M. N. Rizayev, I. R. Mavlyanov, O. R. Mirtursunov birinchi tibbiy yordam



Download 1,59 Mb.
bet22/44
Sana30.12.2021
Hajmi1,59 Mb.
#193819
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   44
Bog'liq
Биринши тиббий ёрдам

Kechiktirib bo‘lmaydigan yordam. Sil kasalligiga taxmin qilingan barcha bemorlar maxsus sil bo‘limi bor shifoxonalarga, qolgan bemorlar esa ko‘p profilli pulmonologiya va jarrohlik bo‘limi bor shifoxonalarga yotqiziladi.

Transportirovka mutlaq tinch holatni saqlagan holda zambilda amalga oshiriladi.

Kichik qon aylanish doirasi tomirlarining qon bilan to‘lib ketmasligi uchun bemoming boshi va gavdasi bir oz yuqoriga ko‘tarib qo‘yiladi.

Ko‘p miqdorda qon yo‘qotilsa va qon bosimi keskin tushib ketsa, bemor venasiga reopoliglyukin (400 ml gacha) tomchilab, kalsiy xlorid va glyukonat (10 % li 10 ml), vikasol (1 % li 2-4 ml), askorbin kislotasi (5 %

  1. 4-8 ml) oqim bilan yuboriladi.

YUQUMLI К AS ALLIKL ARNIN G ASOSIY BELGILARI

Infeksiya (lotincha infectio - yuqish) - makroorganizmlarga mikroorganizmlaming kirib rivojlanishi, keyinchalik bular orasida murakkab kompleks muloqot yuzaga kelib, kasallikning to‘liq namoyon bo‘lishi yoki shu kasallikni chaqaruvchilaming tashuvchisi ham bo‘lib qolishi mumkin.

Arxeologik tekshirishlar va bizgacha yetib kelgan qo‘lyozmalardan ma’lumki, hatto qadimgi davrlarda ham yuqumli kasalliklarni tarqatuvchi omillar va ularga qarshi kurash choralari aniq bo‘lgan.

Yuqumli kasalliklaming keng tarqalganligi, o‘lim ko‘rsatkichlarining о‘sib borganligi sababli, ular bu kasallikni shamol orqali tarqaladigan va hamma chalinadigan kasallik deb qarashgan.

Tarixdan ma’lumki, ilm fidoyilarining ko‘pchiligi toshmali va qaytalama tif chaqiruvchilariga ilmiy nuqtai nazardan shohidlik berish maqsadida bunday kasalliklarni o‘zlariga ham yuqtirganlar.

Tabiiy hollarda insoniyatning yuqumli kasalliklarga chalinishining to‘rtta yo‘li bor: fekal-oral (najas (axlat)-og‘iz orqali); havo va tomchi orqali; transmissiv (to‘g‘ridan-to‘g‘ri, qon quyish, ignalar orqali); muloqot orqali.

Inson organizmida kasallik chaqiruvchisining yuqish yo‘llari va joylashgan о‘mi bir-biriga muntazam bog‘liqlikda bo‘ladi. Masalan, ichaklarda kasallikni chaqimvchilar najas bilan tashqariga chiqadi, turli yo‘llar bilan oziq-ovqat mahsulotlariga tushadi va ularni yuvmasdan iste’mol qilinganda kasallik kelib chiqadi, ya’ni bu fekal-oral yo‘li bilan yuqish hisoblanadi.

Najas-og‘iz orqali yuqadigan kasalliklar, ichakning yuqumli kasalliklari guruhiga kiradi.

Bular quyidagilarga bo‘linadi:

  1. antroponozlar - insondan insonga yuqadigan;

  2. zoonozlar - hayvondan insonga yuqadigan.

Birinchi (antroponoz) guruhga kiradiganlar:

  • qorin tifi;

  • dizenteriya (ichburug‘);

  • paratiflar (ichterlama);

  • poliomiyelit (shol kasalligi);

  • xolera (vabo);

  • yuqumli enterokolitlar;

  • vimsli gepatit.

Ikkinchi (zoonoz) guruhga kiradiganlar:

  • botulizm;

  • brutsellez;

  • salmonellez.

Yuqumli kasalliklarning havo-tomchi yo‘li orqali yuqadigan turlari deganda, kasal odamning nafas olish yo‘llaridan ajralgan suyuqliklar (so‘lak tomchilari) xonada tarqalganda (gapirganda, aksa urganda), shu zararlangan havo orqali boshqa sog‘ insonlarning nafas olishida yuqadigan kasalliklar tushuniladi.

Nafas olish yo‘llari orqali yuqadigan (antropoonoz) kasalliklariga quyidagilar kiradi:

  • adenovirusli infeksiya;

  • gripp;

  • difteriya (bo‘g‘ma);

  • koklyush (ko‘kyo‘tal);

  • kor (qizamiq);

  • krasnuxa (qizilcha);

  • meningokokkli infeksiya;

  • mononukleoz infeksiya;

  • suvchechak;

  • qorachechak (chin);

  • paragripp;

  • skarlatina;

  • sil;

  • epidemik tepki.


Download 1,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish