M. N. Rizayev, I. R. Mavlyanov, O. R. Mirtursunov birinchi tibbiy yordam



Download 1,59 Mb.
bet8/44
Sana30.12.2021
Hajmi1,59 Mb.
#193819
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   44
Bog'liq
Биринши тиббий ёрдам

Ro‘molli boglamlar qo‘llanilishi jihati- dan eng oddiy bog‘lam turidir. Bu bog‘lam turi qo‘lning turli shikastlanishlarida (panja, bilak va yelka jarohatlarida) uni harakatsiz- lantirish maqsadida qo‘llaniladi. Ro‘mol paxtali matodan qilingan uch burchak material bo‘lib, uning uzunroq tomoni - asosi, qarshisidagi burchagi - cho‘qqi, 2 ta burchagi - oxiri hisoblanadi. Ro‘molcha yordamida barmoqlarga, qo‘l va yelkalarga, sut beziga, yelka, tos-son bo‘g‘imiga, bosh va tovonlarga turli xil bog‘lamlami qo‘yish mumkin (14-rasm).

Agar qo‘lga ro‘molli bog‘lam qo‘yilsa, tirsak bo‘g‘imi 90° ga bukiladi. Ro‘molni jarohatlangan qo‘lning orqasiga shunday joylashtirish kerakki, uning asosi gavdaning o‘rta chizig‘iga to‘g‘ri kelsin, cho‘qqisi esa jarohatlangan qo‘lning tirsagi tomon yo‘naltirilgan bo‘lsin. Bunda ro‘molning bir uchi jarohatlangan qo‘lning bilagida yotsa, ikkinchi uchi tana bo‘ylab pastga osilib turadi. Pastga osilib turgan ro‘molning uchini ko‘tarib sog‘lom yelka orqali bo‘yining orqa tomoniga o‘tkaziladi va boshqa uchi bilan tugib bog‘lab qo‘yiladi. Ro‘molning cho‘qqisi uning oldingi qismiga ilgak tugma bilan mahkamlanadi.

Ro‘molli bog‘lamning boshqa varianti ham bor: ro‘mol shikastlangan qo‘lning orqasidan emas, oldidan o‘tkaziladi. Ro‘molning bir uchi jarohatlangan qo‘lning oldidan o‘tib bilakni o‘raydi va bo‘yinga ko‘tariladi, ikkinchi uchi sog‘lom qo‘lning qo‘ltiq ostidan o‘tib, orqadagi birinchi uchi bilan tutashadi. Ikkala uchi shikastlangan qo‘lning yelka ustida tugib mahkamlanadi. Cho‘qqisi ilgak tugma bilan mahkamlanadi. Bunday bog‘lam qo‘llanganda ro‘mol qo‘lni tanaga mahkam va zich fiksatsiyalaydi, qo‘lning tinch holatiga yaxshiroq erishiladi.

Kichik jarohat bog‘lamlarida ro‘molni galstuk ko‘rinishida buklash kerak. Qo‘lni osiltirib, ro‘molning ikki uchi katta bog‘lam kabi tugib qo‘yiladi.

Tovondagi ro‘molli bog‘lam panja bog‘lamiga monand qo‘yiladi. Ro‘molning o‘rtasi oyoq ostiga qo‘yilib, cho‘qqisi barmoqlar orqasiga o‘tkaziladi, uchlari to‘piq yuqorisidan bog‘lanadi, cho‘qqisi bog‘langan uchlaming ostiga olib kelib qistiriladi. Boshga qo‘yishda ro‘molning asosi ensa tomonga yo‘naltirilib, cho‘qqisi peshonaga tushiriladi (yuzga ham), har uchala uchi peshonada bog‘lanib, cho‘qqisi qayirib bog‘langan uchlar tagiga qistirib mahkamlanadi.

Sopqonsimon bog ‘lam - bunday bog‘lamlar asosan burun, dahan, ensa va peshona sohasiga qo‘yiladi. Sopqonsimon bog‘lam deyilganda - o‘rtasi tutashgan va ikki tomoni uzunasiga kesilgan bint yoki boshqa matodan tayyorlangan bog‘lam tushuniladi. Ushbu bog‘lam qo‘yilganda, albatta, uning so‘ngi qismlari bir-biri bilan bog‘lanadi.

T-shaklidagi bog ‘lamlar chot va orqa chiqarish teshigi sohasiga qo‘yiladi. U keng doka tasmadan tashkil topib, uning bir tomoniga gorizontal tasma (belbog‘) mahkamlanadi. Dokaning pastki uchi bir oz uzunlikda 2 ta tasmaga ajratib qirqiladi. Gorizontal tasma tana atrofida aylantirib bog‘lanadi, vertikal qismi orqa tomondan pastga tushirilib, chot qismidan o‘tib, qorinning oldingi tomonidan belbog‘ga bog‘lab qo‘yiladi.

Bintli bog‘lamlar

Bintlar ingichka (3-5-7 sm), keng (15-16 sm) va o‘rtacha (10-12 sm) bo‘ladi. Ingichka bintlar qo‘l va oyoq barmoqlarini; o‘rtacha bintlar boshni, panjalami, bilakni, oyoq panjasini, boldirni; keng bintlar ko‘krak qafasini, ko‘krak bezlarini va sonni bog‘lashda ishlatiladi.

To‘g‘ri qo‘yilgan bintli bog‘lam desmurgiyaning quyidagi asosiy talablarini qondirishi kerak:

  • tananing kasal qismini to‘liq yopishi;

  • qon va limfa aylanishini buzmasligi;

  • bemor uchun qulay bo‘lishi;

  • imkoniyat boricha estetik jihatdan chiroyli bo‘lishi lozim.

Bintli bog‘lamlarni qo‘llashning asosiy qoidalari

  1. Kasalni shunday o‘tqazish yoki yotqizish kerakki, bintlanayotgan tana qismi harakatsiz va bintlashga qulay bo‘lsin.

  2. Bintlayotgan odam bemoming yuziga qarab turishi kerak va u bintlash vaqtida kasalni vizual kuzatish imkoniyatiga ega bo‘lsin.

  3. Bintlash doimo periferiyadan markazga (quyidan yuqoriga) qarab amalga oshiriladi.

  4. Bintlash o‘ng tomondan chap tomonga qarab soat strelkasiga qa- rama-qarshi amalga oshiriladi.

  5. Bintlash birinchi mustahkam aylana qo‘yishdan boshlanadi.

  6. Keyingi har bir aylanish awalgi aylanishning yarmini yoki uchdan birini berkitishi kerak.

  7. Bint o‘ram ini bintlanayotgan yuzada g‘ildiratib, undan ko‘tarmay aylantirish kerak.

  8. Bintlash ikki qo‘llab amalga oshiriladi: bir qo‘l bilan bint o‘ramini g‘ildiratish, ikkinchi qo‘l bilan o‘ralgan bintni tekislab turish kerak.

  9. Bintni bir xilda tortish kerak, chunki uning yoMlari chalkashib har xil burmalar hosil qilmasligi kerak.

  10. Bintlash vaqtida tananing bintlanayotgan qismi shunday holatda joylashtirilishi kerakki, shu holat bintlab bo‘lgandan keyin ham saqlansin.

  11. Tananing konus shakliga ega bo‘lgan qismlariga (son, boldir) bog‘lam qo‘yilayotgan vaqtda bintning tanaga jipsroq joylashishi uchun har 1-2 aylanishdan keyin bir marta o‘qi atrofida burash kerak.

  12. Bog‘lamning oxirida bint mahkamlab qo‘yiladi (tugib qo‘yiladi).

Bintli bog4lamlarning turlari

Sirkular yoki aylanma bog‘lam shunday bog‘lamki, bunda bintning hamma aylanalari bir-birining ustiga tushadi va awalgi aylanani to‘liq berkitadi. Bunday bog‘lamlar oyoq-qo‘llarga, peshona, bo‘yin va qoringa qo‘yiladi.

Spiralsimon bog‘lam sirkular bog‘lamning bir ko‘rinishidir. Spiralsimon bog‘lamning 2 turi tafovutlanadi: yuqoriga ko‘tariluvchi, bunda bintlash pastdan yuqoriga va pastga tushadi; awalgi aylanishning yarmini qoplab, yana yuqoridan pastga tushiriladi.
0‘rmalovchi bog‘lam ham spiralsimon bog‘lamning bir turi bo‘lib, unda bint aylanalari bir-biriga tegmaydi. Bunday bogMamlar jarohatga qo‘yilgan materialni ushlab turish maqsadida bintlashning boshlang‘ich davrida qo‘llaniladi, keyin spiralsimon bog‘lamga o‘tiladi.

Sakkizsimon (butsimon) bog‘lam degan nom uning shakli va bint yo‘llaridan olingan. U bo‘yinning orqa yuzasiga, ko‘krak qafasiga bog‘lam qo‘yilganda qo‘llaniladi.

Boshoqsimon bog‘lam - sakkizsimon bog‘lam ko‘rinishlaridan biri. Bintlar yo‘li boshoqni eslatgani uchun shunday ataladi. Bunday bog‘lamlami yelka bo‘g‘imiga va o‘mrov usti sohalariga qo‘llash juda qulay. Yelka bo‘g‘imiga boshoqsimon bog‘lamni qo‘yishda, umum e’tirof etgan qoidalarga teskari, bintlash shikastlangan tomonga yo‘naltirilgan holda amalga oshiriladi, ya’ni quyidagi qoidani yodda saqlash kerak: o‘ng yel- kani soat mili yo‘nalishida, chap yelkani esa unga teskari yo‘nalishda bintlash ke­rak.

Toshbaqasimon bog‘lam 2 xil bo‘- ladi (15-rasm): qo‘shiluvchi va tarqa- luvchi. Bu bog‘lamlar tirsak, tizza va boshqa bo‘g‘imlami bog‘lash uchun tavsiya etiladi.

Tarqaluvchi bog‘lamlar quyidagi tarzda qo‘llaniladi.

Birinchi aylanishi sirkular tarzda bo‘g‘imning o‘rtasidan o‘tadi. Ikkinchi aylana birinchi aylananing pastki yarmi yoki uchdan birini berkitadi. Uchinchi aylana birinchi aylananing yuqorigi yarmini yoki uchdan ikki qismini berkitadi. To‘rtinchi aylana ikkinchini, beshinchi aylana uchinchini takrorlaydi va h. k. Shunday qilib, toq sonli aylanalar toq aylanalami, juft sonli aylanalar juft aylanalarni takrorlaydi, lekin toqlari undan pastda, juftlari avvalgisidan tobora yuqoriroqda joylashadi. Qo‘shiluvchi bog‘lam ham xuddi shu tartibda qo‘yiladi, lekin hamma narsa teskari tarzda bajariladi.

Orqaga qaytadigan bog‘lamlar qo‘l yoki oyoq cho‘ltoqlari (amputatsiyadan keyingi qolgan joy)ga, boshga va boshqa joylarga qo‘yiladi.

Bunday bog‘lamlami qo‘yish texnikasi quyidagicha:

  1. bir necha sirkular yo‘llar bilan bint mahkamlanadi;

  2. barmoq bilan ushlab turib, bint bukiladi va uni ko‘ndalang holda boshning (cho‘ltoqning) qarama-qarshi tomoniga olib boriladi, keyin sirkular aylanalar bilan bintning ko‘ndalang tasmasi mahkamlanadi;

v) yana bint buklanib, u ko‘ndalang yo‘naltiriladi, bunda avvalgi aylananing yarmini yoki uchdan ikki qismini yopib o‘tishi kerak. Bu yo‘l ham sirkular aylana bilan mahkamlanadi.
Tananing alohida joylariga qo‘yiladigan boglamlar

Boshning uncha katta bo‘lmagan jarohatlarida leykoplastrli, kollodiyli, kleolli bog‘lamlar qo‘yish mumkin, bunda bog‘lam qo‘yi- ladigan joydagi sochlar yaxshilab qirib tashlanishi lozim. Shuni qayd qilish kerakki, tananing tukli qismlarida yelimli bogMamlar yaxshi ushlamaydi. Shuning uchun ham bunday joylarda sopqonsimon va ro‘molli bogMamlarni ishlatish ma’qulroq.


Download 1,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish