«Xalqaro menejment» fanining vazifasi
— jahon bozorida milliy va xalqaro
kompaniyalar strategiyasini, integral (birikma) xalqaro texnologiyalarni qo’llash orqali
ishlab chiqarishni baynalmilallashtirish imkoniyatlarini, xorijiy an’analar, madaniy
xususiyatlar va qabul qilingan standartlarga moslashish usullarini o’rganishdan iboratdir.
Natija sifatida esa global ko’lamdagi tafakkur, falsafa va psixologiyani hamda chet elda
tadbirkorlik faoliyati sharoitlariga tez moslashish ko’nikmalarini egallash qabul qilinadi.
14
1.2.“Xalqaro menejment” kategoriyasi
“Xalqaro menejment” kategoriyasiga ta’rif berish uchun tovarlar va xizmatlarning turli
mamlakatlarda ishlab chiqarilishi va sotilishiga imkoniyat yaratuvchi tadbirkorlik shakli
sifatida xalqaro biznes tushunchasini aniqlab olish zarur. Global menejment nazariyasining
asosiy prinsiplari bo’lib mutlaq ustunliklar, nisbiy afzalliklar, mahsulotning xalqaro
hayotiylik sikli va bevosita xorijiy investitsiyalar tamoyillari hisoblanadi.
Mutlaq ustunliklar tamoyili boshqa davlatlarga nisbatan mehnat unumdorligi yuqori
va ishlab chiqarish harajatlari past bo’lgan mamlakatda tovarlar va xizmatlar ishlab
chiqarishni tashkil qilishni nazarda tutadi. Bunday sharoitlar mutlaq ustunliklarga ega
mamlakatdan boshqa davlatlarga tovarlar va xizmatlar eksportini amalga oshirish
imkoniyatini beradi. Mutlaq ustunliklar, shuningdek nisbiy ustunliklar ham xalqaro
biznesni rivojlantirishni rag’batlantiradi.
Nisbiy afzalliklar tamoyili mamlakatda bir necha xil tovarlar va xizmatlar ishlab
chiqarishni tashkil qilish imkoniyatlarini asoslab beradi. Bu holda menejer mutlaq
ustunliklarga ega bo’lgan mahsulotni tanlashi va uni ishlab chiqarish va eksport qilishga
kuch-quvvatlarni jamlashi zarur bo’ladi. Qolgan tovarlar va xizmatlar esa faqat ichki bozor
uchun mo’ljallanishi va unga bo’lgan ehtiyojlarning bir qismi import hisobiga qondirilishi
mumkin. Mutlaq va nisbiy ustunliklarning kombinatsiyasi har bir mamlakatga tegishli
bo’lgan ishlab chiqarishni tashkil qilish va davlat siyosati bilan birga turli
mamlakatlarning firmalariga raqobat sharoitlarida yuqori obro’ni ta’minlaydi. Tajribaning
ko’rsatishicha, AQSh korporatsiyalarining yo’lovchi samolyotlarini (“Boing”
kompaniyasi), qudratli kompyuterlarni (“IBM” kompaniyasi), kompyuter dasturlari
(“Microsoft” kompaniyasi), atrof-muhit muhofazasi uchun uskunalarni, o’g’itlarni ishlab
chiqarishdagi raqobatbardoshligi shubhasiz. Jahon bozorlarida Germaniya firmalari
avtomobillar, kimyoviy mahsulotlar, qishloq xo’jalik mashinalari, optik asboblar,
poligrafiya uskunalari kabi tovarlar bo’yicha yuqori raqobatbardoshligi bilan mashhur.
Jahon bozorlarida uglerodli tolalar, telekommunikatsiya uskunalari, dengiz kemalari,
avtomobillar, maishiy elektronika ishlab chiqaruvchi yapon kompaniyalari ham
15
mashhurdir. Italiya firmalari esa keramik va to’qimachilik mahsulotlarini, sport poyafzali,
qadoqlash uskunalarini yirik ishlab chiqaruvchilari hisoblanadi.
Mahsulotning xalqaro hayotiylik sikli tamoyili amerikalik iqtisodchi R.Vernan
tomonidan ishlab chiqilgan mahsulotning hayotiylik sikli nazariyasiga asoslanadi. U ichki
va tashqi bozorlarga yangi mahsulotlar bilan chiqishda tez o’zgaruvchan kon’yunktura va
o’tkir raqobat kurashi sharoitlarida tadbirkorlarning e’tiborini tovarlar va xizmatlarni
ishlab chiqarish va sotish samaradorligi muammolariga qaratish maqsadida har qanday
tovarni sotish jarayonini 4 bosqichga ajratadi:
1-bosqich – yangilik kiritish bosqichi. Ushbu bosqich mahsulotning konstruktiv
xususiyatlari va texnik xarakteristikalari xaridorlar tomonidan xali to’la o’rganilmagan
vaqtda talabning qat’iy emasligi, bozorning egallanmaganligi, yangi tovarga talab
o’sishining sekin kechishi bilan xarakterlanadi. Bu bosqichda xaridorlar bozorda yangi
mahsulotga e’tibor berib, uning afzalliklarini baholab boradilar, natijada xaridlar hajmi
sekin o’sa boshlaydi.
2-bosqich – xarid hajmining ko’payish bosqichi. Ushbu bosqichda tovarning yuqori
iste’mol xususiyatlarining xaridorlar tomonidan tan olinishi evaziga talabning o’sishi bilan
bog’liq holda ishlab chiqarish va xarid hajmi ko’payadi. Bu birinchi bo’lib ommaviy
mahsulot ishlab chiqarishni yo’lga qo’ygan firmalar uchun maksimal foyda olish vaqti
hisoblanadi.
3-bosqich – bozorni to’ldirish bosqichi. Ushbu bosqich xaridorlarning asosiy
qismining ushbu tovarga bo’lgan o’z ehtiyojlarini qondirib bo’lganligi, uning ishlab
chiqarilishi raqobatchilar tomonidan o’zlashtirila boshlanganligi va raqobat belgilari paydo
bo’lganligi bilan xarakterlanadi.
4-bosqich – kamayish bosqichi. Ushbu bosqichda mahsulotning hayotiylik siklini
uzaytirish uchun uni ishlab chiqarish nisbatan past ishlab chiqarish harajatlariga ega
bo’lgan, ko’pincha rivojlanayotgan mamlakatlarga bevosita investitsiyalar yo’li bilan
ko’chiriladi. Bu mamlakatlarga ushbu mahsulotni eksport qilish, odatda, bu yerda ularni
ishlab chiqarishdan ilgari boshlangan bo’ladi. Mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirilishi
natijasida mahsulotni xorijiy mamlakatlardan import qilish qisqaradi.
16
Bevosita xorijiy investitsiyalar – bu bevosita sarmoyador firma va qabul qiluvchi
firma o’rtasida uzoq muddatli faoliyatga oid munosabatlarga mo’ljallangan kapital
qo’yilmalardir. Bu munosabatlarda bevosita investorning maqsadi bo’lib qabul qiluvchi
mamlakatda korxonani boshqarishni tashkil qilishga jiddiy ta’sir ko’rsatish va uning
faoliyatini nazorat qilish hisoblanadi. Bevosita xorijiy investitsiyalar turli mamlakatlarning
firmalari o’rtasida dastlabki bitimning boshlang’ich bosqichi sifatida xizmat qilib,
shuningdek o’z ichiga ular o’rtasidagi barcha keyingi kelishuvlarni oladi. Bu bitimlar va
kelishuvlarning sub’yektlari sifatida asosiy ishtirokchilardan tashqari ular bilan bog’liq
firmalar ham faoliyat ko’rsatishi mumkin. Investorning bevosita xorijiy investitsiyalarni
kiritish mamlakatini tanlashda iqtisodiy o’sish sur’atlari, bank foizi va kredit shartlari,
tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish harajatlari, tashqi qarzdorlik, siyosiy va
makroiqtisodiy barqarorlik asosiy ustunliklar hisoblanadi.
Keyingi yillarda O’zbekiston iqtisodiyotiga kiritilayotgan xorijiy investitsiyalar
hajmining izchil va barqaror o’sib borayotgani e’tiborga sazovor bo’lib, bunda,
mamlakatimizda tarkibiy o’zgarishlarni izchil amalga oshirishda qulay investitsiya
muhitining yaratilgani asosiy omil bo’lib kelmoqda. O’zlashtirilgan barcha
investitsiyalarning 50 foizga yaqini ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va texnik
qayta jihozlashga yo’naltirilgandir. Eng muhimi, xorijiy investitsiyalarning 74 foizini
to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalar tashkil etdi .
Mamlakatimizda 2019-yilning dastlabki olti oyida umumiy investitsiyalarning
umumiy hajmi 101 trln so’mni tashkil qildi. Xorijiy investitsiyalar ulushi 5.6 mlrd AQSh
dollariga tenglashdi. 2.1 mlrd AQSh dollari davlat kafolatlari asosidagi,qolgan 3.5 mlrd
AQSh dollari esa to’g’ridan –to’g’ri investitsiya hisoblanadi.Ko’rsatkich o’tgan yilga
nisbatan 4.3 baravarga oshdi. O’tgan yil davomida 2.8 mlrd AQSh dollari o’zlashtirildi.
Ayni vaqtda chet el investorlari qurilish, to’qimachilik, farmasevtika, oziq-ovqat
mahsulotlariga qayta ishlash, elektrotexnika, metallurgiya sohasiga ko’proq sarmoya
kiritishyapdi. 2018-yilgacha neft-gaz yo’nalishi ustunlik qilgan.Hozir uning darajasi 73
foizdan 35 foizga tushdi. Bu degani boshqa sohagalarag ham investitsiya kirib kela
boshlayapdi.
17
Mamlakatimizda, bugungi kunda iqtisodiyotimizni modernizatsiya qilish, texnik va
texnologik yangilash, uning raqobatdoshligini keskin oshirish, eksport salohiyatini
yuksaltirishga qaratilgan muhim ustuvor loyihalarni amalga oshirish bo’yicha Dastur
ishlab chiqilgan bo’lib, «…bu dastur iqtisodiyotimizning asosiy tarmoqlarini
modernizatsiya qilish va texnik yangilash, mamlakatimizning yangi marralarni egallashi
uchun kuchli turtki beradigan va jahon bozorida raqobatdoshligini ta’minlaydigan
zamonaviy innovatsion texnologiyalarni joriy qilish bo’yicha maqsadli loyihalarni o’zida
mujassam etishi darkor».
Do'stlaringiz bilan baham: |