Panaritsiy (xasmol) barmoqlar to‘qimalarining jarohatlanib, yiringli yallig‘lanishidir. Asosan xasmol bilan muayyan kasb egalari (mexanizator, haydovchi, paxtakor va chorvadorlar) og‘riydilar. Bunga sabab ish vaqtida olingan jarohatga iflos orqali infeksiya tushishidir. Kasallikning 80 % 1, 2,
barmoqlarga to‘g‘ri keladi.
A’zolarning anatomik jihatiga qarab teriosti, teri, pay, suyak va bo‘g‘imlar xasmollariga bo‘linadi.
Teriosti xasmoli teri qavatining epidermis va derma qavati oraliqlarida rivojlanib, yig‘ilgan yiring epidermis tagidan ko‘rinib turadi. Teriosti xasmoli - atrofi qizarib, xasmol rivojlanayotgan bo‘g‘im shishi bilan ifodalanadi.
Pay xasmoli organizmning umumiy qarshiligi bilan ifodalanadi, ya’ni umumiy quvvatsizlik, tana haroratining ko‘tarilib ketishi bilan kechadi. Xasmol rivojlanayotgan barmoq panjaning ichki sohasiga bir oz bukilgan holda, shishgan, qizargan bo‘ladi, barmoqni to‘g‘rilashga qilingan kamgina harakat ham kuchli og‘riq chaqiradi.
Suyak xasmoli - asosan barmoqlaming yumaloq shaklda shishi va og‘riq bilan boshlanib, aksariyat hollarda yiringli oqmalar hosil qiladi.
Bo‘g‘im xasmoli tashxisi bo‘g‘imlardagi shish va kuchli og‘riq, ha- rakatlaming chegaralanganligi kabi belgilarga asosan qo‘yiladi. Barmoq biroz bukilgan holda, teri ajinlari silliqlangan, ozgina harakat ham kuchli og‘riq chaqiradi.
Paronixiya barmoqlaming timoq atrofi aylanasi to‘qimalarining yallig‘lanishidir.
Joylashishiga qarab, yuzaki (subepidermal) va chuqur - timoq atrofi to‘mtog‘i to‘qimalarida uchraydigan turlariga bo‘linadi. Klinik kechishi timoq atrofi to‘mtog‘ining qizarib shishishiga xos ko‘rinishlarda ifodalanadi. Barmoqlarda uchraydigan o‘tkir yiringli yallig‘lanishlari bo‘lgan bemorlar kechiktirmasdan jarrohlik yo‘li bilan davolanishlari shart. Yuzaki ko‘rinishdagi xasmol va paronixiyalar poliklinika sharoitida ochiladi. Xasmollaming pay, suyak va bo‘g‘im ko‘rinishdagi turlari faqat shifoxonalarda yiringli jarrohlik bo‘limlarida davolanishi shart.
Panja flegmonalari - juda og‘ir va xavfli xastalik hisoblanadi, ya’ni bu umumiy kamquwatlik, uyqusizlik, titrab qaqshash va alahsirash bilan kechadi. Bemorlar jarohatlangan sohadagi kuchli og‘riqdan shikoyat qiladilar. Kaftning yuza qismida juda katta shish kuzatiladi. Barmoqlar holati og‘irlashganda uning uch qismi bir oz bukilib, asos qismlari to‘g‘ri- langan holda bo‘ladi. Kaft flegmonalari bilan og‘rigan bemorlar shoshilinch jarrohlik muolajalariga muhtoj bo‘lib, ular kechiktirilmasdan jarrohlik bo‘limlariga yotqizilishi shart.
TERI VA TERIOSTI YOG’ TO‘QIMALARINING YIRINGLI
KASALLIKLARI
Furunkul - teriosti yog‘ xaltasi va yog‘ bezlarining o‘tkir yiringli yallig‘lanishidir. Bu yallig‘lanishlar gohida teriosti yog‘ to‘qimalariga ham yoyilishi mumkin. Fumnkullarning asosiy chaqimvchilari stafilokok- klardir. Fumnkullar tananing tuklar bilan qoplangan barcha maydonlarida, asosan yuz, bo‘yin, bel va dumba sohalarida ko‘proq uchrashi mumkin. Fumnkulni keltirib chiqaruvchi omillardan asosiy o‘rinni shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilmaslik (kam cho‘milish, kiyimlarni tez-tez al- mashtirmaslik), vitaminlar yetishmasligi, terining timalishi, umumiy va uglevodlar almashinuvining (qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda) buzilishi egallaydi. Furunkul obyektiv kuzatilganda teri qizargan, shishgan, tuk atrofidagi hamda teriosti yog‘ qatlamini yiringli jarayon o‘ziga jalb etgan, yiring yuzida bitta tuk bo‘lib, u ham gohida o‘zidan-o‘zi tushib ketishi mumkin.
Yuz furunkullari o‘ta xavfli bo‘lib, yuqori jag‘ sohasida uchraydigan xillari qo‘l bilan ezilganda, vena tomirlari orqali infeksiyalar ko‘tarilib, venalar tromboflebiti, yuz saramasi, venalar orqali bosh miya sinuslariga o‘tib meningit, ensefalit, bosh miya abssessi va sepsis holatlariga olib kelishi mumkin. Shuning uchun ham bunday bemorlar shifoxonalarda davolanishlari shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |