M. R. Tursunova xalqaro menejment


 Xorijiy tadbirkorlik sharoitlarida yuqori tavakkalchilik



Download 1,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/128
Sana27.04.2022
Hajmi1,53 Mb.
#585467
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   128
Bog'liq
fayl 2062 20211105

1.3. Xorijiy tadbirkorlik sharoitlarida yuqori tavakkalchilik 
“Tadbirkorlik” atamasi keng ma’noda firmani tashkil qiluvchi yoki uni 
boshqaruvchi shaxslarning tavakkalchilikka tayyorligining alohida jihatlari majmui 
sifatida aniqlanadi. “Tadbirkorlik” so’zi inglizcha “entepeneurship” yoki fransuzcha 
“entrependre” so’zidan kelib chiqadi va “imkoniyatlarni amalga oshirish, qo’llash yoki 
novatorlik faoliyati, yoxud korxona tuzish yo’li bilan ehtiyojlar va istaklarni qondirish” 
ma’nolarini anglatadi. 
Tadbirkorlik faoliyati asosan ikki turga bo’linadi: 
1.Klassik tadbirkorlik, bunda biznes kompaniya yoki firma ixtiyoridagi resurslardan 
eng yuqori natijaga erishish faoliyatining asosi deb qaraladi. 
2.Innovatsion tadbirkorlik. Tadbirkorlikka iqtisodiyotdagi yangicha yo'nalish, yangi 
korxonalar ochish asos bo'lib, tub maqsadlarni belgilaydi.
Firma tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarish (yoki sotish) funksiyalariga ega 
xo’jalik birligi sifatida o’z faoliyatini rivojlantiradi va demak ikki yo’nalishda tavakkal 
qiladi. Ulardan biri firmani joylashtirish o’rnini tanlashni, ishlatiladigan texnologiya, 
xomashyo, yarimtayyor va tayyor mahsulotning harakatlanish logistikasini nazarda 
tutuvchi vertikal yo’nalish hisoblanadi. Firma faoliyatining ikkinchi yo’nalishi – bu o’z 
menejment uslubi, marketing konsepsiyasi, ilmiy izlanish va tajriba konstruktorlik ishlari 
(IITKI) hamda moliyaviy faoliyat asosida ishlab chiqarish va sotishni tashkil qilinishiga 
ega gorizontal yo’nalishdir. 
18 


Firma o’z faoliyatini davlat chegarasidan tashqarida olib borsa, xorijda faoliyat 
yuritish tavakkalchiliklari tadbirkorlik bilan bog’liq madaniy tafovutlar (huquq, an’analar, 
ahloq), tovarlar va xizmatlarga talabning xususiyatlari, kishilar o’rtasidagi ishlab chiqarish 
va maishiy munosabatlarning farqlanishi, valuta paritetlarining tebranishi, xalqaro 
terrorizmning yoyilishi kabi sabablarga ko’ra bir necha barobar oshib ketadi. 
Xorijiy tadbirkorlik bilan bog’liq qaltisliklarni kompleks baholash uchun xorijiy 
biznes bilan shug’ullanuvchi firmalar faoliyatiga ta’sir qiluvchi omillarni turkumlash 
maqsadga muvofiqdir. Ushbu omillarga quyidagilar kiradi: 
- siyosiy-huquqiy omillar. Ushbu omillarga davlatni boshqarish shakli, siyosiy 
mafkura, soliq qonunchiligi, hukumatning barqarorligi, hukumatning xorijiy 
kompaniyalarga munosabati, xorijiy mulk haqidagi qonunchilik, oppozitsiyaning ta’siri, 
savdo qonunchiligi, proteksionizm darajasi, tashqi siyosat, terroristlarning faolligi, 
huquqiy tizim kiradi. Siyosiy-huquqiy omillar xorijiy firma uchun qabul qiluvchi 
mamlakat hukumatining harakatlari natijasida o’z aktivlarini, o’z firmalari nazoratini
bozordagi ulushini yo’qotish bilan bog’liq. 
- iqtisodiy omillar. Ushbu omillarga mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasi, 
aholi jon boshiga daromad, YaMM dinamikasi va yo’nalishi, hukumatning moliya 
siyosati, ishsizlik darajasi (aholining xarid quvvatini va qabul qiluvchi mamlakatdagi 
firmada mahalliy mutaxassislarni ishlashga jalb qilish imkoniyatini aniqlashda zarur), 
valuta almashinuvi, mehnat haqining darajasi, raqobat muhiti, iqtisodiy birlashmalar va 
mintaqaviy integratsion tashkilotlarda ishtirok etish kiradi. Oxirgi omil mahalliy 
sheriklarning mustaqil qaror qabul qilishini qiyinlashtiradi, chunki mintaqaviy integratsion 
guruhlarda ishtirok etish prinsipial qarorlarni integratsion birlashmadagi sheriklar bilan 
kelishishni taqozo etadi; 
- ijtimoiy-madaniy omillar. Ushbu omillarga milliy urf-odatlar, til, demografiya, 
hayot tarzi, din, ajnabiylarga munosabat, turmush darajasi, ijtimoiy muassasalar va 
me’yorlar, savodlilik darajasi kiradi. Ushbu omillar o’z firmasida mehnat qilishga 
mahalliy aholini jalb qilishni ko’zlagan menejerlar uchun ayniqsa muhim hisoblanadi; 
- texnologik omillar. Ushbu omillarga texnologiyalarni ayirboshlashning huquqiy 
me’yorlari, energiya tashuvchilarning mavjudligi va qiymati, tabiiy resurslar, transport 
19 


tarmog’i, ishchi kuchining malakasi, patent himoyasi, infratuzilma, axborot oqimlari 
kiradi. Zamonaviy sharoitlarda axborotning birinchi darajali ahamiyatini hisobga olib, 
ayrim korporatsiyalar (yapon kompaniyalari) xorijda yangi texnologiyalar, asosiy 
raqobatchilar faoliyatining ahvoli, qonunchilikdagi o’zgarishlar va hokazolar haqidagi 
axborotni olish maqsadida o’z bo’limlarini tashkil qiladi; 
Xorijiy adabiyotlarda ushbu omillarni o’rganish STEP-tahlil yoki PEST-tahlil deb 
ataladi. PEST-tahlil (PEST analysis) – tashqi makroiqtisodiy muhit tahlilining asosiy 
qismi bo’lib, u o’z ichiga yuqorida ko’rib o’tilgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy-demografik 
va texnologik omillarni tahlil qilishni oladi. Tashqi muhitni tahlil qilish xalqaro 
menejerlarning asosiy funksional vazifalaridan biri bo’lib hisoblanadi. Bu firmaning 
xorijiy tadbirkorlik bilan shug’ullanishi uchun qabul qiluvchi mamlakatni tanlashda 
muhim ahamiyat kasb etadi. 

Download 1,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish