lari.
3.1.
Iqtisodiy davrlar va iqtisodiy tebranishlarning sabablari
Mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanish tarixini o‘rganish, ulardan
hech biri uzoq muddatda bir tekis rivojlanmaganligi, aksincha,
barcha malakatlar uchun davriy rivojlanish xos ekanligini ko‘rsatadi
.
Ishlab chiqarish, bandlilik va inflatsiya darajasining davriy
tebranishga iqtisodiy davr (sikl)lar deyiladi
. Ayrim iqtisodiy
davrlar boshqalaridan o‘tish davrining davomiyligi va faolligi bilan
farq qiladi. Shunga qaramasdan ularning barchasi bir xil
bosqichlardan tashkil topadi (3.1-rasm).
3.1-rasm. Iqtisodiyotning davriy rivojlanishi
39
Iqtisodiy davrlar to‘rtta bosqichni o‘z ichiga oladi. Birinchi
bosqich iqtisodiy rivojlanishning eng yuqori darajasiga erishilgan
bosqich bo‘lib, u «
cho‘qqi
» deb yuritiladi. Bu iqtisodiyotda ish bilan
to‘liq bandlik, ishlab chiqarish to‘la quvvatda ishlayotganligi,
shuningdek, mahsulotlarning baho darajasining
o‘sish holati
kuzatiladi.
Keyingi bosqich
pasayish (retsessiya)
bosqichidir. Bunda ishlab
chiqarish va bandlik darajalari kamayadi, ammo bahoning o‘sish
darajasi pasaymaydi. Bu bosqich faol va uzoq davom etsagina
bahoning o‘sish darajasi sustlashishi mumkin.
Pasayishning quyi
nuqtasida ishlab chiqarish va bandlik eng quyi darajaga tushadi va
turg‘unlik davri boshlanadi.
Ko‘tarilish
bosqichida ishlab chiqarish va bandlik darajasi asta-
sekin oshib, ishlab chiqarish quvvatlaridan to‘liq foydalanish va to‘liq
bandlik darajasiga erishiladi.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, iqtisodiy davrlar bir xil
bosqichlarga ega bo‘lsa-da, ammo ular davomiyligi va faolligiga ko‘ra
o‘zaro farq qilib turadi. Shuning uchun ham iqtisodchilar, bu
jarayonlarni iqtisodiy davrlar deb emas, balki iqtisodiy tebranishlar deb
atash to‘g‘ri bo‘ladi deb hisoblashadi. Iqtisodiy tebranishlarning asosiy
sababi sifatida iqtisodichilar uch omilni ko‘rsatadi.
Birinchi guruh olimlar iqtisodiy tebranishlarning asosiy sababi
texnika va texnologiyalarda ro‘y beradigan o‘zgarishlar deb
hisoblaydilar. Ularning fikricha fan-texnika yutuqlarini qo‘llash
natijasida iqtisodiyotda o‘sish ro‘y beradi. Masalan avtomobilning
yaratilishi yoqilg‘i sanoati, neft qazib chiqarish, ximiya, yo‘l qurilishi
materiallari sanoatlarining jadal rivojlanishiga sabab bo‘ldi. Yangi
texnologiyalar ishlab chiqarish unumdorligini bir necha baravar
oshirish, ilgari foydalanilmagan resurslarni ishga tushirish imkonini
beradi. Texnik va texnologik yangiliklar doim ham yaratilavermasligi
iqtisodiyotdagi tebranishlarga sabab bo‘ladi.
Olimlarning yana bir guruhi iqtisodiy bosqichlarni siyosiy va
tasodifiy vaziyatlarga bog‘lashadi.
Bu jarayonni monetar siyosatga bog‘laydigan olimlar ham
mavjud. Ya’ni, davlat qanchalik ko‘p pul bosib chiqarsa, uning qadri
shunchalik kamayib boradi va aksincha, pul miqdori qanchalik kam
bo‘lsa, ishlab chiqarish ko‘lamining pasayishi va ishsizlar sonining
40
ortishi shunchalik tezlashadi. Xullas, iqtisodiy bosqichlarni baholashga
turli xil yondashuvlar mavjud. Ammo barcha iqtisodchilar, ishlab
chiqarish va bandlilik darajalarini yalpi talab va boshqacha aytganda
yalpi xarajatlar miqdoriga bog‘liq, degan fikrni qo‘llab-quvvatlaydilar.
Chunki, korxonalar o‘z tovar va xizmatlarini ularga talab bo‘lsagina
ishlab chiqaradi. Boshqacha aytganda, talab katta bo‘lmasa,
korxonalarda tovar va xizmatlarni katta miqdorda ishlab chiqarish
foydali emas. O‘z navbatida, ishlab chiqarishda bandlilik va
daromadlar darajasi ham, aynan shu sababli, past bo‘ladi. Yalpi
xarajatlar miqdori qanchalik ko‘p bo‘lsa, ishlab chiqarishning o‘sishi
katta foyda olib keladi. Shuning uchun ishlab chiqarish, bandlilik va
daromadlar darajasi ortib boradi. Iqtisodiy tebranishlar sabablarini,
ularga ta’sir etuvchi omillarni o‘rganish, iqtisodiy tebranishlar
amplitudasini
qisqartirish
barcha
hukumatlar
makroiqtisodiy
siyosatining muhim maqsadlaridan biridir.
Shu o’rinda quyidagi misolni keltiramiz. 2008-yilda yuzaga
kelgan jahon moliyaviy -iqtisodiy inqirozi dunyodagi deyarli barcha
rivojlan–gan mamlakatlarda makroiqtisodiy berqarorlikni keltirib
chiqardi.
Dastlab AQSh ipoteka bozorlarida namoyon bo‘lgan mazkur
inqiroz yetarlicha to‘lov layoqatiga ega bo‘lmagan, qarzlarni qaytarish
qobiliyati shubhali bo‘lgan qarzdorlarga ipoteka kreditlari berish
amaliyotining jadallashuvi natijasida ro‘y berdi.
Modomiki, ipoteka krediti o‘zining mohiyati bo‘yicha ko‘chmas
mulk garovi hisobiga beriladigan kreditlar bo‘lsa-da, AQSh bozorlari
bunday likvidli ko‘chmas mulklarga etarlicha «to‘yindi» va ularning
narxlari keskin tusha boshladi. Buning ustiga investitsion banklarning
AQSh ipoteka bozorlaridagi yangi moliyaviy «mahsulot» hisoblangan
aktivlarni sekyuritizatsiyalash bo‘yicha operatsiyalarining avj olishi
ipoteka bozorlaridagi tanazzullik holatlari ehtimolligini oshirdi.
AQSh iqtisodiyoti yaratilgan shart-sharoitlar tufayli arzon kredit
resurslariga to‘yindi va bu Federal zaxira tizimi (FZT) amalga
oshirayotgan pul-kredit siyosatini o‘zgartirishiga olib keldi. Natijada
2004 –2006 yillarda Federal zaxira tizimi foiz stavkalarni 6,25% gacha
ko‘tardi. Kreditlarning qimmatlashuvi aholini ipotekaga nisbatan
talabining pasayishiga va kreditlarni qaytarish bo‘yicha qarzdorlar
to‘lovining qisqarishiga olib keldi. Pirovard natijada 2007- yil
41
boshida AQShda aholining ipoteka kreditlarini qaytarishi bilan bog‘liq
muammo kuchaydi. Qarzdorlarning ko‘chmas mulk garovi bilan
olingan kredit–larni qaytarishdan ko‘ra to‘lovlarni to‘lashdan bosh
tortish holati kengaydi. Banklarning to‘lov qobiliyatiga ega bo‘lmagan
mijozlarning ko‘chmas mulklarini qayta sotuvga qo‘yishi natijasida
ipoteka bozoridagi taklif ko‘payib, bozordagi narxlarning keskin
pasayishiga olib keldi.
Pirovard natijada 2007-yil boshida AQShda aholining ipoteka
kreditlarini
qaytarishi
bilan
bog‘liq
muammo
kuchaydi.
Qarzdorlarning ko‘chmas mulk garovi bilan olingan kreditlarni
qaytarishdan ko‘ra to‘lovlarni to‘lashdan bosh tortish holati kengaydi.
Banklarning to‘lov qobiliyatiga ega bo‘lmagan mijozlarning ko‘chmas
mulklarini qayta sotuvga qo‘yishi natijasida ipoteka bozoridagi taklif
ko‘payib, bozordagi narxlarning keskin pasayishiga olib keldi.
Aksariyat moliyachi-iqtisodchilar vujudga kelgan moliyaviy
inqirozning
haqiqiy
sabablaridan
biri
sifatida
rivojlangan
mamlakatlarda iqtisodiyotni haddan ziyod ortiqcha erkinlashtirish
siyosatining «mevasi» ekanligini, ya’ni «o‘z-o‘zini boshqaruvchi
bozor» g‘oyasini ilgari surish orqali davlatning milliy iqtisodiyotga va
xususan moliyaviy bozorlarga aralashuvini cheklanganligi bilan ham
izohlamoqdalar.
Yuzaga kelgan global moliyaviy–iqtisodiy inqiroz jahonning
asosiy moliyaviy markazlari hisoblangan yirik fond bozorlarini o‘z
ichiga oluvchi mamlakatlar iqtisodiyotiga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi. Uning
o‘ziga xos xususiyati shundaki, moliyaviy inqiroz inflatsiya, qator
banklar va moliyaviy muassasalarning tanazzulga yuz tutishi ta’sirida
ishsizlik, ishlab chiqarish sur’atlarining pasayishi va boshqalar
negizida iqtisodiy inqiroz shaklida kuchayib bormoqda. Bundan
ko‘rinadiki, hozirgi jahon moliyaviy inqirozining o‘ziga xos xususiyati
– bu uning iqtisodiyotning moliyaviy sektoridan boshlanib, real
sektoriga o‘tganligidir.
Global inqiroz bo‘yicha ko‘p sonli nashrlarni tahlil qilish shuni
ko‘rsatdiki, dunyoning rivojlangan davlatlari uchun inqirozning
harakat nuqtasi moliyaviy bozorlarning beqarorligi bo‘ldi va
inqirozning rivojlanishi sxemasi quyidagi ko‘rinishda bo‘ldi:
Moliyaviy bozorlarning beqarorligi → Kreditlarning qisqartirilishi
va iste’molning pasayishi → Ishlab chiqarish va eksportning
42
qisqarishi, ishsizlikning o‘sishi.
Shunga ko‘ra, hukumatlar darajasida inqirozdan chiqish bo‘yicha
davlat dasturlarini ishlab chiqishda bandlik masalalarini, talabni
rag‘batlantirish orqali ishlab chiqarish ko‘lamini kengaytirishga
qaratilgan keskin choralarni ko‘rish masalasini ko‘ndalang qilib
qo‘ydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |