Birinchi yordam - shikastlangan kishiga qo‘l ostida bo‘lgan har qanday og‘riqsizlantimvchi dori-darmonlami, yurak preparatlarini berish;
ochiq sinishlarda tezlik bilan qon oqishini to‘x- tatish, jarohatga steril bog‘lam, singan suyak- ka shina qo‘yish - uzunligi yetarli bo‘lgan har qanday qo‘l ostidagi vositalardan foydalanish mumkin (11-rasm). Bunda uchta bo‘g‘im harakatsizlantirilishi kerak (tos-son bo‘g‘imi, tizza, va boldir-tovon bo‘g‘imlari). Agar qo‘l ostida yaroqli vosita bo‘lmasa, shikastlangan oyoqni sog‘lom oyoqqa bint yordamida mahkam bog‘lab, undan keyin bemor yotqizilgan holatda shifoxonaga olib boriladi (12-rasm).
Boldir va tovon suyaklarining shikastlanishlari
Xususiyatiga ko‘ra ular qiyshiq vintsimon, ko‘p parchalangan, ko‘ndalang (siljish bilan va siljishsiz) ko‘rinishda bo‘ladi. Bunday sinishlarda ichki yoki tashqi qon ketishlar yuz berib, ba’zan yo‘qotilgan
qon miqdori ancha katta bo‘ladi. Ko‘proq chang‘ichilarda va piyodalarda vintsimon sinishlar kuzatiladi. Sinishning belgilari - kuchli og‘riq, oyoq funksiyasining buzili- shi, deformatsiya va oyoq uzunligining qisqarishi, ochiq sinishlarda teri butunligining buzilishi va suyak siniqlarining chiqib qolishi, qon oqishi va boshqalar (13-rasm).
Suyak siniqlarini voqea sodir bo‘lgan joyda to‘g‘rilashga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi va bu narsa juda qo‘pol xato hisoblanadi.
Boldir suyagi singanda 2 ta qo‘shni bo‘g‘imlar - tizza va boldir-tovon bo‘g‘imlari mahkam fiksatsiyalanadi. Boldir-tovon bo‘g‘imi 90° burchakda, tizza 180° gacha yoyilib shinalanadi.
Tovonning anatomo-fiziologik xususiyatlari, ya’ni uning ko‘plab nisbatan mayda suyaklardan tashkil topishi, o‘zaro bo‘g‘im va bog‘lamlari shunga sabab bo‘ladiki, shikastlanish vaqtida nafaqat suyaklarning sinishi,
balki hamma bog‘lam apparatida buzilishlar, sinish bilan birga chiqishlar ham yuz beradi.
Boldir-tovon bo‘g‘imi va tovon sinishi belgilariga: juda kuchli og‘riq, shish, deformatsiya, katta gematoma, bo‘g‘imga qon quyilishi, tayanch va harakat funksiyalarining buzilishlari kiradi.
Birinchi yordam yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan chora-tadbirlardan tarkib topib, bunda quyidagi qoidani so‘zsiz bajarish talab qilinadi - tizza bo‘g‘imi 180° ga yoyilishi, boldir-tovon bo‘g‘imi 90° burchak ostida shinalanishi lozim, ammo o‘zboshimchalik bilan siniq va chiqishlami to‘g‘rilash mumkin emas.
Tizza-tovon bo‘g‘imi va tovonning yopiq shikastlanishlarida birinchi yordam unga transport shinalarini qo‘yish va bemomi maxsus davolash muassasalariga olib borishdan iborat bo‘ladi.
DESMURGIYA (immobilizatsiyaning asoslari va prinsiplari)
Desmurgiya (yunoncha desmos - bog‘lam, bog‘lanish, ergon - ish, faoliyat) - jarohatlarni bog‘lashda qo‘llaniladigan qoidalar to‘g‘risidagi ta’limot.
Gippokrat yashagan miloddan awalgi IV-V asrlarda ham har xil tuzlar, vinolar va malhamlar bilan yaralami bog‘lash usullari qo‘llanilgan. IX-XI asrlardagi arab manbalarida ham gipslash to‘g‘risidagi ko‘rsatmalar bor. Ularda yozilishicha, oyoq-qo‘llar singanda gips bo‘tqasiga botirib gipslangan. Antiseptika tatbiq etilgungacha bo‘lgan davrda yaraga lattadan titib olingan iplardan bog‘lam qo‘yilib, u ip-gazlama material yordamida bog‘lab qo‘yilgan. Dokali bintlaming paydo bo‘lishi bilan desmurgiya sohasida katta olg‘a siljish (progress) bo‘lgan.
Jarohatga yoki tananing qaysidir qismiga uni davolash maqsadida qo‘yiladigan narsalarning barchasi «bog‘ich» termini hisoblanadi. Bog‘ichni jarohatda ushlab turish va uni mahkamlash bog‘lash deyiladi. Boshqacha aytganda, bog‘lash bog‘ichni mahkamlashdir.
Bog‘lov materiallarining quyidagi turlari ishlab chiqariladi:
Tibbiy doka (tela medicinalis) - oqartirilgan, yog‘sizlantirilgan paxtadan qilingan gazmol. Dokadan bintlar, individual paketlar, sharchalar, tamponlar, salfetkalar va boshqalar tayyorlanadi. Bintlaming uzunligi 5 m dan 7 m gacha, kengligi 3 sm dan 16 sm gacha bo‘ladi.
Aseptik bog‘lovlarning yaralarga va kuygan yuzalarga ishlatiladigan turlari farqlanadi. Sanoatda bog‘lovlaming quyidagi turlari ishlab chiqariladi:
katta aseptik bog‘lov. U 65x43 sm li o‘lchamga ega bo‘lib, momiq- dokali yostiqcha. Unga mahkamlovchi tasmalar taqilgan bo‘ladi;
kichik aseptik bog‘lov. 56x29 sm li o‘lchamga ega bo‘lgan momiq- dokali yostiqcha va 0,14x7 sm li doka bintdan iborat bo‘ladi;
momiq-dokali yostiqchalar. Ikki xilda ishlab chiqariladi: kattasi 32x29 sm li paketchasida 5 donadan, kichigi 17,5x16 sm paketchasida 10 donadan bo‘ladi. Bu yostiqchalarda bir qavat momiq ikki qavat doka orasiga solingan bo‘ladi. Bu yostiqchalar jarohatlarni va kuygan yuzalami yopish uchun ishlatilishi mumkin;
steril dokali salfetkalar. Bevosita jarohat yuzasiga qo‘yish uchun ishlatiladi. Ikki xil o‘lchamda ishlab chiqariladi. Kattasi 70x68 sm li paketda 10 tadan, kichkinasi 16x14 sm li paketda 20 tadan bo‘ladi. Dokali salfetkalardan tashqari, travmatik kuygan yuzalarni bog‘lashga mo‘ljallangan viskoza to‘qimali salfetkalar ham ishlab chiqariladi;
ro‘molli bog‘lov, to‘g‘ri burchakli teng yonli uchburchak, o‘lchami 140x150 sm.
BOG’LAMLARNING TURLARI
Bog‘lamlami mahkamlashning juda ko‘p usullari mavjud.
Qimirlamaydigan bog‘lam - shikastlangan sohaning hara-katsizligi va tinchligini ta’minlab berishi kerak.
Cho‘zuvchi bog‘lam - shikastlangan sohaning cho‘zilishini ta’minlab berishi lozim.
Bosuvchi bog‘lam - tananing nosog‘ qismini bir tekisda bosib turadigan bog‘lam.
Antiseptik bog‘lam - o‘zidagi moddalari bilan bakteriyalarga qarshi ta’sir ko‘rsatishga mo‘ljallangan.
Himoya qiluvchi bog‘lam - jarohatning granulyatsiyalanish davrida qo‘llanilib, nozik granulyatsiya to‘qimasini qurib qolishdan va jarohatlanishdan saqlash maqsadida qo‘llaniladi.
Okkulyuzion bog‘lam - jarohatga havo kirishiga to‘sqinlik qiladigan bog‘lam. U ochiq pnevmotoraksda qo‘llaniladi.
Yumshoq va qattiq bog‘lamlar
Yumshoq bog‘lamlarga yelimli, ro‘molli, sopqonsimon, bintli bog‘lamlar kiradi. Qattiq bog‘lamlarga shinali va gipsli bog‘lamlar kiradi.
Yelimli boglamlar. Bog‘lamlami teriga yopishtirish uchun kleol, kolloidli, yopishqoq plastirdan foydalaniladi. Ustun tomonlariga quyidagilar kiradi: bog‘lam qo‘yishning oddiyligi, terini qitiqlamasligi sababli uni qayta-qayta ishlatish mumkin. Kamchilliklari: terining tukli joylarida ishlatib bo‘lmaydi, qo‘llansa, teridan ко‘chib ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |