1 Мавзу. Metrologiya fanining vujudga kelishi va rivojlanish tarixi. Metrologiya fanining maqsad va vazifasi Reja



Download 66,51 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana02.06.2023
Hajmi66,51 Kb.
#948303
  1   2   3   4   5   6



Мавзу. Metrologiya fanining vujudga kelishi va rivojlanish tarixi. 
Metrologiya fanining maqsad va vazifasi 
Reja 
Metrologiya fani va uning vazifasi, predmeti va obekti. Zamonaviy metrologiyaning 
vazifalari. O‗lchashlarning umumiy nazariyasi, kattaliklar birliklarini va ularning tizimlarini 
yaratish, o‗lchash usullari va vositalari, o‗lchashlar aniqligi (o‗lchashlar noaniqligi nazariyasi, 
o‗lchashlar xatoligi nazariyasi) ni baholash usullari va ifodalash yo‗llari, o‗lchashlar bir xilligini 
ta‘minlash, etalonlarni yaratish, o‗lchash vositalari va o‗lchash uslublarining tavsiflarini aniqlash 
va birliklar o‗lchamlarini etalonlardan qolgan barcha o‗lchash vositalariga o‗tkazish usullari. 
XVIII asrning oxirlarida og‗irlik va uzunlik o‗lchov birliklarining qabul qilinishi natijasida 
metrologiya fanining rivojlanishi. 1875 yil 20 mayda Xalqaro Metrik Konvensiyaning qabul 
qilinishi va uning ahamiyati. O‗lchovlar va tarozilar Xalqaro byurosining tashkil qilinishi va 
uning faoliyati. Xalqaro birliklar tizimi. Maxsus metrologiya tashkilotlari. Zamonoviy umumiy 
metrologiya va tabiiy fanlar.
 
Qo'llaniladigan ta’lim texnologiyalari:
mantiqiy fikrlash, aqliy hujum. 
Adabiyotlar: 
A1; A5; A8; Q1; Q11; Q15; Q24; Q33; Q34. 
Kalit so‘zlar:
 metrologiya, “O‘lchash”, qarich, quloch, chaqirim,qadam, tirsak, ladon, 
pyad, karat, gran, metr, kilogramm, metrik tizish, volt’shetr, SImetrik tizishi. 
Metrologiya fanining maqsad va vazifasi. 
Metrologiya asoslari fanini o‗rganishdan 
maqsad - talabalarda xalq xo‗jaligining texnika-texnologiya, menejment va marketing 
sohalaridagi ishlab chiqarish, savdo, nazorat va iste‘mol bilan bog‗liq bo‗lgan turli metrologik 
masalalar bilan shug‗ullanish borasida yetarli bilim va malakalarni hosil qilishdir. Asosiy 
vazifalar esa talabalarni uzluksiz ta‘lim tizimida metrologiya asoslari bo‗yicha tayyorlashdan 
kelib chiqadi. Bunda maxsus fanlar doirasida rivojlanuvchi va chuqurlashuvchi metrologiya, 
kvalimetriya, sifatni o‗lchash bo‗yicha fundamental ma‘lumotlar o‗rganiladi
1

O‗lchashlar inson faoliyatining ajralmas bo‗lagi bo‗lib uning xayotini o‗lchashlarsiz 
tasavvur etib bo‗lmaydi. Kishi erta bilan uyg‗ongan zahoti, birinchi navbatda vaqtni belgilaydi, 
choy ichganda esa haroratni, ishga yoki o‗qishga qetayotganda masofani va h.k. O‗lchashlar 
uzluksiz, takroriy yoki davriy ravishda, ba‘zan bilgan, ba‘zan esa bilmagan holda sodir bo‗lib 
turadi. Ona tabiat insonga shunday ajoyib, faqat o‗zigagina xos bo‗lgan xususiyatni, ya‘ni 
hissiyot berganki, bu nafaqat insonlar uchun, balki barcha tirik mavjudot uchun ham xos bo‗lgan 
bebaho in‘omdir. Hissiyotni o‗ta murakkab bir o‗lchash asbobi sifatida tushunishimiz mumkin. 
Ammo shuni ta‘kidlash joizki, atrofimizdagi muhitni, borliqni faqat hissiyot vositasidagina bilish 
bugungi kunga kelib, yetarli bo‗lmay qoldi. Faraz qilaylik, elektr tarmog‗idagi kuchlanishning 
qiymatini bilmoqchisiz. Tabiiyki, faqatgina his etish organlari orqali buni amalga oshirib 
bo‗lmaydi. Buning uchun bizga ―voltmetr‖ deb ataladigan vosita lozim bo‗ladi. Bundan tashqari, 
ushbu o‗lchash asbobidan foydalanish uchun mavjud tartib-qoidalarni ham bilish lozim bo‗ladi. 
Ko‗pchilik portfelda chizg‗ich olib yuradi, hamma ushbu chizg‗ichda shkala bo‗lishini 
bilamdi. Shkalalar yesa bir xil bo‗laklarga bo‗linganligi tabiiy hisoblanadi. Ushbu chizg‗ichlarni 
ishlab chiqarish, ulardagi shkala belgilarini bir xil qilib tayyorlash tagida katta mehnat yotadi. 
Shu mehnat mobaynida ham bir qancha o‗lchashlarni amalga oshirish kerak bo‗ladi. 
Hozirgi vaqtda hech bir mutaxassis yo‗qki, o‗z ish faoliyati davomida o‗lchashlarni 
qo‗llamasa. Uning oldida turgan muammo qanchalik murakkab bo‗lsa, o‗lchashlarning ahamiyati 
shunchalik salmoqli bo‗ladi. YUNESKO ma‘lumotiga ko‗ra,hozirda inson faoliyatining 3000dan 
ortiq sohasi aynan o‗lchashlar bilan chambarchas bog‗liq sanalar yekan
2

Demak, metrologiya o‗lchashlar, ularning birligini ta‘minlash usul va vositalari hamda 
kerakli, talab etilgan aniqlikka erishish yo‗llari haqidagi fan hisoblanadi. Bu fan, asosan, 
1
International vocabulary of metrology - Basic and general concepts and associated terms
. // Joint 
Committee for Guides in Metrology. 2012. 
2
International vocabulary of metrology – Basic and general concepts and associated terms
. // Joint Committee 
for Guides in Metrology. 2012. 



quyidagi masalalar bilan shug‗ullanadi: 
*O‗lchashlarning umumiy nazariyasi 
*Kattaliklarning birliklari va ularning tizimlari 
*O‗lchash usul va vositalari 
*O‗lchashlarning aniqligini topish usullari 
*O‗lchashlar birligi va o‗lchash vositalarining bir xilligini ta‘minlash asoslari 
Shunday qilib, metrologiya o‗lchash, ya‘ni miqdoriy ma‘lumotni olish xususidagi fan 
bo‗lib, gnoseologiyaning muhim tarkibiy bo‗laklaridan hisoblanadi. Mashhur rus olimi D.I. 
Mendeleyev shunday degan edi:"...har bir fan, avvalo, o‗lchash bilan boshlanadi. Aniq fanlarni 
o‗lchovlarsiz tasavvur qilib bo‗lmaydi.‖ 

Download 66,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish