakkablikka, yakkadan umumiyga borish usuli o ‘z ifodasini topadi. 
Shunday qilib, korrespondensiya m uallif hayotdan olingan faktlar tahlili 
asosida m a’lum bir mavzuni yoritib betuvchi publitsistik janrdir. Faktlar 
korrespondensiyaning asosini, poydevorini tashkil etsa publitsistik tahlil 
uning umumiy 
qiyofasini 
shakllantiradi. 
Korrespondensiya uchun 
hayotdan shu kun, shu davr uchun ahamiyatli, zarur va dolzarb mavzu va 
faktlar tanlab olinadi va undan shu kun, shu davr uchun kerakli xulosalar 
chiqariladi. Korrespondensiyada hayotdagi faktlar, voqea va hodisalar
203


tahlil etilar ekan, ularga ijobiy yoki salbiy yondashish mumkin, binobarin 
korrespondensiya ijobiy - m a’qullash yoki tanqidiy - inkor qilish 
xususiyatiga ega bo‘ladi.
Fakt, voqea, hodisalarga baho berishda, ulami tahlil etib, xulosalar 
chiqarishda jumalistning bilimi va dunyoqarashi muhim o ‘rin tutadi. Shu 
boisdan korrespondent o ‘z davrining ilg‘or g ‘oyalarini egallashi, yuksak 
e ’tiqodga, taraqqiyparvar dunyoqarashga ega b o iish i lozim.
Yuqorida aytib o ‘tiiganidek, korrespondensiya avvalo ijobiy va 
tanqidiy xillarga boiinadi. Shu bilan birgalikda korrespondensiya axboriy 
korrespondensiya va tahliliy korrespondensiyaga ham b o iinish i mumkin. 
Bu xil korrespondensiyalarning asosiy xususiyati ularda axboriy va tahliliy 
clementlarning 
qanchalik 
o ‘rin 
olganligidadir. 
Axboriy 
korrespondensiyada faktlar bilan tahlilning nisbati birinchi komponent 
foydasiga hal etilsa, tahliliy korrespondensiyada esa tahlil nisbatan k o ‘proq 
o crin egallaydi.
Shuningdek, m aiu m mavzuga bagishlangan korrespondensiyalar 
turkumi ham mavjud.
Korrespondensiyalar hududiy jihatdan ichki va tashqi turlarga ham 
boiinadi. Ichki korrespondensiyalarda mamlakatning ichki hayoti aks etsa, 
tashqilarida esa xalqaro hayot, chet ellarda yuz berayotgan voqea va 
hodisalar o ‘z ifodasini topadi.
Korrespondensiya janri jamiyat hayotining barcha tomonlarini qamrab 
oladi. Unda ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy-ishlab chiqarish, madaniy-ma’naviy 
hayotning barcha qirralari o ‘z aksini topadi. Korrespondensiyada asosan 
inson, uning ijtimoiy, yaratuvchilik faoliyati aks etadi. Unda inson, uning 
manfaati bilan b o g iiq b o ig a n muhim masalalar ko ‘tarilib chiqiladi va hal 
etiladi. Korrespondensiya jurnalistikada eng ommaviy janrlardan biri 
boiganligi boisidan ham bu janr mualliflari, korrespondensiya yozuvchilar 
va tayyorlovchilar korrespondent — muxbir degan ommaviy jurnalistik 
kasb egasi hisoblanadilar.
Ommaviy axborot vositalarining turli xillarida korrespondensiya 
turlicha k o iim sh g a ega b o iad i. Bu janr asosan gazeta va jumallarda keng 
o'rin oladi. Radio va televideniyeda korrespondensiya o ‘ziga xos 
xususiyatlarga ega b o ia d i va ko‘pincha radioaxborot, teleaxborot deb
204


ataladi. Ommaviy axborot vositalarining elektron texnikaga asoslangan 
butunlay yangi ko ‘rinishi - internetda ham korrespondensiya asosiy o ‘rin 
tutadi.
Korrespondensiyalarning turli xillari o ‘rtasidagi chegara nisbiy b o ‘lib, 
ularda bir-birlarining xususiyatlari bir-birlariga o ‘tishi mumkin. Ulardagi 
eng muhim va bosh xususiyat - hayot faktlarining umumlashtirilishi va 
publitsistik tahlil etilishidir. Eng muhimi - jurnalist tomonidan mavzuni 
aniqlab olish, muammo qo ‘ya bilish, isbotlash va ishontirishga erishishdir.
Korrespondensiyaning tuzilishiga kelsak, odatda u mavzu —
maqsadga kirish, faktlar, voqealar bayoni va ular tahlilidan kelib chiquvchi 
xulosa — fikrlar shaklida bo‘ladi. Korrespondensiyaning ikkinchi bir 
xilida esa jurnalist m a’lum biror xulosani oldin keltirib, keyin bunga mos 
faktlami ham keltirishi mumkin. Bu tahliliy publitsistikaning keyingi bir 
janri - maqolaga yaqin turadi. Korrespondensiyada hayotni jonlantirish 
uchun reportaj, lavhaga xos xususiyatlar ham o ‘z ifodasini topishi 
mumkin. Korrespondensiyaning tili va uslubi masalasiga kelganda u jonli, 
publitsistik tilda yozilishi lozim. Obrazli iboralar va boshqa tasviriy 
vositalar juda m e’yorda, o ‘ta zarur hollardagina qo‘llaniladi. Ayrim 
hollarda jurnalist jiddiy tahlil bilan birlikda his-hayajon, ehtirosga ham 
o ‘rin berishi mumkin. Unda jurnalistning ichki dunyosi, “men”i 
reportajdagi kabi to‘la emas, eng zarur o ‘rinlardagina ifoda etiladi. Bu 
jihatdan korrespondensiyani hayotni o‘rganish, uning ichki qatlamlariga 
kirib borishini jiddiy razvedkaga qiyos qilsa bo‘ladi. Hajviy nashrlarda 
bosiladigan tanqidiy korrespondensiyalarda esa kulgi, fosh qilish 
elementlari ham ishtirok etishi mumkin.
Korrespondensiya janri jurnalistika paydo boigandan beri qoilanilib 
kelinadi. 0 ‘zbek jumalistikasida ham u dastlabki davrlardan beri 
kengaytirilgan xabar yoki kichik maqola shaklida keng o ‘rin olib kelgan. 
Hozirgi о ‘zbek jumalistikasida — gazeta va jumallarda hamda radio va 
televideniyeda korrespondensiya mamlakatimizda o ‘tkazilayotgan ulkan 
ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy-ma’naviy islohotlarm amalga 
oshirishda, hayotdagi muhim faktlar, voqea va hodisalarni ommaga 
yetkazishda kamarbasta bo‘lib xizmat qilib kelmoqda. “Qishloq hayoti” 
gazetasi o ‘z sahifalarida korrespondensiya janriga keng o ‘rin beradi,
205


chunki bu janr gazetaga respublikamiz qishloqlari hayoti, joylarda olib 
borilayotgan qishloq x o ‘jaligiga doir ishlami yoritishda juda qo‘l keladi. 
Gazetaning 2005-yil 5-avgust sonida “Uyilajak xirmon salmogM bugungi 
mehnatimizga bogcliq” sarlavhali korrespondensiya bosilgan, unga 
“Qashqadaryolik paxtakorlar ayni kunlarda shunday azmu qaror bilan 
mehnat qilishmoqda” degan kichik sarlavha q o ‘yilgan. M uallif - jurnalist
F.Bozorov o‘z korrepondensiyasini shunday boshlaydi:
“Bugun har bir paxtakorning yuragi jo csh urib, g‘o ‘zani sug‘orish, 
kultivatsiya, chilpish ishlarini alohida bir ishbilarmonlik, alohida bir 
g ‘ayrat-shijoat 
bilan 
davom 
ettirishmoqda. 
Yurtimizning 
janub 
quyoshidan nur emib, hosilga hosil qo‘shayotgan beadoq dalalarini 
aylansangiz ko'nglingiz ravshan tortadi. Bu zamin odamlari tabiatiga xos 
ishchanlik, kuyunchaklik, dalasiga muhabbat tuyg‘ulari yana ham yorqm 
namoyon boim oqda. Qashqadaryo vohasi dehqonlarining avgust oyida -
ekinni yasatadigan palladagi g‘ay rat-shijoati ga qiyos y o‘q” . M uallif 
korrespondensiya davomida o cz fikrini isbotlash uchun vohadagi bir necha 
xo'jaliklarda b o ‘ladi va ularning “G ‘o ‘za qator oralarini begona o ‘tlardan 
tozalash, har tup g ‘o ‘zani, har dona ko‘sakni saqlab qolish uchun” mehnat 
qilayotganliklari haqida hikoya qiladi.
Gazetaning shu sonida bosilgan “Parvarishni susaytirmagan dehqon 
yutadi” sarlavhali 
korrespondensiya ham yuqoridagi 
kabi 
ijobiy 
korrespondensiyadir. 
Uning muallifi jurnalist Q.Asqarov 
Andijon 
viloyatida g V z a parvarishining qanday borayotganligini aniq misollar 
asosida ko ‘rsatib beradi. I.Toshevning “Qulay va samarali” sarlavhali 
korrespondensiyasi esa (“Qishloq hayoti”, 2005, 2-avgust) joylarda shirkat 
xo‘jalikl arming fermer x o ‘jaliklariga aylantirish ishlarining ahvoli haqida 
hikoya qiladi.
Gazetaning 2005-yil 5-sentyabr sonida bosilgan “Yer “bangf’ga 
aylanmoqda” sarlavhali material esa tanqidiy korrespondensiyaga misol 
bo‘la oladi. Jurnalist T.Ergashev unda Jizzax viloyatida yerlarnmg 
meliorativ holati buzilayotganligini, yerga keragidan ortiqcha sun’iy 
o ‘g ‘itlar 
solinishi 
tufayli 
yerlar 
o ‘ziga 
xos 
“bangi”ga 
aylanib 
qolayotganligi, 
y a’ni 
unga 
yetarli 
darajada 
mahalliy 
o ‘g ‘itlar 
solinmayotganligi sababli hosildorlik pasayib ketayotganligini va boshqa
206


kamchiliklarni joylardan olingan aniq misollar bilan k o ‘rsatib beradi. 
Bunday korrespondensiyaning mo‘1jalga borib tegishi va sohada ma’lum 
o ‘zgarishlar yasalishiga sabab b o ‘lishi turgan gap.
Afsuski, k o ‘pgina gazetalar mazkur janrga yetarli e ’tibor berishmaydi, 
joylardan 
yozilgan, 
aniq, 
hayotiy 
faktlar 
asosiga 
qurilgan 
korrepondensiyalar kam beriladi. Holbuki faqat qishloq x o ‘jaligi emas, 
sanoat, savdo va hayotning boshqa sohalari hayotini yoritishda, ilg‘or 
namunalarni 
tarqatish 
va 
kamchiliklarga 
qarshi 
kurashda 
korrespondensiyaning o ‘rni beqiyosdir.

Download 9,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish