Firma o’z faoliyatini davlat chegarasidan tashqarida olib borsa, xorijda faoliyat
yuritish tavakkalchiliklari tadbirkorlik bilan bog’liq madaniy tafovutlar (huquq, an’analar,
ahloq), tovarlar va xizmatlarga talabning xususiyatlari, kishilar o’rtasidagi ishlab chiqarish
va maishiy munosabatlarning farqlanishi, valuta paritetlarining tebranishi, xalqaro
terrorizmning yoyilishi kabi sabablarga ko’ra bir necha barobar oshib ketadi.
Xorijiy tadbirkorlik bilan bog’liq qaltisliklarni kompleks baholash uchun xorijiy
biznes bilan shug’ullanuvchi firmalar faoliyatiga ta’sir qiluvchi omillarni turkumlash
maqsadga muvofiqdir. Ushbu omillarga quyidagilar kiradi:
- siyosiy-huquqiy omillar. Ushbu omillarga davlatni
boshqarish shakli, siyosiy
mafkura, soliq qonunchiligi, hukumatning barqarorligi, hukumatning xorijiy
kompaniyalarga munosabati, xorijiy mulk haqidagi qonunchilik, oppozitsiyaning ta’siri,
savdo qonunchiligi, proteksionizm
darajasi, tashqi siyosat, terroristlarning faolligi,
huquqiy tizim kiradi. Siyosiy-huquqiy omillar xorijiy firma uchun qabul qiluvchi
mamlakat hukumatining harakatlari natijasida o’z aktivlarini, o’z firmalari
nazoratini,
bozordagi ulushini yo’qotish bilan bog’liq.
- iqtisodiy omillar. Ushbu omillarga mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasi,
aholi jon boshiga daromad, YaMM dinamikasi va yo’nalishi, hukumatning moliya
siyosati, ishsizlik darajasi (aholining xarid quvvatini va qabul qiluvchi mamlakatdagi
firmada mahalliy mutaxassislarni ishlashga jalb qilish imkoniyatini aniqlashda zarur),
valuta almashinuvi, mehnat haqining darajasi, raqobat muhiti, iqtisodiy birlashmalar va
mintaqaviy integratsion tashkilotlarda ishtirok etish kiradi. Oxirgi omil mahalliy
sheriklarning mustaqil qaror qabul qilishini qiyinlashtiradi, chunki
mintaqaviy integratsion
guruhlarda ishtirok etish prinsipial qarorlarni integratsion birlashmadagi sheriklar bilan
kelishishni taqozo etadi;
- ijtimoiy-madaniy omillar. Ushbu omillarga milliy urf-odatlar, til, demografiya,
hayot tarzi, din, ajnabiylarga munosabat, turmush darajasi, ijtimoiy muassasalar va
me’yorlar, savodlilik darajasi kiradi. Ushbu omillar o’z firmasida mehnat qilishga
mahalliy aholini jalb qilishni ko’zlagan menejerlar uchun ayniqsa muhim hisoblanadi;
- texnologik omillar. Ushbu omillarga texnologiyalarni
ayirboshlashning huquqiy
me’yorlari, energiya tashuvchilarning mavjudligi va qiymati, tabiiy resurslar, transport
19
tarmog’i, ishchi kuchining malakasi, patent himoyasi, infratuzilma, axborot
oqimlari
kiradi. Zamonaviy sharoitlarda axborotning birinchi darajali ahamiyatini hisobga olib,
ayrim korporatsiyalar (yapon kompaniyalari) xorijda yangi texnologiyalar, asosiy
raqobatchilar faoliyatining ahvoli, qonunchilikdagi o’zgarishlar va hokazolar haqidagi
axborotni olish maqsadida o’z bo’limlarini tashkil qiladi;
Xorijiy adabiyotlarda ushbu omillarni o’rganish STEP-tahlil yoki PEST-tahlil deb
ataladi. PEST-tahlil (PEST analysis) – tashqi makroiqtisodiy muhit tahlilining asosiy
qismi bo’lib, u o’z ichiga yuqorida ko’rib o’tilgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy-demografik
va texnologik omillarni tahlil qilishni oladi. Tashqi muhitni
tahlil qilish xalqaro
menejerlarning asosiy funksional vazifalaridan biri bo’lib hisoblanadi. Bu firmaning
xorijiy tadbirkorlik bilan shug’ullanishi uchun qabul qiluvchi mamlakatni tanlashda
muhim ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: