M s h. N u r m a t o V a, s h. T. H a s a n o V a rasm, buyum yasash va tasviriy faoliyatga



Download 4,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/63
Sana30.12.2021
Hajmi4,97 Mb.
#92795
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63
Bog'liq
Rasm buyumlar yasash va tasviriy faoliyat metodikasi. Nurmatova M.SH

Haykaltaroshlik.  Tasviriy  san’atning  turlaridan  biri  b o ‘lgan 
haykaltaroshlik  asarlarida borliq  hajmga  ega b o ‘lgan  shakllar orqali 
m akonda  tasvirlanadi.  Stol  ustiga  qo‘yiladigan  haykalchalar,  park 
va  xiyobonlarga  o ‘rnatilgan  turli  haykal  va  yodgorliklar,  binolar- 
ning  devorlariga,  tanga,  belgi,  medal  kabi  buyum larning  yuzasida- 
gi  bo ‘rtm a  tasvirlar  haykaltaroshlik  san’atining  turli  ko‘rinishi  hi­
soblanadi.
H aykaltaroshlik  asarlari  o ‘z  ishlatilish  o ‘m i,  bajaradigan  vazi- 
fasi  va  tayyorlanish  usuliga  qarab  turlicha  nom lanadi.  U lar  odat- 
da  dum aloq  va  qabariq  ko‘rinishda  b o ‘ladi.  D um aloq  haykallarni 
ham m a  tom ondan  aylanib  ko‘rish  m um kin  b o ‘lsa,  qabariq  haykal­
larni  yuzaga  b o ‘rttirib  ishlanganligi  sababli  faqat  bir  tom ondan 
k o ‘riladi.  Qabariq  haykallar  relyef  deb  ataladi.  «Relyef»  fransuz- 
cha  so‘z  b o ‘lib,  yuza  degan  m a’noni  bildiradi.  Relyefli  haykallarda 
asosiy  obrazlar  bilan  b ir  qatorda,  kenglik,  tabiat  manzaralarining 
ko‘rinishi  ham   aks  etadi.  Shuning uchun  bunday  relyeflarni  ba’zan 
perspektivali  relyef deb  ham   yuritiladi.  Relyef,  o ‘z  navbatida,  ikki 
turga  b o ‘linadi.  U lardan  biri  barelyef,  ikkinchi  turi  esa gorelyefdir. 
«Barelyef»  ham  fransuzcha so‘zdan  olingan b o ‘lib,  past relyef degan 
m a ’noni  anglatadi.  Barelyefda  haykal  tekis  yuzaga  nisbatan  biroz 
qabargan  (bo‘rtgan)  b o ‘lib,  lekin  uning  qalinligi  o ‘zining  haqi- 
qiy  qalinligining  yarm idan  oshmasligi  lozim.  M asalan,  tanga,  zna- 
chok,  medal  yuzalaridagi  b o ‘rtm a  tasvirlar  bunga  misol  b o ‘la  ola­
di.  Barelyeflar  ayniqsa,  am aliy  san ’at  buyum larini,  m e’morchilik 
binolarini  bezashda  ju d a  qo‘1  keladi.  Qadimgi  G retsiyada  hayot- 
da  ishlatiladigan  turli  xil  buyum lar,  masalan,  ko‘za,  guidon,  qurol- 
aslahalarning  yuzalarini  barelyeflar  bilan  bezaganlar,  binolarning 
devorlariga  turli  hayotiy  voqealarni  aks  ettiruvchi  b o ‘rtm a  tas­
virlar  ishlaganlar.  «Gorelef»  so‘zi  ham  fransuzcha  b o ‘lib,  baland
10


relyef  m a’nosini  bildiradi.  H aykaltaroshlikning  bu  turida  tasvirlar 
yuzadan  sezilarli  darajada  bo 'rtib  chiqqan  b o ‘lib,  uning  qalinligi 
o ‘zining  haqiqiy  qalinligining  yarm idan  oshgan  b o ‘lishi  shart.
Relyefning  yana  bir  turi  bor.  Bu  o ‘yib  ishlangan  relyeflardir. 
Bunday  relyeflar,  odatda,  tekis  yuzaga  o ‘yib  ishlanadi.  Yuzani 
o ‘yish  natijasida  hosil  b o ‘ladigan  yom g‘-soya  o ‘yini  hisobiga  tasvir 
ko‘zga  tashlanadi.  Bunday  relyeflarning  im koniyati  chegaralangan 
b o ‘lganidan  ular  am alda  ju da  kam  q o ‘llaniladi.  Bunday  relyeflar 
qadimgi  M isrda  ishlatilgan.  Haykaltaroshlik  asarlari  uchun  turli 
xildagi  m ateriallar ishlatiladi.  Bu  m ateriallar haykalga turli xarakter 
va  m azm un  berishda  xizmat  qiladi.  M asalan,  tosh-granitda  ishlan­
gan  haykallar  kishida  ulug‘vorlik,  adabiylik  baxsh  etsa,  aksincha, 
m arm arda  ishlangan  haykallar  nozik,  ko'rkam   ko‘rinadi.  Shuning 
uchun  haykallar  o ‘zining  m azm uni  va  o ‘rnatiladigan joyiga  qarab, 
har  xil  m ateriallardan  ishlanadi.  Haykaltaroshlik  materiallari  ko‘p. 
Bu  plastilin,  loy,  yog‘och,  metall,  m arm ar,  granit,  suyak,  sem ent, 
gips  va  hokazolardir.  Q im m atli  m etallar  —  oltin,  kumush,  nikellar 
ham  haykaltaroshlikda  qo'llanadi.  H aykaltaroshlikda  deyarli  rang 
ishlatilmaydi.  Xalq  haykaltaroshligida  haykallarni  b o ‘yash  hollari 
uchraydi.  Bunga  0 ‘zbekiston  hududidan  topilgan  qator  haykalta­
roshlik  asarlari  misol  b o ‘la  oladi.  Haykaltaroshlik  asarlari  ham  tas­
viriy  san ’atning  boshqa  turlari  kabi  o'zining  bajaradigan  vazifasi, 
m azm uniga  qarab  qator  tu r  va  janrlarga  b o ‘linadi.  H aykaltarosh­
lik  turlari  deganda  biz  m onum ental,  dekorativ  va  dastgoh  haykal- 
taroshligini  tushunam iz.  M onum ental  haykaltaroshlikka  m uhim  
tarixiy voqealar,  atoqli  shaxslar xotirasini  abadiylashtirish  m aqsadi- 
da  o ‘rnatilgan  yirik  o ‘lchovdagi,  turli  xildagi  yodgorliklar,  haykal­
taroshlik  ansambllari  kiradi.  Odatda  m onum ental  haykaltaroshlik 
asarlari  o ‘zida  katta  m azm unni  anglatib,  mustaqil  xarakterga  ega 
bo ‘ladi.  Lekin shu bilan  birga,  u  bcvosita  m uhit  bilan  bog‘liq b o ‘lib, 
m e’morchilik  binolari  ham da  tabiat  bilan  uyg'unlikda  b o ‘lishi 
lozim.  Bu  unga  yanada  ulug'vorlik  va  ta ’sirchanlik  baxsh  etadi. 
M onum ental  haykaltaroshlik  asarlariga  xos  b o ‘lgan  xususiyatlar- 
dan  biri  bu  tasvirlanayotgan  qahram onlarning  ko ‘tarinki  ruhdagi 
tasviridir.  M onum ental  haykaltaroshlik  asarlari  doim   ochiq  havo- 
da  turish  uchun  m o ‘ljallangan  boMganligi  sababli  ular  uzoq  tura- 
digan  qattiq  m aterialdan,  masalan,  tosh,  bronza  va  hokazolardan 
ishlanadi.  Bulardan  tashqari,  m onum ental  haykaltaroshlik  asarlari


uzoqdan  k o ‘rishga  m o ‘ljallanganligi  sababli  ularda  katta-katta yax- 
lit  shakllardan  keng  foydalaniladi.  O dam   yuzidagi  mayda  detallar, 
kiyimdagi  buklanishlar,  undagi  m ayda  detallar  ko‘rsatilmaydi.  Is- 
tirohat  bog'lari,  xiyobon  va  ko'chalar,  shuningdek,  m e ’m orchilik 
binolarining  devorlarini  bezash  u ch u n   ishlatiladigan  haykallar- 
ning  ham m a  turlari  dekorativ  haykaltaroshlik  san ’atiga  kiradi. 
Haykaltaroshlik san’atining bu turi m onum ental haykaltaroshlikdan 
shu  bilan  farq  qiladiki,  agar  m onum ental  haykaltaroshlik  asarlari 
o ‘zida m ustaqil m azm unni  anglatib,  m e’m orchilikka ham ,  tevarak- 
atrofga ham  tobe b o ‘lmagan holda, kishiga m ustaqil fikm i bera olsa, 
dekorativ  haykaltaroshlik  asarlari  esa  bevosita  m e ’m orchilik  bilan 
bog‘liq  b o ‘ladi.  Bundan  tashqari  agar  m onum ental  haykaltaroshlik 
asarlarini  ishlashda  obrazlarni  ko‘tarinki  ruhda  ishlansa,  dekorativ 
haykaltaroshlik  asarlarida  esa  obrazlar  biroz  yum oristik  tarzda  tal- 
qin  etiladi,  b o ‘rttiriladi.  Haykaltaroshlikning bu turida turli  hayvon 
va  qushlar shakli  keng  ishlatiladi.  Binolam ing  devorlariga  ishlana- 
digan  turli  b o ‘rtm a  tasvirlar,  amaliy  san ’at  buyum larining  yuzasi­
ga  ishlangan tasvirlar ham   dekorativ  haykaltaroshlikka  kiradi.  Turli 
fontanlar, panjaralar, badiiy darvozalar ham  dekorativ haykaltarosh­
lik  nam unalari  sifatida  qaraladi.  C hinnidan  yasalgan  turli  haykal- 
chalar,  loydan ishlangan o ‘yinchoqlar ham  shu  haykaltaroshlikning 
ko‘rinishi  hisoblanadi.  D astgoh  haykaltaroshligiga  o ‘zida  mustaqil 
m azm unni  anglatadigan,  san’atning  bosh  turlariga  tobe  b o ‘lmagan 
asarlar  kiradi.  Bunday  asarlar  ko‘rgazmalarga  q o ‘yish,  uylarga  q o ‘- 
yish  uchun  m o ‘ljallangan  bo‘ladi.  H aykaltaroshlikning  bu  tu ri­
da  voqelik  o'zining  butun  borlig'i  bilan  aks  etadi.  H aykaltarosh­
lik  san ’atining  bu  turi  inson,  psixologiyasidagi  nozik  o ‘zgarishlar, 
uning  ichki  ruhiy kechinm alari,  kayfiyatini  ochib berish  im koniya­
tiga ega.  X uddi shu holda u  tabiatdagi mavjud hayvon va jonivorlar- 
ni  ishlashda  ham  ularning  hayoti,  kuchi,  xarakterini  ko‘rsata  oladi. 
D astgoh  haykaltaroshligining  ko‘rinishlaridan  biri  byust  b o ‘lib,  u 
odam  gavdasini  aks ettiruvchi dum aloq haykal ham da o ‘zida b ir qa- 
to r obrazlarni  mujassamlashtirgan  haykallar guruhi  (kompozitsiya) 
tarzida  bo'ladi.  Haykaltaroshlik  san ’atining  yana  bir  ko‘rinishi  — 
terrakota  hisoblanadi  («terrakota»  italyancha  so‘z  b o ‘lib,  pishiril- 
gan  loy m a ’nosini bildiradi).  Terrakota keng m a ’no d a loydan yasa- 
lib,  pechda  pishirilgan  haykaltaroshlik  asarlaridir.  H aykaltarosh- 
Jikda  insonning  faqat  tashqi  k o ‘rinishi  tinch  turganligi  holati  yoki
12


harakatdagi  paytini  aks  ettirish  bilan  uning  imkoniyati  tugamaydi. 
U ndagi  kechinm alar,  uning  hayajon  va  g‘am g‘inligi,  kelajakka  in- 
tilishi  va  o ‘tm ishga  qayg‘urishi  ham   o ‘z  ifodasini  topadi.  Haykal- 
tarosh  asarida  insonning  tevarak-atrofga  b o ‘lgan  m unosabati  ham , 
qalbidagi  iztirob  ham   ishonarli  talqin  etilishi  m um kin.  Bunda,  al- 
batta,  eng  aw alo,  haykaltaroshning  o ‘ta   ziyrakligi,  odam   gavdasi 
va  mimik  o ‘zgarishlarini  to ‘g ‘ri  ifodalashi  m uhim   o ‘rinni  egallaydi. 
T o ‘g ‘ri  topilgan  harakat  yuzdagi  m im ik  holat  — bular uning  ta ’sirli 
boMishiga  zam in  tayyorlaydi.
I.  2.  DEKORATIV-AM ALIY VA M E ’M O R L IK   SAN’ATI
D ekorativ-am aliy  san ’at.  S an’atning  keng  tarqalgan  turlaridan 
biri  dekorativ  amaliy  san ’atdir.  Bu  san ’at  hayotda  ishlatiladigan 
buyum lar,  idish-tovoq,  kiyim -kechak,  mebel,  gilam,  o'yinchoqlar 
va  boshqa  shu  kabilarni  bezatishni  o ‘z  ichiga  oladi.
D ekorativ-am aliy  san’at  asarlari  odam larning  kundalik  tur- 
m ush  ehtiyojlarini  qondirish,  tevarak-atrofga,  park-bog‘,  uylam ing 
tashqi  va  ichki  k o ‘rinishiga  g o ‘zallik  kiritish  vazifalariga  xizmat 
qiladi.  Bu san ’at dastgoh san ’atidan  o ‘zining bevosita xalq ehtiyoji- 
ga  moslanganligi  bilan  farq  qiladi  va  inson  hayotida  ishlatiladigan 
buyum lam ing  m azm unidan  kelib  chiqadi  va  shunga  b o ‘ysunadi. 
D ekorativ-am aliy  san ’atda  real  voqeliklar  (masalan,  gullar,  hayo- 
tiy  lavhalar  va  hokazolar),  aks  etishi  m um kin,  lekin  ular  m usta­
qil  xarakterga  ega  bo ‘lmaydi  ham da  m a’lum  bir  buyum   m azm u­
ni  va  shakli  bilan  bog‘liq  b o ia d i.  Tasvirlangan  voqealarda  shartli 
elem entlar  keng  o ‘rinni  egallaydi.  Dekorativ  san ’at  buyumlari  bir- 
m uncha erkin,  ijodkor fantaziyasiga bog‘liq  holda yaratiladi va eng 
aw alo ,  tevarak-atrofga  fayz  kiritishga  qaratilgan  b o ‘ladi.  M asalan, 
jim jim ador  ustun,  eshik,  darvozalar,  devorlarning  tashqi  va  ichki 
tom oniga  ishlanadigan  rangli  naqsh  va  b o ‘rtm a  tasvirlarni  bunga 
misol  qilib  ko'rsatish  m um kin.
D ekorativ-am aliy  san ’at ju d a   qadim  zam onlarda  paydo  b o ‘lib, 
xalq  hunarm andligi  tarzida  rivojlandi.  0 ‘zbekistonda  dekorativ- 
am aliy  sa n ’at  tasviriy  san ’atning  eng  qadim dan  rivoj  topgan  yago- 
na va  barhayot  turi  b o ‘lib  keldi.  C hunki  san’atning boshqa  turlari 
ni  (rangtasvir,  grafika,  haykaltaroshlik)  yaratish  islom  dini  to m o n i­
dan  cheklab  q o ‘yilgan  edi.  0 ‘zbek  xalqining  amaliy  san ’at  asai
13


larida  ko‘proq  cham andek  ochilgan  gulzor,  bog‘lar  aks  ettiriladi. 
Chunki  jaziram a  issiq  ostida,  qaqrab  yotgan  ch o ‘llarni  gulzorga 
aylantirish  qadimdan  o ‘zbek  xalqiga  xos  odat  b o ‘lgan.  D ekorativ- 
amaliy  san’atga  alohida  e ’tibor  berilgan.  D ekorativ-am aliy  san’at 
ustalariga  katta  imtiyozlar  yaratilgan,  maxsus  artellar,  ustaxona- 
lar  tashkil  etilgan.  H ozirda  yog‘o ch  o ‘ymakorligi,  kulolchiligi  bi­
lan  bir  qatorda,  o ‘zbek  kashtasi,  atlasi,  beqasami  va  boshqa  naqsh 
berilgan  h ar  xil  jihozlari  dunyo  xalqlari  orasida  shuhrat  qozondi. 
Amaliy  san’atning  eng  ko‘p  tarqalgan  va  eng  ommaviy  turi  kash- 
tachilik  boMib,  u  qadimiy  a n ’analarga  ega,  o ‘zbek  kashtachiligi, 
yuqorida  aytib  o ‘tganimizdek,  ochilgan  bog‘larni  eslatadi.  Shu­
ning  uchun  ham   biz  o ‘zbek  kashtachiligida  guldastani,  m ajnuntol- 
ni,  quyoshni,  ba’zan  daraxt  shoxchasiga  q o ‘ngan  qushchalar,  hat- 
to  hayvon  va  odam   tasvirlarini  ham  uchratam iz.  0 ‘zbekistonning 
eng  qadimiy  madaniyat  o ‘choqlari  hisoblangan  Buxoro  va  Sarnar- 
qand  so ‘zanalari  o ‘zining  serrangligi,  shakllarining  turli-tum anligi 
va  ularning  nihoyatda  nozik  tikilishi  bilan  farqlanadi.  Shahrisabz- 
lik  ayollar  tikkan  kashtachilik  buyumlari  esa  ko‘proq  gilamni  esla­
tadi.  0 ‘zbek  oilalarida uyning  ichki  devorlarining  tekis  qismiga  ay- 
lantirib  ilib  qo‘yiladigan  dorpechdan  bezak  m aqsadida  foydalani­
ladi.  U larning  past  qismida  shokila-shokila  bo‘lib  osilib  turgan  ko- 
killari  bo‘ladi.  D orpechlardagi  bir shakl  qayta  takrorlanaveradi.  Bu 
gulli  daraxt  yoki  guldastani  qator  qilib  safga  tizib  qo‘ygandagidek 
m anzarani  beradi.
0 ‘zbek  kashtachiligida  d o ‘ppi  alohida  o ‘rinni  egallaydi.  Shah- 
risabzning  gilam  do'ppisi,  Buxoroning  zardo‘ppisi,  Farg‘onaning 
chust  d o ‘ppisi,  iroqi,  duxoba  va  boshqa  d o ‘ppilar  0 ‘rta  Osiyo 
xalqlari  orasida  keng  tarqalgan.  D o ‘ppi  nusxalari  ichida  eng  mash- 
huri  chust  do'ppilaridir.  Q ora  atlas  (yoki  satin)  ustiga  ipak  bi­
lan  tikilgan  bodom   guli  (yoki  qalam pir),  kizakka  tushirilgan  gul­
lar  d o ‘ppiga  nafislik  baxsh  etadi.  Kashtachilik  san ’atidagi  belbog‘, 
dastro‘mol,  sandalpech,  b o ‘g ‘m acha  va  turli  to ‘rvachalari  ham 
nafis  bezatiladi.  0 ‘zbek  kashtachiligining  a n ’analari  hozirgi  kunda 
ham   muvaffaqiyatli  ravishda  rivojlanmoqda.  Kashtachilik  san’atida 
kishilar portretini  aks  ettirish  o ‘sha  davrida  paydo  bo‘ladi.
N im shohi  gazlam alar  —  beqasam ,  banoras  va  adras,  atlaslar 
xalqimiz  tom onidan  e ’zozlanadi.  0 ‘zbek  xalqi  ipak  yetishtirishda 
m ohir  b o ‘libgina  qolmay,  balki  shoi-atlaslarni  to ‘qigan,  uni  niho-
14


yatda  yuqori  badiiy  did bilan b o ‘yay  olgan.  Faqat  ipakdan  tikilgan 
to ‘rt,  sakkiz,  o ‘n  ikki  tepkili  atlaslar jahonga  dong  taratgan.
Atlas  gazm ollar  kom pozitsion  jihatdan  turli-tum andir.  H o ­
zirgi  kunda uning yuzdan  ortiq  bezash  turi  bor.  Bular,  asosan,  tu r­
li  geom etrik  shakllar,  o ‘sim liklam ing  gul  va  barglari,  u y -ro ‘zg‘or 
buyumlari va hokazolardan  iboratdir.  0 ‘zbek kashtachilik san ’atida 
zardo‘zlik buyum lari,  yorqin  va  lo‘nda  gulli  gilamlar, jundan  tikil­
gan bejirim jihozlar ham   keng  tarqalgan,  bularga xalqning  hayotida 
turli  m aqsadlarda  ham on  foydalanilm oqda.
Ganchkorlik  —  0 ‘zbekistonda  amaliy  san ’atning  eng  sevimli  va 
qadimiy  turlaridan  biridir.  Amaliy  san’atning  bu  turida  Buxoro  va 
toshkentlik  ustalar samarali  m ehnat  qilganlar.
A w allari  devorlar  o ‘ym a  gulli  pannolar  bilan  bezatilar,  tax- 
m onlar  qirrasiga  naqshlar  o ‘yilardi.  T okchalar  b o is a ,  o ‘ym akor 
yoki jim jim a tabaqalar bilan  yasatilar,  xonaga  nur va  havo  kirib  tu- 
rishi  uchun  deraza  va  eshik  ustidan  tuynuk  qo‘yib,  unga  ganch  va 
yog‘ochdan  panjara  o ‘rnatilar  edi.  H ozirda  qandil,  navo,  ship  kabi
-  m e’m orchilik  detallari  ganchlardan  tayyorlanm oqda.  Shuningdek, 
m adaniyat  saroylari,  klublar,  teatr  va  uy-joy  binolarining  ichki 
va  tashqi  qismini  ko‘rishda  ganchkorlikdan  keng  foydalanilm oq­
da.  0 ‘zbek  ganchkorligining  ajoyib  sahifasini  Buxoro  yaqinida- 
gi  «Sitorayi-m ohi  xossa»dagi  «Oq  uy»da,  Toshkentdagi  N avoiy 
nomli  katta  opera  va  balet  teatrida  ko‘rish  m um kin.  San’atning 
hu  ajoyib  va  murakkab  turida  ustalardan  U sta  Shirin  M urodov, 
ToshpoMat  Arslonqulovlar  dong  taratganlar.  Amaliy  san ’atning 
yog'och  o'ymakorligi  turi 
Xiilqlarning  ko'pchiligida qadim dan  mav- 
jud 
bo'lib,  o ‘/iiiiii},1  l)oy  a n ’analariga  ega.  Yog‘ocli  o ‘ymakorligi 
asarlari  csliik,  deia/.a,  quli,  xonlaxta,  kitob  tokchalari,  quticha- 
lar,  qam ldon,  ii.stunlar,  panjaralar,  o'yinchoqlarda  o ‘z  aksini  top- 
gtlli.  O'/lK-kistonning  xalq  sa n ’atida  yog‘och  o ‘ymakorligi  salm oq- 
li  o iiim i  egallaydi.  Bu  borada  Xiva  ustalarining  ishlari  m aqtov- 
ЙН  loyiqdir.  U lar  ishlagan  asarlar  o ‘simIiksimon  elem entlarning 
ko'pligi  va  b o ‘rttirib  ishlanganligi  bilan  boshqa  asarlardan  ajralib 
turadi.  Toshkent  ustalari  esa  k o ‘proq  «girih»  usulida  ishlab,  geo­
metrik  ornam entlardan  ko‘p  foydalanishadi.
Y og‘och  o ‘ym akorligi  s a n ’atida  m usiqa  asboblarini  bezash 
ham   alohida  o ‘rinni  egallaydi.  D u to r  va  tanb urlarga,  to r  va 
changlarga suyak va sadaflardan  qadalgan  chiroyli  naq sh lar kishi-
15


ni  hayratda  qoldiradi.  Bu  sa n ’at  hozirgi  vaqtda  T oshkentda  keng 
rivojlangan.
0 ‘ymakorlik  san’atining  ajoyib  turlaridan  biri  misgarlikdir.
0 ‘zbek  misgarligi  san’ati ju d a  qadim dan  shuhrat  qozonib  keldi. 
Sariq  va  qizil  misdan  ishlangan  turli  xil  xo‘jalik  va  u y -ro ‘zg‘or 
buyumlari  jud a  nozik  shakllar  bilan  bezatiladi.  Bezatilgan  mis  as­
boblar  Buxoro,  Q o‘qon,  Sam arqand,  Qarshi  va  Xiva  shaharlari- 
da  ko‘proq  yasaladi.  M isgarlikda  bu  shaharlar  ustalarining  o'zicha 
ishlash  uslubi  bor.  Lagan,  patnis,  clioy  idish,  oftoba  va  obdastalar 
misgarlik  buyumlari  ichida  eng  k o ‘p  tarqalgan  buyum lardir.
Suyak  o ‘ymakorligi  am aliy  san’atning  shim olda  keng  tarqal­
gan  turidir.  Suyak  o ‘ymakorligi  buyum larining  o ‘ziga  xos  tayyor- 
lanish  uslubi  bor.  Bunda  ish,  aw alo ,  zarur  m aterialni  topishdan 
boshlanadi.  Keyin  m aterialning  notekis  joylari  egov  bilan,  m ay­
da  jilvir  qog‘ozda  tekislab  chiqiladi.  So‘ngra  unga  rasm  ishlanib, 
lak  surtiladi  va  naqsh  o ‘yib  ishlanadi.  Tayyor  ishga  keyin  pardoz 
beriladi.  Tayyor  buyum   b o ‘r va  spirt  bilan  artib  chiqiladi.  Partam , 
arracha,  egov va boshqalar suyak  o ‘ymakorligida  qoTlanadigan  as- 
boblardir.  Suyak  o ‘ymakorligi  ustalari  ota-bobolarining  eng  yaxshi 
a n ’analarini  davom  ettirib,  ajoyib  asarlar  —  qutichalar,  tm bkalar, 
kichik-kichik  haykal  va  hokazolar yaratmoqdalar.
Q adim dan  u y -ro ‘zg‘o r  buyumlariga  b o ‘yoqlar  bilan  ajoyib 
naqshlar  ishlanib  kelgan.  Bu  ham   naqqoshlik  san ’ati  deb  yuriti- 
ladi.
Respublikamizda  amaliy  san’atning  bu  turi,  qadimdan  rivojlan­
gan  b o ‘lib,  o ‘zbek  ustalari  faqat  uy-ro‘zg‘or  buyumlarini  emas,  bal­
ki  uy-joy va jam oat  binolarining  devor va shiplarini  ham   bezaydilar. 
San’atning  bu  turida  har  bir  xalq  o ‘zicha  ijod  qiladi.  Masalan,  rus 
amaliy san’atida tekislangan yog‘ochga usta o ‘simliksimon naqsh ras- 
mini  tushiradi,  keyin  unga  maxsus bo'yoqlar beradi.  U  bir oz quriga- 
nidan  so‘ng  bo‘yog‘i  o ‘chib  ketmasligi  uchun  ustidan  bir  necha  bor 
tiniq  lak  surtiladi.  0 ‘zbek  rassom  ustalarining  ish  uslubi  boshqacha- 
roqdir.  Bu  ustalar  eskiz  b o ‘yicha  duradgor  ishlagan  yog‘ochga  yelim 
surtadilar.  Jilvir  qog‘oz  bilan  yelim  tozalangandan  so‘ng  materialga 
bronza beriladi.  Keyin bronza ustidan ulgi  asosida  kompozitsion  tas­
vir,  uning  ustiga  qora  bo‘yoq  surtib,  naqsh  ishlanadi.  Naqshlarning 
o ‘chib  ketmasligi  uchun  naqsh  ustidan  bir  necha  bor  toza  lak  sur­
tiladi.
16


Xalq  ustalari  tajribasida  naqshning  quyidagi  turlari  ko'proq 
q o ‘llanadi:  islimi  —  egri  chiziqli  o ‘simlik  elem entlaridan  iborat 
naqsh;  G irih  — to ‘g‘ri  chiziqli  elem entlardan  geom etrik shakl  hosil 
qiluvchi  naqsh;  murakkab  naqsh,  bu  aw algi  ikki  guruhdagi  naqsh 
(islimi va girih)  elem entlarining yig‘indisidan iborat.  Islimi turidagi 
asosiy  elem entlar  novda,  yaproq,  gul,  g ‘uncha,  kurtak,  qalam pir, 
meva,  poya  kabilar  hisoblanadi.  Poya  va  novda  turli  naqshlarning 
eng  ko‘p  uchraydigan  elem entlari  hisoblanib,  ular  naqsh  hoshiya- 
larida  q o ‘llaniladi.  G irihlar  esa  tursim on  va  yulduzsim on  b o ‘lib, 
yulduz  nurlarining  soni  5  tadan  16  tagacha  boradi.  N aqshning 
uchinchi  turi  hisoblangan  murakkab  naqshda  esa  naqsh  geom etrik 
va  o ‘simlik  elem entlarining  birga  qo‘shib  ishlatilishi  natijasida  h o ­
sil  b o ‘ladi.  Bunda  geom etrik  elem ent  doim o  naqsh  o ‘rtasida  joy- 
lashadi.
N aqqosh  ustalardan  A.  Qosimjonov,  Y.Raufov,  T .T o‘xtaxo‘ja- 
yev,  A.Boltayev,  S .N orqo‘ziyev va  J.H akim ovlar  san’atning bu  tu- 
rida  sam arali  m ehnat  qilib,  shuhrat  qozonganlar.
Tabiiy  loydan  turli  idishlar  yasash  va  ularni  tegishli  ranglarga 
b o ‘yash  —  kulolchilik  0 ‘zbekistonda ju d a  qadim   zam ondan  rivoj- 
langandir.  Kulolchilik  san’ati  buyum lariga  lagan,  tovoq,  choynak, 
piyola,  sopol  va  chinni  idishlar,  shuningdek,  loydan  ishlangan 
o ‘yinchoqlar  kiradi.
K ulolchilik  san’atida  bezatishning  turli  usullari  qo‘llaniladi. 
Shunday  usullardan  biri  «qalami»  usulidir.  Bu  usulda  bezak  idish- 
larga  naqshlarning  rasmi  chizib  olinm asdan  to ‘g‘ridan  to ‘g‘ri 
m o ‘yqalam  bilan  ishlanaveradi.  Bu  usulda  k o ‘proq  Rishton  bilan 
G ‘ijduvon  ustalari  ishlashadi.  B a’zi  joylarda  ustalar  gilvata  orqali 
gul  chizib,  keyin  b o ‘yoq  beriladigan  «chizma»  usulidan  foydalana­
dilar.  Bu  usul  toshkentlik  ustalar  orasida  ko‘p  tarqalgan.
0 ‘zbek  kulolchilik  buyum lari  bezak  kom pozitsiyalarida  o ‘sim - 
liksim on  va  geom etrik  elem entlarning  boyligi,  xilma-xilligi,  b o ‘- 
yoqlar  gam m asining  yorqinligi  bilan  ajralib  turadi.  U larda  feruza 
rang  baxt  keltiruvchi  belgi  sifatida  k o ‘p  ishlatiladi.  Kulolchilik 
0 ‘zbekiston  m e’m orchiligida  ham   keng  qoMlanilgan.  M adrasa, 
masjid,  karvonsaroy,  ham m om larning  peshtoqlarida  xona  ichla- 
ridagi  devor bezaklarida  kulolchilik  san ’atining  nam unalari  o ‘z  ak- 
sini  topgan.  Hozirgi  kunlarda  ham   kulolchilik  jam oat,  turar-joy 
binolarini  bezatishda  keng  qo‘llanilm oqda.


Respublikamizda  hozirgi  kunda  bir  qator  usta  kulollarni  bir- 
lashtirgan  bir  qator  kulolchilik  ustaxonalari  b o iib ,  ular  xalqimiz 
talablariga  va  didiga  mos  amaliy  san ’at  buyum lari  yaratm oqda- 
lar.  O ‘zbekiston  kulolchilik  san ’atini  rivojlantirishda  kulollardan 
U .Jo ‘raqulov,  M.  Rahimov,  U.  U sm onov,  I.  Nazrullayev va boshqa 
qator ustalar o ‘zlarining salm oqli ulushlarini qo‘shm oqdalar. K ulol­
chilik boshqa xalqlar orasida  ham   keng  rivojlangan.  0 ‘tgan  asrlarda 
kulolchilik  Moskva gubernasining  Gjel  shaharcliasida  keng  shuhrat 
qozondi.  Gjel  kulolchilik  korxonasida  o ‘tm ishda ganch,  loydan  ki- 
chik-kichik  kompozitsiyalar  yaratilib,  ularning  sujetiga  portretlar, 
turm ushda  uchraydigan  har  xil  voqealar,  hayvonlarni  tasvirlo- 
vchi  o ‘yinchoqlar  asos  qilib  olinar  edi.  0 ‘tgan  yillarda  kulolchilik 
arteli tashkil  qilinib,  unda gjel  ustalari  ota-bobolarining  san’atlarini 
davom  ettirib,  mavzuli  asarlar  va  o ‘yinchoqlarning  yangi  nam u- 
nalarini  yaratm oqdalar.  Gjel  ustalari  ishlab  chiqarayotgan  chinni 
buyum lar  o ‘simliksimon  va  geom etrik  shakl  bezaklarining  boyligi 
bilan  ajralib  turadi.
0 ‘rta  Osiyo  xalqlari  qadim dan  o ‘zlarining  zardo‘zlik  san’atlari 
bilan  fahrlanadilar.  Z ard o ‘zlik  uchun  asosiy m aterial  zar iplar,  bax- 
mal  kabilardir.  U stalar  zar  tikishning  ikki  turini  q o ‘i!ashadi.  Bi- 
rinchisi,  fonni  zar bilan  tikib  to'ldirish va  ikkinchisi,  naqshlarni  zar 
bilan tikib to id irish .  Chevarlar ornam ental va m azm unli  kom pozi- 
tsiyalarda  k o ‘pincha  o ‘simliklarni  tasvirlaydi,  gullar,  barglar,  bo- 
dom   to ‘plari,  paxta shular jum lasidandir.  Keyingi  vaqtlarda  zargar- 
lik buyum larida jonli  narsalar tasvirlanadigan  b o ‘ldi.
Q adim dan  zard o ‘zlik  Buxoro  va  Sam arqand  shaharlarida  keng 
rivojlangan.  0 ‘tgan  yillar davrida  zardo‘z ustalariga sharoit yaxshi- 
lanishi  natijasida  ularning  ishlari  ijodiy  y o ‘nalish  oldi.  N atijada 
har xil  sovg‘a va  omm aviy zardo‘zlik buyum lari  yaratila boshlandi. 
Hozirgi  vaqtda  zard o ‘zlik  buyum lari  Buxorodagi  zard o ‘zlik  m ax­
sus  fabrikasida  ko ‘plab  ishlab  chiqilm oqda.

Download 4,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish