Etiologiyasi: chaqimvchisi katta hajmdagi batsilla bo‘lib, o‘n yil mobaynida saqlanadi. Avtoklavda batsilla 40 minut ichida o‘ladi. Infeksiya manbaiga uy hayvonlari kiradi. Yuqish yo‘liga kontakt, alimentar, havo- tomchi va transmissiv yo‘llar kiradi. Yuqish omillariga asosan go‘sht, teri, jun, suv, havo va boshqa tashqi muhit komponentlari kiradi. Qo‘zg‘atuvchi shikastlangan teri orqali kiradi va kasallikni rivojlantirish xususiyatiga ega. Qo‘zg‘atuvchi kirgan shikastlangan teri sohasida Sibir yarali karbunkul (yallig‘langan o‘choq, to‘qimalari nekrozga uchragan, mahalliy shish va qizarish) hosil bo‘ladi. Mahalliy limfoadenit alomatlari kuzatiladi. Generalizatsiyalashgan shakllari asosan nafas yo‘llari to‘qimalarining kasallanishiga (traxeya, bronx, alveola) olib keladi. Kasallik asta-sekin limfa tomirlari orqali o‘pkaga va koks oralig‘iga tarqalib, to‘qimalar buzilishiga olib keladi. Limfa tugunlari orqali kasallik osonlik bilan qon tomirlari orqali butun tana a’zolariga tarqaladi va kasallik belgilari paydo bo‘ladi.
Klinikasi: inkubatsion davri 2-14 kun davom etadi.
Qattiq qichuvchi qizg‘ish dog‘ hosil bo‘ladi. Bir sutkadan so‘ng shu joyda og‘riq hosil bo‘lib, pufak shishib chiqadi, uning o‘mida esa tubi qora jarohat hosil bo‘ladi. Shu vaqtga kelib, organizmda intoksikatsiya rivojlanadi, bemorlarda harorat ko‘tarilishi, bosh og‘rishi, ishtaha yo‘qolishi, uyqu buzilishi kuzatiladi. Jarohatlar ko‘payib birlashadi va shu sohada chipqon hosil bo‘ladi. Jarohat tubidan suyuqlik ajralishi to‘xtashi bilan karbunkul sohasida qoraqo‘tir-strup hosil bo‘ladi.
Profilaktikasi: uy hayvonlari kasallanishining oldini olish va kasallarini yo‘qotishdan iborat. Agar kasallik aniqlansa va shu hayvonlar o‘limiga olib kelsa, ularni o‘lganidan so‘ng yoqib yuborish va alohida ajratilgan joylarga chuqur qilib ko‘mish lozim. Kasallangan hayvonlardan tayyorlangan oziq-ovqat mahsulotlari yo‘q qilinadi, xomashyolar esa dizenfeksiya qilinadi va h. k.
Tulyaremiya - о‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, harorat ko‘tarilishi va limfa tugunlarining kasallanishi bilan ifodalanadi. Birinchi marta kasallik qo‘zg‘atuvchisi 1911 yili Kalifomiyada kasallangan yumronqoziqlarda aniqlangan. Kasallik qo‘zg‘atuvchisi aniqlangan joy nomi bilan Tulyare deb atalgan (Bacterium tulareu). Har bir mamlakatda bu kasallik nomlanishi har xil: AQSHda «Kiyik pashshasi bezgagi», Yaponiyada «Quyon kasalligi». Tulyaremiyaning tabiiy o‘choqlari asosan Yer sharining shimoliy yarmida joylashgan. Hozirgi vaqtda mamlakatimizda Tojikiston va Ozarbayjonda uchrab turadi.
Epidemiologiyasi: asosiy infeksiya manbai - kemiruvchilar va uy hayvonlari. Kasallikning yuqish yo‘li asosan hasharotlar chaqishi, ya’ni transmissiv va boshqa yo‘llar, kontaktli (ov qilish, teriga ishlov berish), aspiratsion (zararlangan chang bilan nafas olish) va alimentar (zararlangan oziq-ovqat mahsulotlari, suv) yo‘ldir. Infeksiya odamga teri yoki ko‘z shilliq pardasi, nafas yo‘llari hamda oshqozon-ichak trakti orqali yuqishi mumkin. Kirish joy lari kasallik turlarini aniqlab beradi. Mikrob limfa oqimi bilan chegaralangan limfa tugunlariga tushib, shu yerda yallig‘lanish jarayonini chaqiradi va oqibatda granulema, nekroz o‘choqlari hosil bo‘ladi (birlamchi bubon). Infeksiyaning tarqalish darajasiga qarab ikkilamchi bubon hosil bo‘ladi. Organizmda kuchli intoksikatsiya belgilari va ichki a’zolar shikastlanishi kuzatiladi.
Klinikasi: yashirin davri 3-7 kun davom etadi. Kasallik to‘satdan boshlanib, harorat 38-39 °C gacha ko‘tarilishi kuzatiladi. Bemorda et uvishishi, bosh og‘rishi, muskullarda og‘riq, ba’zi hollarda ko‘ngil aynishi va qayt qilish kuzatiladi. Ko‘z va yuzning shilliq pardalari qizaradi.
Tulyaremiya kasalligining quyidagi klinik turlari mavjud:
bubonli;
generalizatsiyalashgan;
o‘pka turi;
Bubonli turida, kasallikning 2-3 kuniga kelib limfa tugunlari kattalashadi. Shu limfa tugunlari yallig‘lanishi yoki yara hosil bo‘lishi xususiyatiga egadir. Ko‘z bubon turi kasalligida ko‘z qovoqlarining qizarishi va shishi kuzatiladi. Kasallik uning og‘irlik darajasi va davo- miyligiga qarab quyidagi shakllarga bo‘linishi mumkin (o‘tkir, uzoq davom etadigan va surunkali). Tulyaremiyaning o‘pka turida bronxlar va o‘pka kasallanishi kuzatiladi. Bemoming to‘sh suyagi sohasida og‘riq, qumq yo‘tal, haroratning 37,5 °C bo‘lishi, et uvishishi va terlash alomat- lari bezovta qiladi. Generalizatsiyalashgan turida haroratning ko‘tarilishi, et uvishishi, terlash, bo‘g‘imlaming kasallanishi va teri qoplamida toshmalar paydo bo‘lishi bilan kuzatiladi. Bemorlaming tulyaremiyadan sog‘ayishi asta-sekinlik bilan boradi, lekin o‘lim darajasi 1 % dan oshmaydi. Ko‘pgina hollarda vabo, kuydirgi, ichterlama va toshmali terlama kasalliklarini bir-biri bilan taqqoslash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |