M. R. Tursunova xalqaro menejment



Download 1,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/128
Sana27.04.2022
Hajmi1,53 Mb.
#585467
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   128
Bog'liq
fayl 2062 20211105

Nazorat savollari: 
1. Xalqaro menejmentga ta’rif bering. 
2. Xalqaro menejment nazariyasining asosiy prinsiplarini yoriting. 
3. Mamlakatda tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarishda mutlaq ustunlik nima? 
4. Mahsulotning xalqaro hayotiylik sikli tamoyilining mohiyati nimada? 
5. Bevosita xorijiy investitsiyalar nima? 
6. Korxonaning chet eldagi faoliyatiga qanday omillar ta’sir etadi? 
23 


2- BOB. XALQARO BIZNES YURITISHNING O’ZIGA XOS 
XUSUSIYATLARI. 
Reja: 
2.1. Xo’jalik faoliyatini baynalmilallashtirishni motivatsiyalash.
2.3. Xorijda atrof-muhitga moslashish omillari.
2.3. Xorijiy texnologiyalar va uskunalarni qabul qiluvchi mamlakatning 
sharoitlariga moslashtirish bo’yicha chora-tadbirlar. 
Tayanch iboralar: 
Inson kapitali, qabul qiluvchi mamlakatning moliyaviy imkoniyatlari, moslashishning 
sub’ektiv va ob’ektiv omillari, litsenziar, litsenziat 
2.1. Xo’jalik faoliyatini baynalmilallashtirishni motivatsiyalash 
Xorijiy faoliyatning yuqori tavakkalchiligi firma oldida ochilayotgan chet elda 
harakatlanishning keng imkoniyatlari bilan qoplanadi. XX asr boshidayoq “ishlab 
chiqarish harajatlari pastroq bo’lgan joyda ishlab chiqarish” qoidasiga asoslangan ishlab 
chiqarishning mutlaq va nisbiy harajatlari asosiy tamoyillariga amerika avtomobilsozligi 
asoschisi Genri Ford sotish bozori haqidagi “qayerda sotsam, shu yerda ishlab 
chiqaraman” degan o’z fikrini qo’shdi. Bu bilan u qabul qiluvchi mamlakatlarda chet elda 
ishlab chiqarilgan qismlar va detallardan yig’ma ishlab chiqarishga ega xalqaro ishlab 
chiqarish majmualarini tashkil qilinishiga asos soldi. Zamonaviy sharoitlarda xorijiy 
tadbirkorlikni rag’batlantiruvchi omillarga quyidagilar kiradi: 
- ichki milliy bozordagi faoliyatga nisbatan yuqori foyda olish
- nisbatan yirik va qudratli firmaning ta’siri (masalan, uning subyetkazib beruvchisi 
sifatida faoliyat yuritish). Bunga misol sifatida AQShda yapon kompaniyalarining 
avtomobil korxonalari qurilishini keltirish mumkin. Bunda asosiy yapon avtomobil 
24 


kompaniyalari ketidan ularning kichikroq firmalari – subyetkazib beruvchilari, 
avtomobillarga, butlovchi detallarni ishlab chiqaruvchi korxonalar AQShda o’rnasha 
boshladi; 
- hukumat va xalqaro tashkilotlarning tashabbusi. Rivojlangan davlatlar hukumati 
yoki xalqaro moliyaviy tashkilotlar – Xalqaro rekonstruksiya va taraqqiyot banki (XRTB), 
Xalqaro valuta fondi (XVF), Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi (XTA) va boshqalarning 
rivojlanayotgan davlatlarga kreditlari ko’pincha rivojlangan mamlakatlarning xususiy 
sarmoyadorlariga qabul qiluvchi davlatlarda bevosita xorijiy investitsiyalar asosida 
korxonalarni qurish imkoniyatini beradi; 
- kompaniyalarning faoliyatini chet elga ko’chirishga majbur qiluvchi milliy 
bozordagi noqulay sharoitlar. Bunga davlatning tartibga solishi bilan bog’liq harajatlar 
(masalan, federal va mintaqaviy soliqlar, atrof-muhit muhofazasi bo’yicha milliy 
me’yorlarga muvofiqlikka erishish uchun tabiatni himoya qilishga sarflar) misol bo’lishi 
mumkin. Tabiiy resurslarning kamayishi yoki ularni qazib olish sharoitlarining 
yomonlashuvi oqibatida ishlab chiqarish harajatlarining o’sishi, shuningdek milliy bozorda 
keskinlashayotgan raqobat, ichki bozorning bir turdagi mahsulot va xizmatlarni ishlab 
chiqarish va sotish sharoitlarini qiyinlashtiradi. Sig’imli o’sib borayotgan bozor mavjud 
bo’lgan mamlakatda tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishni tashkil qilishga intilish 
harakatchan kompaniyalar strategiyasining “mahalliy bozor uchun mahalliy ishlab 
chiqarishni tashkil qilish” prinsipiga asoslanadi; 
- qabul qiluvchi mamlakatda bozor sig’imi, tabiiy resurslar va malakali arzon ishchi 
kuchi hamda “inson kapitali” (yuqori malakali mutaxassislar, muxandislar va olimlar)ning 
mavjudligi; 
- eksport uchun proteksionistik to’siqlar. Ular qabul qiluvchi mamlakatga tayyor 
mahsulotlar olib kelishdan ko’ra u yerda tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarishni tashkil 
qilish afzalroq bo’luvchi sharoitlarni yaratadi; 
- qabul qiluvchi mamlakatda qimmatli axborotlarning mavjudligi; 
- qaltisliklarning diversifikatsiyasi (masalan, bozorga yangi mahsulot bilan 
chiqishda). Bunday holda qaltisliklarni xorijiy sherik bilan bo’lib olish maqsadga
muvofiq; 
25 


- xorijda yangi texnologiya, xorijiy kapital va ishlab chiqarish hamda sotishni tashkil 
qilish tajribasini egallash; 
- tez o’zgaruvchan bozor kon’yunkturasi keltirib chiqargan uzoq muddatli talab va 
ko’psonli qaltisliklarning noaniqligi sababli tovarlarni ishlab chiqarish va xizmat 
ko’rsatishni diversifikastiya qilish; 
- tashqi iqtisodiy faoliyat sohasiga chiqish yo’li bilan raqobatbardoshlik darajasini 
saqlab qolish; 
- qabul qiluvchi mamlakatda moliyaviy imkoniyatlardan (bankning past foizi, 
mahalliy, chet el va xalqaro tashkilotlarning fondlari va kreditlaridan) foydalanish; 
- jahon bozorida kuchayib borayotgan raqobat sharoitlarida eksport tovarlarining 
raqobatbardoshligini oshirishga imkon beruvchi chet elda imtiyozli soliqqa tortish. 
Xorijiy tadbirkorlikni rivojlantirishga undovchi sabablarning yoritilishi shuni 
ko’rsatadaki, dinamik kompaniyalarning ishlab chiqarishni chet elga o’tkazishi faqat 
yakuniy foydani maksimallashtirish maqsadida amalga oshirilmay, balki ishlab chiqarish 
kuchlarini takomillashtirish va zamonaviylashtirish zaruriyati bilan ham tushuntiriladi. 
Bugungi kunda, qabul qiluvchi mamlakatda xorijiy firmalarning faoliyat yuritish 
sharoitiga moslashuviga jahon moliyaviy inqirozining ta’siri va oqibatlarini tahlil etadigan 
bo’lsak, albatta xalqaro firmalar faoliyatini bir oz susayganligini ko’rish mumkin. Lekin, 
“shu o’rinda O’zbekistonda moliyaviy-iqtisodiy, budjet, bank-kredit tizimi, shuningdek, 
iqtisodiyotning real sektori korxonalari va tarmoqlarining barqaror hamda uzluksiz 
ishlashini ta’minlash uchun yetarli darajada mustahkam zaxiralar yaratilganini va zarur 
resurslar bazasi mavjud ekanini ta’kidlash joiz” . 

Download 1,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish