M. N. Rizayev, I. R. Mavlyanov, O. R. Mirtursunov birinchi tibbiy yordam



Download 1,59 Mb.
bet31/44
Sana30.12.2021
Hajmi1,59 Mb.
#193819
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   44
Bog'liq
Биринши тиббий ёрдам

Birinchi yordam: hushdan ketish nisbatan kam vaqt davom etishiga qaramasdan, hushdan ketgan kishiga, albatta, tezlik bilan birinchi yordam ko‘rsatish zarur. Birdaniga uning oyoqlarini tepaga ko‘tarish kerak, shunda miyada qon almashinuvi tiklanadi, toza havoga olib chiqish, boshini teparoq qilib orqasi bilan yotqizib qo‘yish lozim. Ko‘krak qismidagi tugmalami bo‘shatish kerak, chunki bo‘yin va ko‘krak qisilib qolmasligi kerak. Ko‘pincha to‘g‘ri yordam ko‘rsatish natijasida hushdan ketish holati tezda o‘tib ketadi.

Shuningdek, oddiy usullar bilan ham tashqi qo‘zg‘alish ta’sirini o‘tkazish mumkin:

  • yuziga shapatlab urish;

  • о‘tkir hidli moddalami (ammiak), masalan, navshadil spirtini paxtaga tomizib hidlatish kerak. Agar behush kishi xirillab nafas ola boshlasa yoki nafas olishi umuman to‘xtasa, unda tili og‘iz orqasiga ketib qolmaganligini tekshirish lozim.

Nafas olish va tomir urishi to‘xtasa, bu holat organik kasalliklari bo‘lganda (yurak porogi, yurak ritmi buzilganda, serebral-qon tomir yetishmovchiligida, miokard infarktida, o‘pka arteriyasi tromboemboliyasida) tezda jonlantirish tadbirlarini hamda shifoxonaga joylashtirish choralarini o‘tkazish lozim.

Kollaps yurak-tomir yetishmovchiligining nisbatan og‘ir ko‘rinishi hisoblanadi. Kollaps holatida tana harorati pasayadi, ter ajraladi, teri qoplamlari oqaradi, puls juda kuchsizlanib ipsimon bo‘ladi (terining marmar rangida bo‘lishi, siydik ajralishining kamayishi yoki to‘xtashi, miya gipoksiyasi paydo bo‘lishi).

Tez yordam ko‘rsatish tadbirlari:

  1. kollaps holatidagi bemor boshini pastga qaratib qo‘yish kerak;

  2. vena tomiriga asta-sekin quyidagi vazopressor vositalar yuboriladi:

  • mezaton 1 % - 0,2-0,3 ml 0,9 % li natriy xlorid eritmasida;

  • noradrenalin 0,1 % - 1,0;

  • poliglyukin, reopoliglyukin 400,0 ml tomchilatib;

  • prednizolon 60-90 mg;

  • puls kamayganda atropin 1 % - 1;

  1. zudlik bilan asosiy kasalligi bo‘yicha gospitalizatsiya qilish.

Hushning yo‘qolishi - shunday holat bo‘lib, bunday shaxs harakatsiz

yotadi, savollarga javob bermaydi, tashqi ta’sirlami qabul qilmaydi. Bunday holatda nerv faoliyatining buzilishi, organizmning tashqi ta’sirga reaksiyasi pasayishi va yo‘ qolishi hamda o‘z shaxsini anglash qobiliyatining o‘zgarishi haqida o‘ylash kerak.

Bunday holat ko‘plab sabablar natijasida kelib chiqadi, lekin barcha hollarda sezgi markazi - bosh miya jarohatlanadi. Miyaning jarohatlanishi bevosita ta’sir natijasida - bosh jarohatlanishlarida qon qo‘yilishi, elektrdan shikastlanish, zaharlanishlar (shu jumladan, alkogolizm) natijasida yuzaga kelishi, shok, yurak kasalliklari, jigar yoki bo‘yrak yallig‘lanishida va sovuq urganda yuz berishi mumkin.

Кота - hushni yo‘qotishning chuqur buzilishi bo‘lib, unda og‘riqqa nisbatan reaksiya yo‘qoladi.

Komaning quyidagi turlari farqlanadi:

  1. serebral кота - bunda quyidagi simp tom kuzatiladi: oyoq- qo‘llarda harakat va sezgi yo‘qligi, og‘izning jarohatlanmagan tomonga qiyshayishi (kasal «trubka chekayapti»), ko‘zning jarohatlangan tomonga qiyshayishi (kasal bosh miyadagi jarohatlangan o‘choqqa qarayapti), shikastlangan oyoq yoki qo‘llar ko‘tarib-tushirilganda krovatga og‘irlik bilan tushadi.

Apopleksik zarbalar ko‘pincha 45-60 yoshdagilarda kutilmaganda sodir bo‘ladi. Bunday bemorlaming yuzlari qizil rangda bo‘lib, bungacha ular ko‘pincha arterial qon bosimining oshishidan qiynalib yuradilar.

Birinchi yordam:

  1. to‘liq tinchlikni ta’minlash;

  2. boshga sovuq qo‘yish (muzli grelka);

v) tez yordam mashinasini chaqirish;

g) ixtisoslashgan kasalxonaga gospitalizatsiya qilish.


  1. Download 1,59 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish