M. T. Asqarova, G‘. E. Zaxidov, L. F. Amirov


-BOB. PULGA TALAB FUNKSIYASI



Download 2,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/188
Sana23.06.2022
Hajmi2,24 Mb.
#697468
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   188
Bog'liq
Makroiqtisodiyot

8-BOB. PULGA TALAB FUNKSIYASI 
 
Reja: 
8.1.
 
Pul tushunchasi va uning funksiyalari. Pul agregatlari. 
8.2.
 
Pulga talabning klassik nazariyasi. 
8.3.
 
Pulga talabning keynscha nazariyasi. 
8.4.
 
O‘zbekistonda pul agregatlari va pul massasi tarkibi 
 
8.1.
 
Pul tushunchasi va uning funksiyalari. Pul agregatlari 
Pul – iqtisodiyot subyektlari mulkining bir turi bo‘lib, mulkning 
boshqa turlaridan ikki xususiyatiga ko‘ra farq qiladi: birinchidan, pul 
yuqori likvidliliklar, ya’ni qisqa muddatda, sezilarsiz sarf - xarajatlar 
bilan boshqa buyumga ayirboshlanish qobiliyatiga ega; ikkinchidan 
baholar o‘zgarmas bo‘lgan sharoitda pul yoki hech qanday daromad 
keltirmaydi, yoki uning daromadliligi darajasi boshqa mulk 
turlarinikidan ancha kam. Shunga qaramasdan kishilar nima uchun 
mulk sifatida pulga egalik qilishga harakat qiladilar? Bu savolga 
javobni pulning funksiyalaridan topamiz. 
Odatda pulning uch asosiy funksiyasi mavjud deb qaraladi. 
Bular: to‘lov vositasi (almashinuv vositasi); qiymat o‘lchovi 
vositasi,. jamg‘arish (boylik to‘plash) vositasi.
56
Umumiy ekvivalentlilik, yuqori likvidlilik xususiyatlari pulni ideal 
to‘lov vositasiga aylantiradi. 
Qiymat o‘lchovi sifatida pullar tovarlar bahosini ifodalaydi va 
turli tovarlar qiymatini taqqoslash imkonini beradi. 
O‘z tovari uchun olgan pulini sotuvchi doim ham birdaniga 
ishlatavermaydi. Shu sababga ko‘ra pullar ularga o‘tkazilgan qiymatni 
saqlab turishlari juda muhim. Agar pul aytilgan xususiyatga ega bo‘lsa, 
unda u boylik to‘plash maqsadida jamg‘ariladi. Pulning bu 
funksiyasini muqobil tarzda mulkning boshqa turlari - obligatsiyalar, 
aksiyalar, ko‘chmas mulk ham bajarishi mumkin. 
Rivojlangan iqtisodiyot sharoitida pulning to‘lov vositasi 
sifatidagi vazifasi jamg‘arish vositasi vazifasiga nisbatan muhimroq 
ahamiyat kasb etadi. 
Pulning yuqori likvidliligi va qiymatni saqlab turishi xususiyatlar 
barcha turdagi to‘lov vositalarida bir xil emas. Naqd pullar va 


100 
muddatsiz depozitlarning likvidliligi darajasi muddatli depozitlarga yoki 
veksellarga qaraganda yuqoriroq. Shu sababli pul massasi likvidlilik 
darajasining pasayib borishi tamoyiliga asoslangan agregatlarga 
bo‘linadi. Rivojlangan mamlakatlarda pul massasini aniqlashda – M0; 
M1; M2; M3 deb belgilanadigan pul agregatlaridan foydalaniladi. 
Pul agregatlarining tarkibi va miqdori turli mamlakatlarda o‘zaro 
farq qilish mumkin. Quyida umumlashtirib olingan pul agregatlari 
tarkibini keltiramiz: 
M0 – muomaladagi naqd pullar; 
M1 = M0 + talab qilib olinadigan depozitlar + chekli omonatlar + 
yo‘l cheklari; 
M2 = M1 + muddatli depozitlar + jamg’arma depozitlari; 
M3 = M2 + depozit sertifikatlari + jamg’arma sertifikatlari + 
davlatning qimmatli qog’ozlari. 
Makroiqtisodiy tahlilda M1 va M2 pul agregatlari eng ko‘p 
foydalaniladi. Pul agregatlarining dinamikasi turli sabablarga bog‘liq. 
Masalan, daromadlarning oshishi natijasida M1ga talab tezroq o‘ssa, foiz 
stavkasining o‘sishi natijasida M2 va M3ga talab M1ga nisbatan tezroq 
o‘sadi. 

Download 2,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish