Hushdan ketish to‘satdan qisqa vaqtga hushdan ketish bo‘lib, miyaning birdaniga qonsizlanishidan sodir bo‘ladi. Obmorok asab tizimi chidamsiz, zaif, astenik konstitutsiyaga ega kishilarda, charchash, og‘ir jismoniy yoki psixoemotsional zo‘riqishdan so‘ng, kuchli og‘riqlar natijasida, ayrim holda esa qo‘rqish natijasida ham kelib chiqadi.
Hushdan ketishning kechishi miyada to‘satdan qon aylanishi yetishmovchiligi va uning ishemiyasi (qonsizlanishi)ga bog‘liq. Bu qorin bo‘shlig‘i qon tomirlarining kengayishi va qonning organizmda qayta taqsimlanishi tufayli yuz beradi. Bu jarayon boshlanishida bemor esnashi, yuz terisining oqarishi, peshonasidan sovuq ter ajralishi, nafas olishning tezlashishi kuzatiladi. Shundan so‘ng bemor hushini yo‘qotib yerga yiqiladi. Ba’zan obmorok yuqoridagi belgilarsiz ham ro‘y berishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |