Barmoqlar bog‘lami. Bitta barmoqni bintlashda birinchi (mahkamlovchi) sirkular yo‘l bilan bo‘g‘imning yuqorirog‘idan bir necha marta aylantirib qo‘yiladi. Keyin bint panjalaming orqa tomonidan qiyshiq yo‘naltirilgan holda shikastlangan barmoqning timoq jimjilog‘iga olib boriladi. Uni berkitib orqaga qaytiladi, keyin spiral yo‘llar bilan timoq jimjilog‘idan barmoq asosigacha bintlanadi, panjaning orqa yuzasida bint kesishib o‘tgach, sirkular yo‘llar bilan birlamchi mahkamlovchi yo‘llarga keltirib yana mahkamlanadi.
Barmoqlaming «qo‘lqop» bogMami xuddi shu tarzda amalga oshiriladi, bu yerda bitta barmoq emas, hamma barmoqlar bintlanadi. 0‘ng qo‘lni bog‘lashda bosh barmoqdan, chap qo‘lni bog‘lashda 5-barmoq (jimjiloq)dan boshlash kerak. Bosh barmoqqa bog‘lam boshoqsimon ko‘rinishda, qolgan barmoqlarga esa bog4lam qaytariladigan ko‘rinishda qo‘yilishi mumkin.
Panjalar boglami.Panjalarga bog4lam qaytariladigan ko‘rinishda bog‘lanadi. Avval to‘rtta barmoq birgalikda, keyin bosh barmoqqa bog‘lov alohida bajariladi.
Bilaklar bog‘lami. Spiralsimon ko‘rinishda bukishlar hosil qilib bog‘lam qo‘yiladi.
Tirsak bo‘g‘imiga bog‘lam qo‘yish zamrati bo‘lganda tirsakni 90° li burchak ostida bukib, bog‘lam toshbaqasimon - tarqaluvchi yoki qo‘shiluvchi ko‘rinishda qo‘yiladi.
Yelkaning boshoqsimon bog‘lami. Bintlash shikastlangan tomonga yo‘naltirilgan holatda amalga oshiriladi. Bintning birinchi yo‘llari (sirkular) mahkamlovchi bo4lib hisoblanadi. Qo‘ltiq osti chukurchasiga uning yiringli yallig‘lanish jarayonlarida (gidradenit) bog‘lov qo‘yiladi. Desmurgiyaning ko‘plab qo‘llanmalarida berilgan bog‘lovlar o‘midan oson qo‘zg‘alib tushib ketadi. Bu kamchilliklardan xoli qulay va bo‘lgan usul sopqonsimon usuldir. Uni qo‘yish uchun keng bint (kengligi - 16-20 sm, uzunligi - 1 m) olinib, ikki uchi to‘rtga ajratib kesiladi. Bintning kesilgan qismi qo‘ltiq osti chuqurchasiga shunday qo‘yiladiki, to‘rtta tasmasi ko‘krak qafasiga, to‘rtta tasmasi yelkaga chiqib turadi. Ko‘krakka ketadigan ikki uchi ko‘krak atrofida, qolgan ikkitasi yelka usti va bo‘yin o‘rtasida mahkamlanadi. Qarama-qarshi tomondagi ikkita tasma yelka atrofida va yelka usti sohasida mahkamlanadi. Mahkamlanishning yaxshi chiqishi uchun terining bog‘lam turadigan joylariga kleol surkab qo‘yish maqsadga muvofiqdir.
Bu bog‘lamdan sut bezining yallig‘lanishlarida, operatsiyadan so‘ng va boshqalarda uni ko‘tarib turish maqsadida foydalaniladi. Bintlash kasal
sut bezidan boshlanadi. Birinchi yo‘l ko‘krak qafasining pastki qismidan sirkular ko‘rinishda 1-2 aylana mahkamlovchi bint о‘rami o‘tkaziladi. Ikkinchi yo‘l qo‘ltiqosti sohasidan tepaga qiyshaytirilib qarama-qarshi tomondagi yelka ustiga tortiladi. Bu yo‘llar ko‘krak bezi to‘liq ber- kilguncha almashib davom ettiriladi.
Dezo bog‘lami
Dezo bog‘lamini qo‘yishdan oldin qo‘ltiqosti chuqurchasiga yumshoq yostiqcha qo‘yiladi (18-rasm). Bilakni tirsak bo‘g‘imida to‘g‘ri burchak ostida bukib, qo‘l ko‘krakka olib kelinadi. Dezo bog‘lami 4 ta yo‘ldan tashkil topadi. Birinchi sirkular yo‘l bilan yelka ko‘krak qafasiga bintlanadi. Ikkinchi yo‘l sog‘lom qo‘ltiqosti chuqurchasidan shikastlangan tomondagi yelka ustiga yo‘naltiriladi, undan orqa tomonga o‘tkazilib pastga tushiriladi.
Uchinchi yo‘l tirsak bo‘g‘imini aylanib o‘tib, bilakni ko‘tarib turadi, qiyshiq holda yuqoriga sog‘lom tomondagi qo‘ltiqosti chuqurchasiga ko‘tariladi, keyin ko‘krak qafasining orqa tekisligiga o‘tadi. To‘rtinchi yo‘l shikastlangan yelka ustiga yo‘naltirilib, undan tirsak bo‘g‘imiga, uni bilakning yuqori uchdan bir qismida aylanib o‘tib, ko‘krak qafasining orqa yuzasiga va sog‘lom tomondagi qo‘ltiqosti chuqurchasiga yo‘naltiriladi. Hamma 4 ta yo‘l to‘liq fiksatsiyani ta’minlangunga qadar bir necha bor takrorlanadi.
Torakobraxial bog‘lam
Bog‘lamning bu turi asosan yelka suyagining sinishlarida tavsiya etiladi. Bajarilish texnikasi bo‘yicha bu juda oddiy bog‘lam. Torakobraxial bog‘lamning 2 xil varianti bor.
Birinchi variantda bintning ikki xil yo‘li bor. Birinchi yo‘l - yelkani ko‘krak qafasiga nisbatan ishonchli fiksatsiyalash uchun odatdagi bir necha aylanishli spiralsimon bog‘lash. Ikkinchi yo‘l birinchisining davomi bo‘lib, u kasal tomondagi qo‘ltiqosti chuqurchasidan orqaga o‘tib pastga tushadi, tirsakka uning orqasidan o‘tib, oldinga yo‘naltiriladi va bilaqdan bilak bo‘g‘imiga yaqin joydan o‘tib, sog‘lom tomondagi qo‘ltiqosti chu- qurchasi orqali orqa tomonga o‘tadi. Birinchi va ikkinchi yo‘llar yelka va bilakning to‘liq immobilizatsiyasi ta’minlangunga qadar bir necha bor takrorlanadi.
Ikkinchi variantdagi birinchi yo‘l yuqoridagidek, ikkinchi yo‘l bilakni ko‘tarib turib, tepaga qarab qiyshiq tarzda sog‘lom yelka ustiga yo‘naladi.
Bu bog‘lamlar o‘mrov, yelka, bilak suyaklarining sinishlarida, yelka va tirsak bo‘g‘imlarining shikastlanishlarida immobilizasiya shinalari bo‘lmagan taqdirda qo‘llaniladi. .
Velpo bog‘lami
Sut bezini kesib tashlash operatsiyalarida va yelka bo‘g‘imining chiqishlari o‘miga solingach, bu bog‘lamlami qo‘llash tavsiya etiladi. Qo‘lning tirsagi yuqoriga ko‘tarilib, panjalar sog‘lom tomondagi yelka ustiga qo‘yiladi. Bintlash kasal tomondan boshlanadi.
Bog‘lam bintning ikkita yo‘lidan tashkil topadi. Birinchi yo‘l sirkular bo‘lib, qo‘lni ko‘krakka mahkamlaydi, u sog‘lom tomondagi qo‘ltiq ostidan orqaga o‘tib, qiyshiq yo‘nalishda kasal tomondagi yelka ustiga chiqadi. Ikkinchi yo‘l ko‘krak qafasi oldidan pastga qarab sog‘lom qo‘ltiq ostidan o‘tadi va sog‘lom yelka usti orqali o‘tib, qo‘lni mustahkamlaydi.