3. Qo’llanilayotgan uskunalar, texnologiya, xomashyo va materiallar, sifatni
boshqarish tizimi, ishlab chiqarishni va mehnatni tashkil qilish bilan ta’minlanuvchi
mahsulotlar yoki xizmatlarning sifati.
4. Asosiy iste’molchilarning tovarlarni xarid qilish yoki xizmatlardan foydalanish,
tashish, ekspluatatsiya qilish, tovar xizmatining kafolat muddati davomida ta’mirlash va
ishlatish harajatlari.
5. Qabul qiluvchi mamlakatning xususiyatlarini hisobga olgan holda xaridorlarning
asosiy va qo’shimcha ehtiyojlarini qondirish darajasi. Bu iste’molchilar manfaatlarini
huquqiy himoya qilish me’yorlariga rioya etish darajasi, reklamaning mahsulot
haqiqiy
iste’mol xususiyatlariga mos kelishi, qadoqlashning sifati, saqlash, sotish, yetkazib berish,
sotuvdan keyingi kafolatli xizmat ko’rsatish shartlari bilan aniqlanadi.
TMKlarning xorijiy filiallari ko’pincha qabul qiluvchi mamlakatlarning bozorlarida
milliy firmalarga nisbatan yuqori moliyaviy imkoniyatlar va ko’plab reklama tadbirlari
hisobiga yuqoriroq raqobatbardoshlik darajasiga erishadilar. Biroq, jahon bozorida
raqobatbardoshlikka erishishning asosiy omili - bozor kon’yunkturasini
malakali tahlil
qilish asosida to’g’ri tanlangan tovarlar va xizmatlarning assortimenti (turlari) hisoblanadi.
Qator hollarda xalqaro menejerlar jahon bozorida raqobatchilarning firmalari bilan
bellashmaslikka, buning o’rniga birdamlikni namoyon qilish va raqobatchilar bilan
bozorni bo’lib olish haqida kelishishni yoki boshqa raqiblar bilan raqobat kurashida kuch-
quvvatlarini birlashtirishni lozim topadi. Ular bu bilan innovatsion
faoliyatni
rag’batlantiruvchi va iqtisodiyotni hamda pirovard natijada aholi farovonligining o’sishini
ta’minlovchi raqobat mexanizmining harakatini chegaralaydi. Davlatning ma’muriy
organlari raqobatning bunday cheklanishiga qarshi tegishli iqtisodiy siyosat bilan
kurashadiki, bu siyosatning xususiyatlarini xalqaro menejer hisobga olishi lozim bo’ladi.
Masalan, Germaniyada raqobatning cheklanishiga qarshi qonun davlatning ichki va tashqi
tadbirkorlikni tartibga solishning to’rtta asosiy sohasini ko’zda tutadi:
- kelishuvlarni, kelishilgan xulq-atvorni, raqobatni
cheklashga qaratilgan bir
tomonlama tadbirlarni ta’qiqlash;
- bozorda hukmronlik qiluvchi korxonalarning ehtimoliy suiste’mollarini nazorat
qilish;
21
- korxonalar birlashishini nazorat qilish;
- alohida qoidalarning harakat sohalari.
Xalqaro menejerning xorijiy faoliyati muvaffaqiyatining asosiy omillaridan biri
bo’lib, qabul qiluvchi mamlakat qonunlarini bilish va ularga rioya etish hisoblanadi. XX
asrning oxirgi o’n yilliklarida ko’pchilik davlatlarning milliy qonunchiligida va xalqaro
tashkilotlarning konvensiyalarida raqobatga munosabat nuqtai
nazardan cheklovchi ishga
doir amaliyot shakllari yetkazib beruvchilar va xaridorlar o’rtasida bozorlarni taqsimlash,
baholarni o’rnatish, eksporterlarning diskriminatsion (kamsituvchi) baholar va tijorat
shartlaridan foydalanishi, savdo sherigining ishlab chiqarishga va raqobatlashayotgan
tovarlarni sotishga nisbatan cheklovlarning qabul qilinishiga asoslangan tovar yetkazib
berish, “yuklama” bilan yetkazib berish va boshqalar qoralanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: