M. N. Rizayev, I. R. Mavlyanov, O. R. Mirtursunov birinchi tibbiy yordam



Download 1,59 Mb.
bet24/44
Sana30.12.2021
Hajmi1,59 Mb.
#193819
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   44
Bog'liq
Биринши тиббий ёрдам

Vabo (xolera) - o‘tkir antroponoz fekal-oral infeksiya bo‘lib, kasal­likni vabo vibrioni chaqiradi. Suvli suyuq najas ajralishi, qusish, organizmning suvsizlanishi tufayli shok rivojlanishi kabi simptomlar bilan tavsiflanadi.

Og‘ir kechishi va tez tarqalishi sababli vabo kasalligi o‘ta xavfli infeksiya turlariga kiritilib, xalqaro tibbiy sanitariya ro‘yxatiga olingan. Vabo pandemiyasi qadimgi vaqtlarda ko‘p insonlaming o‘limiga sabab bo‘lgan. Misrda vabo pandemiyasi aniqlangan. Oxirgisi 1961 yilda boshlangan. Hozirgi vaqtda (1992-1994 yil) yer yuzining 40 ta mamlakatida, jumladan sobiq Ittifoqning janubiy regionlarida ham qayd qilingan. Infeksiya manbaiga najas orqali vabo vibrionini tashqi muhitga ajratuvchilar, bemor va vibrion tashuvchilar kiradi.

Yuqish mexanizmi fekal-oral yo‘li orqali amalga oshadi. Yuqish asosan suv, alimentar, maishiy aloqalar orqali bo‘lishi mumkin. Suv orqali yuqish pandemiya va epidemiya rivojlanishida katta ahamiyatga ega. Vaqtinchalik manba sifatida suv hayvonlaridan - baliqlar, malyuskalar va boshqalar kirib, ular o‘z organizimida uzoq muddatga vabo vibrionini saqlash va to‘plash imkoniyatiga egadirlar.

Klinikasi: kasallikning yashirin davri bir necha soatdan besh kungacha, o‘rtacha hisobda ikki kun davom etadi.

Vabo kasalligi to‘satdan rivojlanadi. Suyuq suvli najas ajraladi, bunda qorin og‘rimaydi, ammo qorining g‘o‘ldirashi va ichaklaming o‘ta to‘lishi simptomlari rivojlanadi. Tana harorati o‘zgarmaydi, ammo ba’zi bemorlarda 37,5 °C atrofida bo‘lishi mumkin. Kasallik rivojlanishi bilan najas ajralish soni sutkasiga 20 martaga ko‘payishi mumkin. Najas suvli, ba’zan «guruchli qaynatma»ni eslatadi. Ko‘pgina hollarda «favvora» ko‘rinishidagi qayt qilish kuzatiladi. Organizmda kuchli suvsizlanish namoyon bo‘ladi - yuz sohasida o‘zgarish, ko‘zlarning chuqurlashib ketishi, «to‘q ko‘zoynak» simptomi va «kir yuvuvchi» qo‘llari simptomi kuzatiladi.

Kasallikning turlaridan biri shiddatli shakli bo‘lib, organizmda kuchli suvsizlanish holati oqibatida zaharlanish shoki yuz berishi mumkin. Bunday holatlarda bemor bir necha soat mobaynida halok bo‘ladi.

Vabo kasalligiga chalingan va shu kasalga shubha tug‘ilgan bemorlami darhol shifoxonaga yotqizish zamr. Zudlik bilan davolovchi muolajalar o‘tkazish, ya’ni suv tanqisligini to‘ldirish, oral (og‘iz orqali) regidratatsiya yordamida organizmni elektrolitlarga to‘ldirish zarur. Vabo kasalligi bilan kasallangan bemorlar uchun asosiy davolovchi prinsiplardan biri uyda, mashinada va shifoxonada oral regidratatsiya o‘tkazish.

Kasallikning yengil va o‘rta darajasida, albatta, peroral (og‘iz orqali) regidratatsiya o‘tkazish zarur. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (VOZ)ning ekspert qo‘mitasi quyidagi tartibda peroral regidratatsiya tarkibini qabul qilgan: natriy xlorid -3,5 g; natriy gidrokarbonat - 2,5 g; kaliy xlorid - 1,5 g; glukoza -20 g; qaynagan suv - 1 /.

Eritma nomi «oralit» deb ataladi. VOZ ekspert qo‘mitasi tomonidan boshqa regidratatsiya eritmasini ham kiritgan. Unda gidrokarbonat o‘rniga nitrat natriy (regidron) kiritilgan. Bemorda qayt qilish alomati va suvsizlanish hollari yuz berganda, unga shu eritmadan 200-250 ml (har 1 minutda 1 osh qoshiqda) berib turish kerak. Shu tayyorlangan eritmalardan tashqari, bemorga qaynagan suv, choy, na’matak eritmasidan beriladi.

Profilaktikasi: xalqaro qoidalarga asosan, vabo kasalligi tarqalishi mumkin bo‘lgan mamlakatlarda bo‘lib kelgan shaxslar 5 kun mobaynida nazorat (karantin)da bo‘ladilar. Bu paytda ulardan bir marotaba bakteriologik analiz olinadi. Vabo kasalligi tarqalgan mamlakatlarda epidemiyaga qarshi kompleks reja usullari amalga oshiriladi. Bunda bemorlar va vibrion tashuvchilar kasalxonaga yotqiziladilar va ular bilan kontaktda bo‘lgan shaxslar 5 kun davomida nazoratda bo‘ladilar, 3 marta bakteriologik analiz olinadi.

О‘lat (chuma) - o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, kuchli zaharlanish, teri shikastlanishi, limfa tugunlari, o‘pka va boshqa a’zolaming jarohatlanishi bilan ifodalanadi. Bu kasallik karantinli xastaliklar turiga kiradi. О‘lat qadimiy o‘ta yuqumli kasalliklar tarkibiga kirib, insoniyat hayotida katta ofatlarga sabab bo‘lgan. Ma’lum bo‘lgan birinchi pandemiyasi VI asr ilgari «Yustin» o‘lati nomi bilan tarixga kirgan. Bu pandemiya quyi Misrda, qolaversa Vizantiya imperiyasini ishg‘ol qilib, 50 yil mobaynida 100 000 000 insonni hayotdan olib ketdi.

Ikkinchi pandemiya XIV asrda «Qora o‘lim» nomi bilan Osiyoda, so‘ngra savdo yo‘li bilan Yevropaga va Pskov orqali Rossiyaga yetib borgan bo‘lib, uning natijasida 50 000 000 ga yaqin inson vafot etgan. Shu davrga kelib birinchi marta Italiyada karantin (40 kun) usuli ishlatilgan. Karantin chegaralangan kompleks usul bo‘lib, o‘z ichiga tibbiy-sanitariya va ma’muriy usullami oladi. Karantin usuli barcha yuqumli o‘ta xavfli infeksiyalar uchun qo‘llaniladi. Birinchi karantin usuli Venetsiyada qo‘llanilgan. Kasallik xavf tug‘diruvchi mamlakatlardan kelgan kemalar

  1. kun qirg‘oq yaqiniga keltirilmagan, agar kasallik xavfi bo‘Isa, shu karantin muddatida namoyon bo‘ladi.


Download 1,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish