diabetik (giperglikemik) кота qandli diabet kasalligi bor bemorda kuzatiladi. Qandli diabet - organizmda insulinning mutlaq (absolut) yoki nisbiy yetishmovchiligi bilan tavsiflanuvchi hamda shunga bog‘liq ravishda qonda qand miqdori oshishi va siydik bilan ajralishi xos bo‘lgan kasallik. Qandli diabet kasalligining asosiy belgilari quyidagilar: chanqash, og‘iz qurishi, ozish, teri qoplamlarining qichishi, fumnkulyoz. Qonda qand miqdorining qanchalik oshishi va qonda keton tanachalarining (atseton) yig‘ilishi bo‘lgan bemorlar, agar adekvat terapiya olmasalar, giperglikemik koma ro‘y beradi. Bu koma asta-sekin kelib chiqadi: lanjlik, ishtahannig yo‘qolishi, qorinning yuqori qismidagi og‘riq, qayt qilish kuzatiladi. Teri quruq bo‘lib, chiqayotgan nafas havosidan atseton hidi keladi.
Diabetik komada tez yordam:
tezkor gospitalizatsiya;
asoratlarini davolash;
4 % soda eritmasi, «S» va «V» guruh vitaminlami berish lozim.
Qandli diabetda, ayniqsa insulin bilan davolanadigan bemorlarda
insulin dozasi ortib ketganda teskari holat yuz berib, qonda qand miqdori kamayib ketadi. Bunday holatlarda gipoglikemik koma rivojlanadi.
gipoglikemik koma ko‘pchilik hollarda ro‘y berishi mumkin. U quwatsizlik, kutilmaganda holsizlik, ochlik, ko‘p ter ajralishi va yurak uvishishi bilan tavsiflanadi. Giperglikemik komadan farqli ravishda bunday bemorlar chanqashga shikoyat qilmaydilar, ko‘z olmasining gipotoniyasi kuzatilmaydi va chiqayotgan nafas havosidan atseton hidi kelmaydi.
Komatoz holatning bunday turi ham tez va faol davolash yordamini talab qiladi:
shirin choy ichish yoki qand bo‘lagini og‘izga solib eritish;
vena tomiriga 5 %li glukoza eritmasini yuborish;
v) kasalxonaga gospitalizatsiya qilish.
jigar komasi jigar funksiyasi buzilishi bilan kechuvchi kasalliklarda, jigar yetishmovchiligi holatlarida ro‘y beradi. Bunga qonda o‘t kislotalari va modda almashinuvi zaharli moddalaming qonda to‘planishi sabab bo‘ladi. Bunday bemorlarda ko‘z sklerasi sarg‘ayadi, ko‘zga tashlanadigan shilliq qavatlarda va terida timalishga o‘xshash izlar bo‘ladi, ularda kuchsiz hamda tez-tez burundan va ichakdan qon ketishlar sodir bo‘lib turadi. Koma bemoming asosiy kasalligi natijasi bo‘lib, u asta-sekin rivojlanadi. Bunday bemorlami zudlik bilan gospitalizatsiya qilish kerak.
uremik koma buyrak kasalliklarida azot chiqindilarining qonda yig‘ilishi tufayli ro‘y beradi, kasallik asta-sekin rivojlanadi. Uning belgilari: azob bemvchi og‘riqlar, shish, qo‘zg‘alish, qon bosimining ortishi, xuddi siydik kislotasi kristallarini surtib olgandek bo‘lib terining qurishi, chiqayotgan nafasdan siydik hidining kelishi.
Tez yordam:
agarda qon bosimi yuqori bo‘Isa, qon oqizish;
siydik haydovchi preparatlar;
v) tezda gospitalizatsiya qilish.
alkogol komasi ko‘p va katta miqdorda alkogol iste’mol qilish natijasida zaharlanishdan kelib chiqadi. Unga xos belgilar: harakat qo‘zg‘alishlari, terining kulrang-ko‘kish tusda bo‘lishi, yuzning so‘liqishi, keskin ter ajralishi, og‘izdan kuchli alkogol hidining tarqalishi. Alkogol komasi holatidagi bemorlarni toksikologik markazlarga gospitalizatsiya qilish lozim.
Esda tuting!
Hushini yo‘qotgan bemorlarga hech qachon sovuq ichimlik ichirishga va ovqat yedirishga harakat qilmaslik kerak. Ular yutina olmaydilar, shu tufayli suyuqlik yoki ovqat nafas yo‘liar ini berkitib qo‘yishi mumkin. Agar yurak faoliyati va nafas olishi to‘xtagan bo‘Isa, bu faoliyatlarni tiklash bilan bir vaqtda shoshilinch davolash muassasasiga olib borish lozim.
Transportirovkasi: harakatsiz holatda yon tomoniga yotqizib, albatta, kuzatuvchi shaxs bilan birga olib borilishi kerak. Bundan mustasno holda gipoglikemik holatda shirin choy, konfet, qand, shokolad berish zarur.
Shok - ingliz tilidan «zarba» deb tarjima qilinadi. Bundan 200 yil muqaddam kuchli jarohatlovchi ta’siridan kelib chiquvchi holatga shunday nom berilgan. Shok o‘zida ko‘plab simptomlami mujassamlashtiradi, bu belgilar bemor yoki shikastlangan shaxs holatining og‘irligini ko‘rsatadi.
Shokning bir necha turlari farqlanadi. Amaliyotda ko‘proq uchraydiganlari:
travmatik;
kardiogen;
anafilaktik;
kuyish shoki;
infeksion - allergik;
gemorragik;
elektr shoki.
Do'stlaringiz bilan baham: |