M. N. Rizayev, I. R. Mavlyanov, O. R. Mirtursunov birinchi tibbiy yordam



Download 1,59 Mb.
bet14/44
Sana30.12.2021
Hajmi1,59 Mb.
#193819
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   44
Bog'liq
Биринши тиббий ёрдам

Qoqshol (stolbnyak) - о‘tkir infeksion kasallik, uni maxsus anaerob «qoqshol tayoqcha»si keltirib chiqaradi. Teri va shilliq qavatlar shikastlanganda odam organizmiga kiradi. Qoqshol tayoqchasi hayvonlar va odam ichaklarida yashaydi va tashqarida spora ko‘rinishida tuproqda, kiyim-kechaklarda va istalgan joyda uzoq saqlanib, shamol bo‘lganda, chang bilan keng tarqaladi.

Qoqshol tayoqchasi odam organizmiga tushgandan so‘ng, o‘zidan turli xil zaharlar chiqaradi, bu zaharlar asosan nerv tolalari hamda limfa tizimi bo‘ylab butun organizmga tarqaladi.

Yashirin davri 3-7 kundan 3 haftagacha davom etadi.

Rivojlangan qoqshol kasalligining klinik belgilari quyidagilardan iborat: kichik qo‘zg‘atuvchilar (yorug‘lik, ovoz va b.)ga nisbatan muskullarning klonik va tonik tirishishlari. Kasallik boshlanishida tonik tirishish og‘iz muskullaridan boshlanadi - trizm (bemor og‘zini ocha olmaydi). Yuzdagi mimika muskullarining tortilishi tufayli bemorlarda «sardonik kulgi» alomatlari paydo bo‘ladi. Bo‘yin sohasidagi mus- kullaming kuchli tirishishi tufayli bemoming bosh qismi orqa tomonga ketib qoladi. Vaqt o‘tgan sari tirishish butun tana muskullariga (bel, ko‘krak, qorin va oyoq) tarqaladi. Bunday holat «opistotonus» deb ataladi. Muskullarning tirishishi bir necha sekunddan bir necha minutgacha davom etishi mumkin. Ba’zan muskullarning uzilishi, suyaklaming sinishi va bo‘g‘imlarning chiqishi kuzatilishi mumkin, shunga qaramasdan, ko‘pchilik bemorlarning hushi o‘zida bo‘ladi.

Qoqshol kasalligining oldini olish choralari:

  1. jarohatlarga birlamchi jarrohlik ishlovi berishni amalga oshirish;

  2. tana a’zolarining ish faoliyatini qayta tiklash (shokka va kam- qonlikka qarshi kurash);

  3. maxsus profilaktika o‘tkazish, ya’ni qoqsholga qarshi zardob va anatoksin vositalarini organizmga kiritish.

Qoqsholda birinchi yordam - bemomi zudlik bilan shitda gorizontal holatda yaqinroqda joylashgan, reanimatsion bo‘limi bor shifoxonaga olib borib yotqizishdan iborat.

Anaerob havo infeksiyasi

Gazli flegmona va gazli gangrena (chirish) organizm barcha to‘qimalarining og‘ir shikastlanishi bo‘lib, anaerob havo infeksiyasini keltirib chiqaradi. Bu bakteriyalar yerda, ayniqsa, odam va hayvonlar axlatlari bilan ifloslangan joylarda juda ko‘p miqdorda uchraydi. Anaerob infeksiya ko‘pincha jangovar harakatlar paytida, muskullar shikast­langanda rivoj lanadi.

Yashirin davri juda qisqa bo‘lib, 2-4 kundan so‘ng kasallik belgilari boshlanadi.

Gazli gangrenada mahalliy o‘zgarishlar asosan jarohatda kuchli og‘riq bo‘lishi, shish va teri qoplamida og‘riq kuzatilishi bilan tavsiflanadi. Barmoq bilan bosib ko‘rilganda, teriosti yog‘ klechatkasida havo pufakchalari siljishi hisobiga g‘ichirlash seziladi. Jarohat kulrang ko‘rinishda bo‘ladi. Ko‘rinib turgan muskullar «qaynatilgan go‘shtni» eslatadi, jarohatdan gohida havo pufakchalari chiqib turadi.

Umumiy simptomlari asosan kuchli zaharlanish hisobiga ro‘y beradi: yuqori harorat, terining sarg‘ayishi, ko‘zning bir nuqtaga tikilishi, puls kamayishi va kuchsizlanishi, arterial bosimning pasayishi, bemor o‘lim yuz bergungacha hushini yo‘qotmaydi.

Birinchi yordam - jarohatga zudlik bilan aseptik bog‘lam qo‘yib, transport immobilizatsiyasini amalga oshirish, bemorni gorizontal holatda zambilda yoki shitda eng yaqin shifoxonaning jarrohlik bo‘limiga yotqizish kerak.

QORIN BO‘SHLIG’I VA AYIRUV A’ZOLARINING OTKIR KASALLIKLARI HAMDA JAROHATLARI

Kasallik klinik simptomlarining keskin ravishda о‘sib borishini va bemor ahvolining og‘irligini hayot uchun xavfli bo‘lgan kasalliklar turkumiga kiradigan o‘tkir qorin a’zolaridan qon ketishi misolida ко‘rib chiqish mumkin. Qorin a’zolaridan o‘tkir qon ketishi ikki xil ko‘rinishda bo‘ladi. Birinchi ko‘rinishida qorin bo‘shlig‘i a’zolaridan ketayotgan qon shu a’zolar bo‘shlig‘iga tushadi va shu sababli bu ko‘rinish qon ketishining qorin bo‘shlig‘i a’zolari ichiga ketishi nomi bilan ataladi. Ikkinchi ko‘rinishida esa qorin bo‘shlig‘i a’zolaridan ketayotgan qon to‘g‘ridan-to‘g‘ri qorin bo‘shlig‘iga tushadi va shu sababli qon ketishining qorin bo‘shlig‘iga erkin qon ketishi nomi bilan ataladi.


Download 1,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish